#

Yo'qolmagan kalit

Bahodir uyidan chiqishi bilan kirakash mashina uning yoniga kelib to'xtadi. Erkak mashina eshigini ochib:
- Markaziy bank tomonga… — dedi.
- O'tiring. Orqa o'rindiqda xayol surib ketayotgan Bahodirning qo'l telefoni jiringladi. U raqamlarga bir qarab, tugmachani bosdi.
- Allo, eshitaman! Ayol kishining muloyim ovozi keldi:
- Yaxshimisan, Bahodir? Ovoz juda tanish edi. Biroq yaqin orada u bilan suhbatlashmagani aniq. Kim bo'lishi mumkin?
- Rahmat. Kechirasiz, sizni tanimadim?
- Shunaqada, mansabga ko'tarilgandan keyin odamni ham tanimay qolasan, — hazil ohangida gapirdi ayol. Bahodir ayolning ajib kulgisini eshitib, yuragi bir o'rtandi. «Nahotki Zarina bo'lsa?!» Axir ko'rishmaganiga o'n besh yildan oshdi.
- Zarina, senmisan? — dedi erkak ham entikib.
- Xayriyat, taniding. Agar tanimaganingda…
- Nima qilarding?!
- O'zim bilardim, — deya yana kuldi ayol. Bahodir biroz jim qoldi. Keyin chuqur xo'rsindi:
- Nima qilsang ham rozi edim… Erkakning ovozida sog'inch va armon ohangi qorishiq edi. Bir muddat ikkovlon sukutda qolishdi. So'ng Bahodir yana gapida davom etdi:
- Hozir qaerdan qo'ng'iroq qilyapsan?
- Uzoqdan emas, shu shahardaman.
- Shu yerdamisan? Ko'rishsak bo'ladimi?
- Mayli. Ular tushlik paytida markaziy xiyobonga kirish darvozasi oldida uchrashishga kelishib oldi. Tushga yaqin xiyobon tomon borarkan, Bahodirning yuragi hayajondan gupillab urar, o'zini bosishga, xotirjam tutishga qancha urinmasin, buning uddasidan chiqolmasdi. Xayolida esa takror-takror savollar aylanardi: «Qaerda ekan u? Hozir qanaqa bo'lib ketgan ekan?» So'ng birdan o'rindiqda xayol surib o'tirgan ayolga ko'zi tushdiyu, yuragi dukillab urib ketdi. Ayol avval qo'lidagi telefoniga, so'ng darvoza tarafga qaradi. Bahodirga ko'zi tushib, o'rnidan ildam turdi. Nigohlar to'qnashdi. Har ikkisining ko'zida shodlik bilan birga bilinar-bilinmas ko'z yoshi zohir edi.
- Yaxshi yuribsanmi?
- Rahmat. O'zing yaxshimisan? — dedi bu gapga javoban Bahodir. U Zarinaning qo'lini qo'yib yubormas, ayol ham tortib olishga oshiqmasdi.
- O'zgarmabsan. O'sha-o'sha chiroylisan, Zarina.
- Sen esa to'lishibsan! Demak, hayoting yaxshi.
- Ha, yomonmas. Yur, biron joyda o'tiraylik. Ular bog' chekkasidagi majnuntol soya solgan so'lim bir go'shaga borishdi, muzqaymoqqa buyurtma berishdi.
- Zarina, qachon kelding bu yoqqa?
- O'n kundan oshdi.
- O'n kun? — dedi Bahodir hayratini yashirolmay. — Nega menga avvalroq qo'ng'iroq qilmading?
- Shu yerdan uy oldim. Ishga kirdim. Bugun sal qo'lim bo'shagan edi.
- Uy oldim, deysanmi? Nega birlikda gapiryapsan?
- Chunki bir o'zim yashayapman. Erim bilan ajrashdim…
- A-a? Nega bunday bo'ldi?
- Bir-birimizga to'g'ri kelmadik. Dunyolarimiz boshqa-boshqa ekan.
- Unda shuncha yil qanday yashading?
- Dastlabki yillari yaxshi edik. Keyin mayda-chuydadan ham janjal chiqadigan bo'ldi. Qo'y, eslatma uni. O'zingdan gapir. Bankka boshqaruvchi bo'libsan, deb eshitgandim. Tabriklayman.
- Yo'g'-e, kichkinagina bir bo'limga boshliq bo'ldim. O'zim rahbarlikni ko'pam yoqtirmayman. Boshlig'imizning o'zi iltimos qilgach, yo'q deyolmadim.
- Maktabda ham shunaqayding. Sinfboshi bo'lishga hech unamasding. Sinf rahbarimiz. «A'lochi o'quvchiki, o'zini bu ishdan tortsa, boshqa kimga ishonish mumkin», deb xafa bo'lgachgina ko'nganding.
- To'g'ri. Hali ham esingda ekan-da.
- Esimda. Xotiram yaxshi, — dedi Zarina maqtangannamo erkalanib. Bahodir Zarinaga qarab, mamnun jilmaydi. So'ng yana mahzun qiyofada so'radi:
- O'rtada farzand bormidi?
- Bir o'g'il, bir qizimiz bor. Maktabda o'qishyapti.
- Ular ham shu yerdami?
- Yo'q. O'g'lim dadasi bilan birga. Qizim esa Toshkentda. Bir dugonamnikida yashab turibdi. Bir-ikki oyda maktabdan ta'tilga chiqadi. Keyin bu yoqqa olib kelaman. O'zingda nechta farzand?
- Ikki qiz, ikki o'g'lim bor. Kichik o'g'lim bog'chada, qolganlari maktabda.
- Kechagina o'zimiz maktabda o'qib yurgandik. Ko'z ochib-yumguncha bolalarimiz o'qiyapti. Vaqt juda tez o'tyapti. Avvallari ham shundaymidi, o'quvchilik paytimizda?
- Yo'q, vaqt bunchalar tez o'tmasdi. Ayniqsa, seni tezroq ko'rish uchun maktabga oshiqqanim sari yo'lim uzayaverardi.
- Qo'y, gapni bu yoqqa burma.
- Ikkalamiz eslaydigan davr, asosan, maktab-ku.
- To'g'ri aytasan. Esingdami, menga bir xalta olma olib kelganding. O'sha olmalarning mazasi o'zgacha edi.
- Yodimda. Bir kuni uyimiz oldidagi qizil olmalardan sinfdoshlarga ham ilingim keldi. Sumkamni to'ldirib solvoldim. Sinfda hammaga ulashdim. Sen hali darsga kelmaganding. Ulushingni dugonangga berdim. Kelganingda olmani olib, «Oh-oh, hidi buncha maza!» deganingda juda xursand bo'lgandim. Aslida, olmani men olib kelganimni bilmasding. Bilganingda maqtamasding, to'g'rimi? Zarina jilmaydi.
- To'g'ri, chunki meni yaxshi ko'rishingni

1 2 3 »

#Boshqalar#214
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика