Kuratorim bilan Maza Qib
Okala ukala Bu bôgan realniy voqea man Med Kollejda öqirdim Bizani kuratorimiza 89 yil Ingliz tilidan dars beradigon Ismi Nigora opa edi Xullas u kiwi erdan aj

Noodatiy hikoya

Bo'limi: Ko'cha-kuyda
O'qildi: 119 marta
Alam qildi.Xammasi...O'ttiz uch yil tutqich bermagan baxti,nafaqat umr yo'ldoshi,balki shunday kunlarda xamrox bo'lguday biror yaqin insoni xam yo'qligi,o'tgan kunlarini o'zicha sarhisob qilganida barcha orzularining sarobga aylangani...Odatda yaqinlashib kelayotgan tugilgan kun insonga xursandchilik keltirishi kerak.Lekin unda aksincha bo'layapti...
Farhod o'y surganicha ikki soatdan ortiq ko'chada kezib yurdi.Shaharga baxt izlab kelganini,uzoq davom etmagan oilaviy xayotini,orzu qilib erishgan ishini o'zicha tahlil qilib chiqdi.
Institutni eng yaxshi korsatkichlari bilan tamomlagani yaxshi ish topishida qo'l keldi.Nazarida poytaxtning eng go'zal qizi unga turmushga chiqdi,ishi ham joyida edi...Orzuga yetishishdan ko'ra orzuning o'zi go'zalroq,deganlari haq gap ekan.Eng birinchi nozik nuqta xotini Gulnoza bo'ldi.Farxodning kelishgan qaddi-qomatiga yarashgan oppoq ko'ylagi bilan qil-qizil bo'yinbogidan o'zga xech narsasi yo'qligini anglab yetgan Gulnoza jizzaki bo'lib qoldi.Ijara uyda baxt qasrini qurishga sabri yetmadi.
Janjallar o'rtadagi darzni kengaytiraverdi.Yoqtirgan ishidagi maoshi esa ro'zg'orni to'kis qilishga yetardiyu,niyatlar sari qadam tashlashga imkon bermasdi.Ajrashganlarida,xotinini xursand qilish uchun qimmat bo'lsada,band qilib turgan ijara uyidan xam chiqib ketganida bir ezilgandi.Mana uch yildirki,shu kayfiyat uni tark etmayapti...
Ezgin xayollardan qutulish uchun peshtoqiga lola rasmi tushirilgan kafega kirdi.Qo'llarini yuvayotganida ko'zguga qaradi.Quyuq sochlariga bitta ikkita oq oralabdi.Qovoqlari ham salqigan.
Yana o'sha xayollar domiga tushishdan qo'rqib qo'lini shosha-pisha artdi-da,bo'sh turgan stulga borib o'tirdi.Yoqtirgan taomlarini buyurishi ham ko'ngliga iliqlik olib kirmadi...
Eshikdan kirib kelib,yonidagi stolni band qilgan o'zi tengi qizni ko'rib xayollari to'zg'idi.Shunchalar ham chiroyli bo'ladimi a?!.Qimmatbaholigi bilinib turgan malla po'stiniga moslab yelkaga tashlangan sharf bo'yindan sal tushirib kesilgan sochlarning ostida qolib ketgan.Kipriklar doña-dona,qoshlar juda did bilan terilgan,qop-qora ko'zlarda ajib yorqinlik bor...
Qiz taomnomani olib diqqat bilan qarab chiqdi.Keyin bir-ikkita yengil taomlar,shirinliklar buyurdi.Salqin ichimlikni naycha bilan simirganicha kafe to'ridagi televizorga tikilib o'tiraverdi.Qiz hech kimni kutmayotganiga ishonch hosil qilgan Farxod bor juratini to'plab o'rnidan turdi...
•••
Shirin xayollar og'ushida tongga yaqin ko'zi ilingan Farxod telefon ovozidan uyg'onib ketdi.Yozma xabar ekan:"Uxlab qolmang,ishga kech qolasiz.Bugun vaqt topib qo'ng'iroq qiling.Ko'rishguncha...Nigora".
Farxodning yuziga tabassum yugurdi.Xushkayfiyat butun kun davomida unga xamrox bo'ldi.Maylida,xozircha hech bir jiddiy gap bo'lmasa-da,xarqalay ko'ngliga yoqadigan inson.Balki munosabati ham chuqurlashar...
Yana o'sha kafe.Yana ikkovlari.Faqat Farxodning tashabbusi bilan dasturxon to'lib-toshgan,suxbat ham shirin kechmoqda.Nigora salqin ichimlik ichgancha o'zini erkin tutib so'zlayapti:
—Turmushim bo'lmaganidan so'ng Angliyada ikki yil taxsil oldim.U yoqda o'qish ancha o'g'ir,boshida rosa qiynalganman.Keyin AQSHga ketdim,mehmonxona menejeri bo'lib to'rt yil ishladim.Topgan pullarimni to'plab qaytib keldim,xozircha o'zimizda bir necha yonalishda ish olib borayapman.Ikkita go'zalik saloni ochganman,kichikroq mehmonxonam bor...
Farxod Nigoraga xavas bilan tikilardi.Umuman armoni bo'lmasa kerak...Yog'-e armonsiz odam bo'larkanmi?Turmushim buzilgan dedi-ku,nahot ularni taqdir uchrashtirgan bo'lsa?!
Ex,shirin orzular...
Ancha o'tirishdi.Turayotganlarida
1 2 3
» Teglar: hikoya (104),
Boshqa hikoyalar
Gulhayo bilan kayf qilganim
Salom bu voqea hayotda bo'lgan! Do'stlarimdan qo'shni qishloqli Gulhayo degan qizni nomerini oldim! Telefon qilsam avvaliga tanishmoqchi bo'lmadi leki
Bemaaniiiii! Yoxud orgazmdagi qiz
Qisqasi yana bir voqea bu voqea o'tkan yili bo'gan. Kanikulda uyga o'qishdan qaytib keldim. Dukonda utirganim ozimdan bir yosh katta Klara ismli qiz keldi
Яндекс.Метрика
© EHTIROSLI.RU | 2016-2020