#

Bola ajratgan ota hasrati

Ilgari Sattor aka ota-ona qaysidir farzandini boshqalariga nisbatan ko'proq yaxshi ko'rishi haqidagi gaplarni eshitsa, hayron qolar va «Hammasi o'zining bolasi bo'lsa, qanday qilib ularni bir-biridan ortiq ko'rishi mumkin?» deb o'ylardi. So'ng qaysidir farzandini ayricha yaxshi ko'radigan ota-onalarni xudbinlikda ayblardi. Keyin o'z farzandlari — Akmal va Samadni ko'z oldiga keltirar, ulardan biriga ayricha nigoh bilan qarashni tasavvur qilolmasdi. Sattor aka umr yo'ldoshiga ham bu xususdagi mulohazalarini aytar, Dilshoda opa ham eri kabi o'ylardi. Umuman olganda, ular o'z farzandlaridan birini ayricha yaxshi ko'rishni johillik deb hisoblardi. Dilshoda opaga xastalik sabab boshqa farzandli bo'lishi mumkin emas. Ko'p farzandli bo'lishni orzu qilgan Sattor aka esa bor mehrini ikki o'g'liga berdi. Farzandlari ulg'aygani sari Sattor akaning ham mehri tog'day o'sib borar, o'g'illarini kuzatib, zavqi kelardi. «Bolalar ulg'ayib ota-ona keksayib, ularning kamolini ko'rayotganidan quvonib yasharkan. Shu sababli keksalarning yuzida nur bo'lsa kerak», derdi Sattor aka. Uning gapini Dilshoda opa ham ma'qullar, so'ng ko'z tegmasin, deganday o'g'illariga qarata tuf-tuflab qo'yardi. Akmal tengdoshlariga nisbatan jussasi kichik, u-bu yumushga qarashishga unchalik ham tob bermaydigan yigit bo'lib ulg'aydi. Ukasi Samad esa uning aksi, baland bo'yli, baquvvat, har qanday ishni bir zumda bajarib tashlardi. Boz ustiga, maktabda ham yaxshi o'qir, darsdan tashqari sportga ham qatnardi. Akmal esa shaxmat o'yinidan boshqasiga qiziqmasdi. Endi Sattor aka avvalgiday farzandlarni birday yaxshi ko'rish haqida gap ochmas, Dilshoda opa ham o'sha gurunglarini esga olmay qo'ygandi. Zero, ular o'zlari ham bilmagani holda Samadni ayricha yaxshi ko'ra boshlagandi. Uning ketma-ket qo'lga kiritayotgan yutug'idan quvonib, er-xotin nuqul Samadni maqtashar, gap Akmalga kelganda esa mum tishlashardi. Bora-bora ular Akmalga ukasi Samadni ibrat qilib ko'rsatadigan bo'lishdi. Ularning tassavvurida Samadning har bir harakati fazilat, Akmalning o'zini tutishi esa g'ayriinsoniy odatlar. Shu sabab Akmal sevgan qiziga uylanmoqchi bo'lganida ota-ona birday qarshilik qildi. Ular Akmalni o'zlari topgan qizga uylantirishdi. So'ng kollejning diplomi bilan qanoatlangan Akmal uyiga yaqin joydagi sexga ishga kirdi. Samad esa universitetda tahsil oldi. Ammo kunlarning birida shaharlik qizni etaklab keldi. Ota-onasi uning bu qilig'ini ham fazilat sanab, to'yni boshlashdi. Ko'p o'tmay Samad shahardan uy olib, ko'chib ketmoqchiligini aydi. Sattor aka topgan-tutganini jamlab, Samadga shahardan uy qilib berdi. Bu uy sababli ular ozgina qarzdor ham bo'lib qolishdi. Qarzlarni esa Akmalning maoshi evazi to'lashdi. Shahardagi uyning sharoiti va qulayliklarini ko'rgan Sattor aka bilan Dilshoda opa Akmalni qishloqda eski uyda qoldirib o'zlari «Ota-ona doim kichik o'g'li bilan yashagan», deya shaharga ko'chib ketishdi. Ular kichik o'g'lining uyida baxtli. Barcha orzusiga erishgandi go'yo. Ammo…
***
— Kelin, qaynonangiz keksayganda choy damlab, oshxonada o'ralashib yurishi yaxshimas, — dedi bir kuni Sattor aka Samadning xotiniga.
- Biz ishli odammiz, adajon. Bir choynak choy damlash uchun o'rta asrlik ayollarday uyga qamalib o'tirishim kerakmi? — mayin ovozda keskin javob berdi Shodiya. Kelinidan bu gapni kutmagan Sattor aka angrayib qoldi. O'g'lini qanday yaxshi ko'rsa, kelini Shodiyani qiziday yaxshi ko'rardi. Shu sababmi, Shodiyaning gaplarini og'ir olmadi. «Ota-onasining yolg'iz qizi, boz ustiga, shaharda og'ir mehnat qilmay ulg'aygandan so'ng shunday bo'ladi-da», deb qo'ya qoldi o'ziga-o'zi. Shodiya esa qaynotasining tanbehini ko'ngliga og'ir olgan, ota uyida erka bo'lib ulg'aygan va kelinlik uyida ham istaklari so'zsiz bajarilishini istardi. Shu bois Sattor akaning gapini hazm qilolmadi. Aslida, Shodiya eriga shaharga ko'chishlari kerakligini va bu bilan o'zlari alohida yashash istagini bildirgandi. Lekin Samadni ayricha yaxshi ko'radigan ota-onasi o'g'lining ortidan shaharga ko'chib kelgani Shodiyaga yoqmasdi. O'sha kuni Samad ishdan qaytganida:
- Adajon bizdan, aniqrog'i, mendan xafa bo'libdi. Yana nojo'ya gap aytib, dilini og'ritib qo'ydim, shekilli, — dedi Shodiya mug'ombirona ohangda.
- Nega bunday deyapsan? Tinchlikmi?
- O'zingiz o'ylab ko'ring, ertalabdan kechgacha ishda yuramiz. Ular bo'lsa uyda yolg'iz qoladi. Kechki payt kelganimizda esa tayyor osh-ovqatni yeb yotib qolamiz. Ertalab yana shu ahvol. Umuman olganda, oyijon oshxonaga qamalib qolgan. Shu haqda dadangiz gapirgandi, — dedi Shodiya.
- Sen nima deb javob berding?
- Ishdamiz, ishdan bo'shab uyda o'tirolmayman-ku, dedim.
- Ha, to'g'ri, Shu akamgayam hayronman. Oyim bilan dadam keksayganda ularni shaharga ko'chirib yubordi. O'z uyida tinch va baxti yashashga haqi bor, — deya Shodiyaning yonini oldi Samad. Erining bu yo'sin

1 2 »

#Boshqalar#64#bola
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика