#

Dunyo go'zalining ayanchli qismati

Ikki ayol dardlashib o'tirishibdi. Bola ko'tarib olgan juvon g'oyat badbashara, yonidagi suhbatdoshi esa nihoyatda go'zal va jozibador edi.
- Peshonaginam qursin, aftim qursin! Shu ham hayotmi?
- Unday demang, siz baxtlisiz! Bashang kiyingan, latofatli xonimning shunday deyishi g'arib holda o'tirgan bolali ayolni hayron qoldirdi.
- Men… baxtli? — badanini oq bosgan baxtiqaro siniq jilmaygandek bo'ldi. — Shu bashara bilan, a? Ayol yopinchiq yopingan, yuzida faqat bir teshik ko'rinar, shu teshikcha orqali ming istihola bilan gapirardi.
- Shukr qiling! — dedi xonim hayajonli ovoz bilan va mahzun jilmaygancha ona qo'ynida uxlab yotgan bolaga nigohi ko'charkan qo'shib qo'ydi:
- Xunukman, deysizmi? Bola ko'tarib olgan ayolning ham xunugi bo'ladimi? Eh, singiljon, bag'ringizda bola… Bolangiz bag'ringizda! Men bo'lsam… — U oh chekib, ko'zlarida mung bilan og'ir xayolga botgancha jim qoldi.
- Nima, farzandingiz yo'qmi? — so'radi ayol titroq, alamli chiqqan ovozdan seskanib.
- Bor, Xudoga shukr. Ammo uning diydoridan mahrumman.
- Shunaqa deng. Kim zor etdi sizni bolaga, o'z jigarporangizga?
- Erim… Yo'q, yo'q, o'zim. Aybdor o'zim! — xonimning o'ksik ko'zlari pir-pir uchdi, g'amgin nigohini noma'lum nuqtaga qadab xo'rsindi.
- Nima, biron…
- She'r…
- She'r?
- Shoiraman. Ismim Furug'.
- Furug'? — dedi ayol hayajonlanib va yuzini ochib, ro'parasida mung'ayib o'tirgan go'zal xonimga ishonqiramay qaradi. — Nahotki? Siz o'sha mashhur shoira Furug' Farruxzodmi? Ha, ayolning ro'parasida mashhur shoira, taniqli aktrisa va prodyuser Furug' Farruxzod o'tirardi, bamisoli bu tashvishli dunyoda endigina bir hamdard topganday.
- Ha.
- Ey, Xudo, ro'paramda Furug'! — dedi ayol hayajondan entikib. — Men sevgan shoira! Lekin nega? Nega she'r sizni… Furug'ning bu yerda bo'lishi avvaliga bu yerdagilarga yoqmagan edi. Qalbi o'ksik badbasharalar undan o'zini olib qochishdi. «Nima kerak ekan bu xonimga? Nega keldi?» Moxovlar saqlanayotgan qo'riqxonaga Furug' film olgani kelgan edi. U qiyinchilik bilan bo'lsa-da, insoniy his-tuyg'u bilan yashayotgan, ammo odamzot qiyofasidan mahrum kishilar yuragiga oz fursatda yo'l topa oldi. Ba'zi kiborlarga o'xshab ulardan hazar qilmasdi. Badanini oq bosganlar bilan bir dasturxon atrofida o'tirdi. Hasratlashdi. Furug'ning nazarida o'sha kezlar moxovlar ahvolidan ham o'ziga og'irroq tuyular, bu g'amxonadagi holi g'ariblar esa yuragi to'la dard bu xonimga achinar, unga dardkash bo'lishga intilashardi. Ulardan biri — boyagi suhbatdoshi qo'lidagi bolasini uzatdi. Furug' go'dakni olib, bag'riga bosdi. Yuz-ko'zidan o'pdi. Hidladi. Yana o'pdi. Yana va yana… Ta'sirlanib ketgan moxov ayol o'zini tutolmay yig'lab yubordi va:
- Xo'p desangiz, shu bolani sizga bersam, — dedi bolaga tashna xonimning ayanchli ahvolidan yuragi ezilib.
- Nima? — Furug' quloqlariga ishonmasdi.
- Bu bola sizniki. Farzandlikka olishingizga roziman.
- Nahotki?! Furug' qattiq hayajonda edi. «Ona o'z ixtiyori bilan bolasini berib yuboradimi birovga? Bu qanday ona? Balki, bola diydoriga tashna men sho'rlikka rahmi kelib shunday qilyaptimi? Shunday achinarlimi ahvolim? Tasanno, Xudoyim! Shunday oliyjanob ishlarga qodir ulug', himmatli zotni yaratganing, uni bir bolaga zor ayolga ro'para qilganingga ming tasanno!» Furug' ayolning oyoqlarini quchoqladi. Farzandi Komyorni unutish uchun ham o'sha ayolning sog'lom farzandini asrab qolmoqchi bo'ldi. Ammo Komyorni unutish oson kechmas edi. Film muvaffaqiyatli chiqdi. Moxovlar hayotiga doir «Uy qoradir» kartinasi 1963 yili «Eng yaxshi hujjatli film» nominatsiyasi bo'yicha nufuzli tanlovda oliy mukofotni oldi. Germaniyada sovrindor bo'lgan Furug'ning filmi butun Yevropa, shu bilan birga Osiyo va boshqa qit'alarda namoyish etildi. Ammo prodyuser uchun taqdirning inoyati, oliy mukofot «bolali» bo'lishi edi. Asrab olgan bolasining ismi Shahriyor. Furug' Shahriyorga bor mehrini berdi, lekin o'z Komyorini ham unuta olmasdi. Bola sog'inchi ruhiyatiga kun sayin qattiqroq ta'sir o'tkazar, yuragidan faryod otilib chiqarkan, yarim tunlarda uyg'onib ketardi.
- Bolam
***
Furug' Tehrondagi san'at kollejini bitirdi. Tikuvchilik qilar, rasm chizar, ammo xayoli, qaerda bo'lmasin, she'r bilan band edi. O'n olti yoshida turmushga chiqdi. Parviz Furug'dan ikki baravar katta edi. Shunga qaramay shoira uni sevdi. Sevgilisiga bo'lgan sof va jo'shqin tuyg'ularini she'rlarida ifoda etdi. Yosh kelin o'zining birinchi she'riy to'plami «Asir»ni «Asiringizdan» deya ta'zim va beg'ubor jilmayish, mehr hamda samimiyat ila «xo'jayin»iga tuhfa qildi. Ammo kayfiyati buzilgan Parviz qo'lida kitobcha, boshini sarak-sarak qildi, labini burishtirdi. Furug' erining

1 2 3 4 »

#Boshqalar#273#dunyo#ayanchli#qismati
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика