#

"Onaning bir tilagi" (voqe hikoya).

Boladek shirin ne'mat bo'lmaydi deyishgani rost ekan. Mana Feruzaxon ham xuddi kulgichli yuzchalaridan tishlab olgingiz kelguday juda shirin qizcha bo'lib hovlida o'ynayabdi. Otasi Nodir va Onasi Malekadan baxtli odam yo'q. Chunki ularga ollox besh yil avval shu jingalaksoch, qoshlariga qaldirg'och qanotlaridan andoza bergandek qopqora, ko'zlari yonib turuvchi qizchani bergandi. Ayniqsa qizcha shunchalik chiroyli kulardiki, xuddi kulgusi dildagi barcha g'amni yuvib ketgudek edi. Ammo ota-ona baxti ortidan baxtsiz bir kun ham keldi. Qizcha o'z-o'zidan yiqildiyu ko'zlarini ochmay qo'ydi. Uni shifoxonaga "reyanematsiya" bo'limiga yotqizishdi. Mana uch oydirki qizaloq ko'zlarini ochmaydi. Ikki dunyo o'rtasida turgan qizcha u dunyo tomon qadam tashlab turadi tez-tez, lekin ona duosimi yo shifokorlar harakatidanmi qizcha bu dunyoda edi. Onasi Maleka uch oydan buyon shifoxonada yashaydi. Uning yagona bir tilagi bor edi qizidan: Qizalog'im avvalgidek bir kulsang bo'ldi, faqat bir marta!

#Boshqalar#961#hikoya
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика