#

Mag'rur sevgi qurboni

Nihoyat, bugun yonimga keldingiz. «Iltimos, meni kechir, hammasini endi tushundim», degancha ko'zlarimga mungli termuldingiz. Imkon qadar nigohingiz bilan to'qnashmaslikka harakat qildim. Chunki ko'zlarim ko'zlaringiz bilan uchrashsa, meni o'zligimdan ayirishi aniq. Ko'zlaringizdan qo'rqardim. O'zimni boshqarolmay so'zlaringizga chippa-chin ishonib qolishim mumkin edi. Shu bois yerdan ko'z uzmadim. «Yo'q, endi birga yasholmaymiz», dedim ohista. Siz esa yon berishni istamadingiz. Qo'llarimdan tutdingiz. Men esa qo'llarimni tortib olgancha: «Iltimos, keting, meni o'z holimga qo'ying», deya oldim, xolos. Og'ir xo'rsinib: «Yana bir o'ylab ko'r», degancha xonadan chiqib ketdingiz. Ketishingiz bilan yuragim tubida cho'kib yotgan alamu iztirob vujudimni qurshab oldi. Aslida, taqdirimizning bunday bo'lishiga ko'proq o'zim sababchiman. Sizga bo'lgan muhabbatim va yana osmon qadar g'ururim aybdor… O'shanda bitiruv oqshomida menga mayin jilmaymaganingizda ko'nglim asirangiz bo'lmasmidi, balki? Yuragimni, keyinroq esa hayotimni azoblarga tashlamagan bo'larmidim? Bolalarim tirik yetim bo'lib qolmasmidi?
***
Siz o'ta mag'rur edingiz. Meni boyligingiz ham, oilangizning obro'-e'tibori ham zarracha qiziqtirmagan. Sizning nimangizni yoqtirganimni o'ylab, o'yimga yetolmasdim. To'g'ri, xushsurat yigit edingiz. Har qanday qiz poyingizda jon berishga tayyor edi. Lekin men undaylardan emasdim. Meni husni jamolingiz ham rom etmagan. Meni mag'rurligingiz, ha, o'sha hech kimga bo'ysunmasligingiz maftun etgandi. Chunki men ham mag'rur edim. Ammo mag'rurligim sizning kibru havongiz oldida dengizdan bir tomchi edi, xolos. Sizni yoqtirib qolganimni eshitgan dugonam menga tanbeh berdi: «Esingni yig'. Ortingdan manaman degan yigitlar yurgan bo'lsa-yu, kelib-kelib shuni yoqtirasanmi? U seni ham boshqalar kabi dog'da qoldirib ketadi. Bir marta jilmaygan bo'lsa, nima qilibdi?! Shunga shunchami? U odam emas. U temir. Temirning o'zginasi!» Dugonamning so'zlari qanchalik achchiq bo'lmasin, mening olov ko'nglimni so'ndirolmadi. Aksincha, olovni yanada alangalatdi. Sizga bo'lgan qiziqishim ortsa-ortdiki, aslo kamaymadi. «Mana ko'rasan, unga sevishni o'rgataman. Sevgini o'rgataman», dedim dugonamga. Sizni manmanlik cho'qqisidan tushirib, muhabbat vodiysiga yetaklashga ko'zim yetardi. «Uddalay olaman», deb o'ylardim. Siz bilan yaqindan tanishdik. Siz menga aytganlaridan ham yuz chandon kalondimog' edingiz. Rosti, birinchi suhbatimizdayoq ko'nglimdagi olov pasaygandek bo'ldi. Ammo siz bilan tanishishdan oldin dugonalarimga sizni o'zimga qaratib olishga va o'zgartirishga garov ham o'ynagandik. Men o'zimga ishonardim, mehr-muhabbat bilan har qanday odamni o'zgartirtirsa bo'ladi, deb o'ylardim. Siz bilan har gal uchrashganimizda hamisha balandparvoz gaplarni gapirardingiz. Ko'nglimdagi olovni so'ndirmaslikka, sizning faqat yaxshi tomonlaringizni qidirishga, o'ylashga harakat qilardim. Ammo yaxshi tomonlaringiz oz edi… «Nima qilibdi, yolg'iz o'g'il bo'lganidan keyin shunaqa-da», deb o'zimcha sizni oqlardim ham. Dugonalarim orasida uyalib qolishdan cho'chib, mehringizni qozonishga urinardim. Chunki hayotda doim g'olib bo'lishga o'rgangandim. Taqdir bu safar ham mendan omadini darig' tutmadi. «Aziza, senga uylanmoqchiman», — dedingiz bir kuni. Quvonchdan boshim osmonga yetayozdi. Bu paytga kelib men ham sizga o'rganib qolgandim. Sovchilaringiz kelgan kuni onam: «Shu yigitga ko'ngling bormi?» — deya so'raganida nima deb javob berishni bilmay qolgandim. «Ha», deyishga ham, «Yo'q», deyishga ham tilim bormasdi. Rozi bo'lish uchun negadir ko'nglim tinch emasdi. Qolaversa, sizni o'ta manman, keragidan ortiq mag'rurligingiz uchun ham sevardim. Sizga turmushga chiqsam, hamma narsam yetarli bo'lishini, ammo sevgidan mosuvo yashashimni ham anglab turardim. Meni tashvishga solayotgan barcha o'ylarimni bir chetga surdim-u, to'yga rozilik berdim. To'ydan oldin meni ba'zilar qarorimdan qaytarmoqchi bo'lishdi. «Esing borida etagingni yop. Boyligiga uchma, u otasining arzandasi», deyishdi sizni yaqindan bilganlar. Men nodon qanchalar qiyin bo'lmasin, mudrab yotgan yuragingizda muhabbatni uyg'otmoqchi bo'ldim. Hammasi to'ydan keyin boshlandi. Men sizni yaxshi bilaman deb, adashgan ekanman. Inson yashamaguncha ikkinchi odamni yaqindan bila olmas ekan. To'ydan uch kun o'tiboq yarim kechasi mast bo'lib kelishingiz meni esankiratib qo'ydi. Ezgu niyatlar bilan bir yostiqqa bosh qo'yganiga uch kun bo'lgan kelinchakning ahvolini bir tasavvur qiling. Kim nima deb o'ylaydi? Siz shu haqda o'ylamadingiz. «Azi», deb baqirdingiz mashinadan tushar-tushmay. Qaynota-qaynonamdan uyalib ketdim. Qaniydi, o'sha paytda yer yorilsa-yu, kirib ketsam… O'shanda qanchalar xatoga yo'l qo'yganimni anglab yetdim. O'zimga ishonchim so'na

1 2 3 »

#Boshqalar#63#sevgi#qurboni
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика