#

Seni ko'rdim. Naqadar achinarli. sen aldagan qizman,

Qaramagin menga men o'shaman sen aldagan qizman, xuddi o'shaman. Balki boshqaman. Balki o'zgarganman, qiyofam o'sha. O'zligimni yoqotgandim senda, topolmadim boshqada. Xa men o'sha qizman xuddi o'shaman. Sen xo'rlagan azob bergan bir baxtsizman.
Seni xech qachan unutmayman. Sen bilan salomlashganlarimiz xam boshqacha edi. Sen oldimdan o'tib ketib keyin orqanga qarab iye salom ko'rmabman derding. Ataylab asabimga tegarding.) Xa men osha qizman sen aldagan xuddi o'zimman.
Uylanganingda xotining oldida xursand bo'lmading. Eshigim oldida ko'z yosh to'kding. Nega bunday qilding? Meni aldading. Seni yor-yorlaring ostida ko'zyosh to'kib dodlagan xuddi o'shaman, o'sha dardga to'lgan sen aldagan qizman.
Kunlar o'tdi alam qildi o'z-o'zimga. Nechalar bag'ridan o'tdim. Kimlar nomusim toptadi, go'yo sendan qast oldim. Qiynalarding buni sezardim nimalar qilib qo'ydim. Bugun uyg'ondim. Nega qastni o'zimdan oldim. Kimlarniki bo'ldim-u bir seniki bo'lmadim. Xa men o'sha qizman sen aldagan soddaman lekin endi avvalgidek beg'ubor qiz emasman.
Men bilaman meni sevasan. Sodda ko'rinaman xali xam. Senga qast qilib boshqa yigitni vayron etgan yomonman. Nimalar bo'ldi? Umr o'tdi. Sening yoding o'tmadi. Mendan ketding. O'zligimni olib ketding. Xech qaytarib bermading.
Senda o'zligimni yoqotgandim. O'zgalardan topmadim. Xa men o'sha qizman, sen aldagan, sen tashlagan, bir seni o'tmishingman.

#Boshqalar#342#seni#achinarli
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика