#

Qiz: nega bugun uyquga töymagan ayiqpolvonga öxshab mudrab ötiribsiz?

Qiz: nega bugun uyquga töymagan ayiqpolvonga öxshab mudrab ötiribsiz?
Yigit: uyquga töymadimda.
Qiz: nega uyquga töymadingiz?
Yigit: uxlolmadim.
Qiz: nega uxlolmadingiz?
Yigit shoshib nigohlarini boshqa tarafga qaratdida.
-qara yomg'irni yog'ishini! Bugun yomg'ir ostida sayr qilmaymizmi?
Qiz bu taklifni jon deb qabul qildi-yu, xozirgina bergan savoli esdan chiqdi. Shuni istagandi
yigit. Qiz uning nima uchun kechasi uxlolmaganini, uxlash örniga qurulishda ter tökib restorandagi tushlik uchun pul ishlaganini, har hafta qizga gul sovg'a qilish uchun mardikor bozoriga chiqishini, bayramlarda qon topshirgani borib, evaziga olgan puliga qiz uchun eng ajoyib sovg'alarni xarid qilishini bilishini istamasdi. U bular xaqida xech qachon bilmasligi kerak edi. Uning birgina tabassumiga arzimasdi bularning xech biri.

#Umr manzaralari#109#nega#bugun
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика