#

«Singlimning gunohi jinniligimi? »

— Ba'zida nima qilishni, qanday xulosa chiqarishni bilmay qolaman. Vaqtning ortga qaytishini, o'sha kunlarimni qayta menga ro'baro' qilishini juda-juda xohlayman… Lekin bundan nima naf? Sizning o'rningizda boshqasi bo'lganda ham balki shunday qilarmidi? Odamlardan nima kutishni ham, bilmay qoldim. Gohida uzoq-uzoqlarga, kimsasiz joylarga bosh olib ketgim keladi. Hech kimga ishonchim qolmagan. Yonimda meni tushunadiganlar ham yo'q. Na suyukli erim bilan ajrasha olaman, na birga yashay olaman. Afsuski, hech birining iloji yo'q. Kimni tanlay siznimi yo bir qorindan talashib tushgan ojiza singlimnimi? O'rnimda bo'lganingizda siz nima qilardingiz? Bilaman, onangiz meni kelin qilishni istamagan, chunki yolg'iz o'g'liga kazo-kazolarning qizini ko'z ostiga olib qo'ygan. Siz «Faqat shu qizga uylanaman!» deb turib olganingizdan so'ng noiloj rozi bo'lishgan. Chunki onangiz havas qilgan oilaning qizi emasdim. Buning ustiga urug'-aymog'imizni surishtirishganida buvimning ruhiy kasal bo'lganini eshitishibdi. O'shanda to'xtatsangiz bo'lardi-ku! Siz ham, men ham azob tortmasdik. Men esa umrimni singlimga qarab o'tkazardim, vijdonim bu qadar qiynalmasdi. Shu sabab ham qaynonam doimo ota-onam qilgan sarpolarni yuzimga solardi. O'zi fe'l-atvori yomon emas. Faqat birovlarning, ayniqsa, singlingizning gapiga kirardi. Men bularga unchalik parvo qilmadim. Shu paytgacha boshimni egib yashadim. Onangiz haq ekanini ich-ichimdan sezib turardim. Sizning ishingiz tufayli, tuman markazida yashardik. Singlingiz Sabohat ham biz bilan tura boshladi. U soatlab kimlar bilandir telefonda gaplashardi. Internetga ham juda bog'lanib qolgandi. Bu haqda bir-ikki marta sizga aytdim ham. Ammo qaynsinglim «Hayotimga aralashmanglar» qabilida muomala qilardi. Men unga yomon bo'lsin debmanmi? Uni o'z singlimday yaxshi ko'rardim. Faqat yaxshilik tilardim, xolos. Bilasizmi, o'shanda telefoni nogohon qo'lingizga tushib qoldi. Undagi yozishmalarni ko'rib, singlingizni urishdingiz. Qancha oraga tushmoqchi bo'ldim meni siltab tashladingiz. Sabohat onangizga yig'lab qo'ng'iroq qildi va hammasida meni aybladi. Voqeadan xabar topgan qaynonam darhol kelib, qaynsinglimni olib ketdi. Shundan keyin menga umuman gapiray qo'yishdi. Siz ham kundan-kun mendan sovidingiz. Nima qilay endi, hammasiga shu voqealarni ro'kach qilib, o'zimdan ayb izlayapman. O'shanda singlingiz bilan orangiz buzilmaganida, uning qilmishlaridan xabar topmaganingizda, mening yakkayu yagona singlimni bu qadar xo'rlamagan, unga rahm qilgan bo'larmidingiz? Hayot doim ham bir tekis kechmas ekan. Baxtli kunlarimni bebaxtlikka almashdim. Yildan-yilga munosabatlarimiz sovuqlashdi. Olti yil avvalgi muhabbatimizning olovi ham pasayib borardi. Bu orada bir o'g'il, bir qizli bo'ldik. Sizning kundan-kunga injiq, qo'rs bo'lib borayotganingiz yetmagandek, bu yoqdan singlimning xastaligi meni aqldan ozdiray derdi. Anorani yaxshi bilasiz. Shu paytgacha unda kasallik belgilari sezilmagan. Ota-onam ham sog'lom. Faqat… Faqat buvim dadamni dunyoga keltirganidan so'ng aqldan ozib qolgan, deb eshitganmiz. Uni ko'rmaganmiz ham. Anorada o'n to'qqizga kirgunicha hech narsa sezilmadi. To'satdan u onamni do'pposlabdi… Bundan qo'shnilar xabar topibdi. Yaxshiyam, uyning eshigi ochiq ekan. Onamni ham, uni ham «Tez yordam» olib ketibdi. Yetib borganimda onam hali o'zini bilmasdi. Boshiga qattiq narsa bilan uribdi, yuz-ko'zlari ko'kargan. Singlimni ko'rikdan o'tkazib, ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yuborishibdi. Kasalxonaga borib, shifokorlar bilan gaplashdim. Singlim meni ko'rib, qotib qoldi. Na yig'ladi, na kuldi. Hech narsa bo'lmaganday tikilib turdi. Keyin menga bor gapni aytib berdi. So'nggi paytlarda qulog'iga har xil ovozlar eshitila boshlabdi. Onamni notanish ayol, deb o'ylabdi. So'ng ovozlar urishni buyuribdi… Bu dahshatni tasavvur qila olasizmi? Farzand onaga qo'l ko'tarsa, uning ikki dunyosi kuyadi. Lekin buni bilmasa-chi, o'ziga bog'liq bo'lmasa-chi? Kimga kuyunishni ham bilmasdim. Singlimni ayblaymi, qismatnimi? Onam ko'zlarini ochdi-yu, yum-yum yig'ladi. Nazarimda, ikki kunda sochlari oqarib, ajinlari ko'payib ketibdi. Bilasiz, volidam uzoq yashamadi, singlimning hasratida bir yildan so'ng joni uzildi. Ammo onam menga eng og'ir vazifani yuklab ketdi. Yaxshi aka-ukam, boshqa hech kimimiz yo'qligi sabab Anorani bu dunyoda menga omonat qoldirayotganini aytdi. Shifokorlar ahvoli yaxshi bo'lib qolganini aytib singlimga javob berishdi va ammo Anora qaerga olib borishni bilmasdim. Ota uyimga olib boray desam, kim unga ko'z-quloq bo'ladi. Buning ustiga shifokorlar yaqinlari bilan ko'proq vaqt o'tkazsin, deyishdi. Lekin ehtiyot bo'lish sharti bilan. Kasal yana xuruj qilishi mumkin ekan. Sizga Xudoning zorini qilib, yalinib-yolvordim. Tabiiyki, jahlingiz chiqdi. Axir o'z singlingiz uyimizga kelib-ketmayotgandi, onangiz norizo. Shunday bo'lsa-da, nimalarnidir o'ylab rozi bo'ldingiz. Singlimni olib keldim. Biroq siz nafratingizni yashirmadingiz. To'g'risi, sizni taniy olmasdim. Anoraga xuddi itga qilgandek

1 2 »

#Boshqalar#606
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика