#

Yetim qizning yolg'on to'yi

Ko'zimni kasalxonada ochdim va tepamda xolamni ko'rib, yana yig'ladim. Uning mayin tabassumi, sochlarimni mehr bilan silashi bir hafta avval olamdan o'tgan onamni eslatdi menga.
- Bo'ldi endi, qizim, o'zingni qo'lga ol, men yoningdaman!
- Oyim… oyimni sog'indim, qattiq sog'inib ketyapman, xolajon…
- Tinchlan, jon qizim! Xolam bilan kam ko'rishgan, u bilan deyarli gaplashmagan bo'lsam ham, hozir uni chin dildan quchardim. Bu holat menga taskin berardi.
- Feruza! Xona eshigini zarb bilan ochgan ammam xolamga bir o'qraydi-da, yonimga kelib meni bag'riga bosdi.
- Onamdan ayrilib qoldim, amma! — yana yig'lardim men.
- Buncha kuymasang, onasiz qolgan faqat senmi?! Mudom qoshlarini kerib yuradigan ammam qattiqqo'l, serzarda ayol bo'lib, xolamdan mutlaq farq qilardi. U xolamga tez-tez qarar, yuzida men tushunmaydigan allaqanday alamzadalikning izi ko'rinardi.
- Feruza, qizginam, onangni hammamiz yaxshi ko'rardik, lekin nachora, — dedi xolam yonimga o'tirib. — Hadeb kuyinaverganing uchun qara, ne ko'yga tushding? Seni bugunoq bu yerdan olib ketaman va senga o'zim qarayman.
- Keragi yo'q! — dedi xolamning gapini shart kesgan ammam. — Feruza men bilan ketadi, u sizning yordamingizga muhtoj emas.
- Bu nima deganingiz? — xolamning gapirish ohangidan dili og'rigani sezildi. — Axir u singlimning omonati…
- Singlingiz endi esingizga tushibdi-da! Ular uzoq tortishishdi. Oxiri men xolam bilan ketadigan bo'ldim. Ochig'ini, bunga o'zim rozi bo'ldim. Xolamdan ko'ra ammam bilan yaqin bo'lishimga qaramay, yuzi kulib turadigan Nazifa xolamni afzal bilgandirman, ehtimol.
- Mayli, — dedi biroz ranjigan ammam xo'rsinib qo'yarkan, — xolang bilan ketishni istayapsan chog'i, nima ham derdim? Ammam ketish oldidan «Yana nimalarnidir ko'zlab, jiyanimga yaxshilik qilishga urinayotgan bo'lsang, bu safar kuningni ko'rsataman!» deya shivirlab qo'yganida hayron qoldim.
- Ammam nima uchun sizni buncha yomon ko'radi, xolajon? Axir siz mehridaryo ayol ekansiz-ku! — dedim xolamning qo'llaridan tutib.
- Ahamiyat berma, qizim, hammaga yoqish qiyin. Shuncha malomatlardan keyin ham ammamning ortidan gapirmaganini ko'rib, xolamga mehrim yanada oshdi. Nazifa xolamning xonadonida yashayotganimga bir oydan oshdi-yu, haligacha kasalxonaga qatnab turibman. «Sog'lig'ingda muhim o'zgarishlar bor, shuni tekshiryapmiz. Axir sen singlimdan qolgan yagona yodgorimsan», deya meni yeru ko'kka ko'taradigan xolamni tobora yaxshi ko'rib ketyapman. Lekin xolamning o'g'li Azim bilan hamon tuzukroq gaplashishga botina olmadim. U meni shunchaki bir begona qizday ko'rishi tabiiy. Axir ota-onam o'lmasidan oldin bir-birimizni ko'rmagandik ham. Allaqanday men tushunmaydigan ko'rinmas devor qarindoshlik rishtalarimizni bog'lashga yo'l qo'ymasdi. Nazifa xolam bilan uning eri ko'p yaxshi insonlar. Yetim qolganimdan beri ko'nglimga qarashyapti, xolam atrofimda parvona. Ular meni o'z qizlariday ko'rishadi. Onam rahmatli esa doim «Xolang va uning eri yomon insonlar emas, ammo ular bizni, baribir, o'zlariga yaqin olishmaydi. Hayotda shunaqasi ham bo'lib turadi. Sen ham ko'ngilchan bo'lib hammaga ishonaverma, odamlar aldamchi!» derdi. Bechora mehribonim adashganini bilmay ketdi bu dunyodan.
- Feruza, — dedi birdan xayollarimni tarqatib yuborgan Azim qo'lida gul tutgancha yonimga yaqinlashib. — Bu senga. Xolavachcham menga gul olib kelgandi. Yana allaqanday mehr bilan. Bundan ajablandim. Hatto onasiga ham ortidan ergashib yurgan qizlar haqida uyalmay aytib beradigan yigit men uchun naqadar qadrli ekanini o'zi bilmaydi. Xolam o'g'lini juda yaxshi ko'radi. Aslida-ku, barcha onalar ham farzandini jondan ortiq ko'radi, lekin Azimning ota-onasi uni haligacha yosh bolani erkalaganday erkalashar, yeru ko'kka ishonishmasdi. Ehtimol, bunga sabab Azimning ±lg'iz farzand ekanidir?! Yoki o'g'illarining sog'lig'ida biror muammo bormikin? Azim kelishgan, baquvvat bo'lishiga qaramay, juda holsiz ko'rinardi. Bir necha marotaba hushidan ketib qolganiga guvoh bo'ldim. Biroq nima uchundir xolam va pochcham bu haqda gapirishni istashmaydi. Bugun uni gullarga suv quyish bahonasida sezdirmay kuzatdim. O'ziyam ko'zguga naq yopishib qolay dedi. Qandaydir sho'x qo'shiqni xirgoyi qilarkan, nuqul atir separ, sochlarini barmoqlari orasidan o'tkazib tarar, yuzini goh o'ng, goh chap tarafiga obdan qarar, xullas, o'ziga oro berish bilan band edi.
- Menda gaping bormi? — birdan menga oynadan ko'z tashladi Azim.
- Y-yo'q, — dedim o'zimni beparvolikka solib. — Shunchaki…
- Ikki ko'zing menda, — dedi u va yonimga kelib, men tomon uzun bo'ynini egdi. — Seni qaergadir taklif qilmoqchi edim, nima deysan, borasanmi?
- M-men… h-haligi… xolamdan so'rashim kerak!
- Xolang rozi, ishonaver! U menga nihoyatda sirli qarar, hatto gapirish ohangida ham sirlilik mavjlanardi. Aslida-ku, yoshligimdan juda uyatchan, uy qizi bo'lganim uchun o'g'il

1 2 3 »

#Boshqalar#600#qizning#yolgon
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика