#

Boylik bilan niqoblangan oila qismati

— O'n yetti yoshimda meni fotiha qilishdi. Kelin bo'lishni barcha qizlar istashi tabiiy, albatta. Shu boismi, bu shirin orzum amalga oshayotgani uchun qattiq hayajonlandim. Garchi kuyov bo'lmish bilan bir oy avval tanishib, gaplashgan bo'lsam-da, baribir, yuragim shubha-gumondan bir zum bo'lsa-da, xoli emasdi. Sherzod aka bilan ilk uchrashuvimiz hamon yodimda… Tog'amning uyida uchrashgandik. Qo'shni qizlardan uyalib, tog'amdan xavfsirab, bo'lajak kuyov bilan ko'rishgandim o'shanda. Faqat salom-alik qilgancha ikkimiz ham jim turgandik. Azbaroyi uyalganimdan yuziga ham yaxshi qaramagan ekanman. Qolaversa, onam: «Senga yoqsa ham, yoqmasa ham shunga tegasan», degani uchunmi, gap-so'zining farqiga bormaganman ham. Kelinoyimning maqtashicha, u juda yaxshi yigit ekan. Tijoratchi onasining yakkayu yagona o'g'li. Butun hovli-joy, bor-yo'q bisoti menga atalganmish. Asosiysi, onasining o'zi meni yoqtirib qolganmish. Eh, bugun o'sha gaplarni eslasam, alamdan yuragim titrab ketadi. Onam ham, otam ham, men ham kelinoyimning maqtovlariga uchgan ekanmiz… Qiz bola uchun oq ko'ylak kiyish naqadar baxt ekanligi hammaga ma'lum. O'sha paytda bu baxtdan sarmast bo'libman-u, shu baxt bir umrga bo'lishini Xudodan so'ramabman. Niyatni butun qilish kerak, deyishadi. Men esa chala niyat qilgan ekanman, chog'i… Dabdabali to'y bo'ldi. Qaynonam yolg'iz o'g'li uchun bor-budini to'kib sochdi. Onam xursand, o'rtada turgan kelinoyim shod. Mening quvonchim cheksiz. Sherzod akam ham mendan ko'zini uzmasdi. Ertasi kuni kelinsalomda qaynonam bo'ynimga tilla zanjir taqdi. Bir sevinchimga ming sevinch qo'shildi. Axir oilamizni ko'rolmaydigan qo'shnilarimiz meni uzatib kelishgandi-da. Qaynonamning saxiyligini ko'rib, meni yaxshi joyga berishganidan ichlari yonib ketadi, deb o'yladim. Xullas, hamma rasm-rusumlar poyoniga yetdi. Endi haqiqiy keng uyning keliniga aylandim. Savdogar qaynonam erta ketib, kech qaytar, erim ham qayoqqadir chiqib ketardi. Mening vazifam dang'illama hovlini saranjom-sarishta qilib o'tirishdan iborat edi. Avvaliga domda o'sganim uchunmi, hovlining ba'zi yumushlariga kirisholmadim. Buni payqagan qaynonam:
- Dilfuzaxon, birorta xizmatkor olib kelsam, durust bo'larkan-a?! — dedi kinoyali tarzda. Gapida bitta hovlining ishini eplolmayapsan-a, degan kesatiq yotardi. Qaynonam tishlamay uzib olgandi.
- Yo'q, oyijon, o'rganib ketaman, — dedim jilmayishga urinib. Lekin shu hovlini sarishta qilib yurish menga nasib etmagan ekan. To'yimizdan bir hafta o'tib, erimning kirdikori fosh bo'ldi. Ko'zlari qizarib, sarhush qiyofada yotoqxonaga kirgan Sherzod akamni tanimadim. U nuqul menga qarab kulardi. Bundan qo'rqib, sabrim chidamay:
- Sherzod aka, sizga nima bo'ldi? — deb so'radim. U esa hamon hiringlagancha:
- Hech narsa, jonidan. Bugun bir maza qildik, — deya quchoq ochib menga yuzlandi. Undan kelayotgan badbo'y hidga chidab bo'lmasdi. Hadiksirab, quchoqlashga urinayotgan qo'llarini itarib yubordim. Shunda ko'zim erimning bilagidagi tomirga urilgan igna izlariga tushdi. Ko'karib ketgan igna izi meni karaxt ahvolga solib qo'ygandi. Bilagiga qarab, jim bo'lib qolganimni ko'rgan erim yana hiringladi:
- Ha, nega hayronsan, Dilfuz? Xohlasang, senga ham o'rgataman. U men tomonga yaqinlashdi. Qo'rqib ketgandim. Xayolimda so'nggi jumla aylanardi: «Hozir u menga ukol qiladi». Yugurib hovliga otildim. Nafasim bo'g'zimga tiqilgancha ayvonda o'tirgan qaynonamning yoniga shoshildim.
- Oyijon, oyijon, o'g'lingiz… — garangsib qolganimdan so'z topolmasdim. Vajohatimni ko'rib qaynonam:
- Nima, nima bo'ldi? — degancha halloslab o'rnidan turdi. Dodlagancha yig'lab yubordim. Hamon hech narsaga tushunmagan qaynonam yuzimga tarsaki tushirdi.
- O'zingizni bosing, nima gap?
- Oyi, — hiqillab gapira boshladim. — O'g'lingiz… o'ziga ukol qilyapti.
- Bo'ldi, bas! Qaynonamning baland ovozidan jim bo'ldim. Umid bilan unga tikildim.
- Bilardim, bilardim, shunaqa bo'lishini, — endi qaynonam yig'lamsirab gapirardi. — Sherzodga yalinib-yolvordim. Aytganingni qilaman, bu yo'ldan qayt, dedim. Yo'q, qo'limdan kelmadi. Dushmanlarim kuchlilik qilishdi. Ular o'g'limni shu narsaga o'rgatishdi. Uni davolatishga harakat qildim. To'ydan oldin yaxshi bo'lib qolgandi. Yana… Qaynonamning gaplarini eshitib angrayib qoldim. Erimning holati yonida qaynonamning gaplari o'tib tushdi. Nahot o'g'lining giyohvandligini bilib, uyalmay birovning bolasiniyam shu chohga itarsa? Boyligim hammasini bosib ketadi, deb o'ylaganmi? Kelinoyim yigitning onasi sizni yoqtiribdi, degandi. Demak, ko'ziga sodda ko'rinibman-da. Nima desam ko'nadi, deb o'ylagandir-da. Bo'ynimga ilingan tilla zanjir bejiz emaskan-da. Bir lahzada xayolimdan ming xil o'y o'tdi. Chidab turolmadim.
- Meni aldab, kelin qilibsiz-da?! — o'zimni bosolmay qaynonamga baqirdim. — Boyligimni ko'rib, giyohvand o'g'lim bilan yashashga ko'nadi,

1 2 »

#Boshqalar#197#boylik#bilan#qismati
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика