#

Ajal to'ridan qutulgan qiz

2010 yil 4 noyabr Aziz kundaligim! Hayot yo'li misoli ko'prikka o'xshaydi. Narigi sohilga esa, albatta, mana shu ko'prikdan o'tish darkor. Kimlardir bu ko'prikni mustahkam qilib quradi, kimlardir ko'prik oxiriga yetib ulgurmay o'zini tashlab yuboradi. Mening ko'prigim esa nochor qurilgan, yurish qiyin, ba'zi yerlaridan taxtalar tushib ketgan ko'prikka o'xshaydi. Bu ko'prikdan hech yurgim yo'q. Muammolarimdan qochishni, barini ortimga tashlab, yangi hayot qurishni istayman, ammo ketgim — qochib ketgim kelyapti. Qani endi buning iloji bo'lsa, imkoni topilsa… Ko'zimni tushlikka yaqin ochdim va biroz shiftga qarab yotdim. Tashqaridan eshitilayotgan mashina shovqini, odamlarning ovozlari elas-elas qulog'imga chalinib, o'rnimdan turishga ham erindim. Kun bo'yi shu ahvolda g'ashlikdan qutulolmay yurdim. Mana, hozir ham derazadan tashqariga qarab o'tiribmanu, dod solgim kelyapti! 2010 yil 17 noyabr Aziz kundaligim! Bir hafta muqaddam ko'zlarimni kasalxonada ochib, tirik qolganimga ming bir nadomat chekdim. Otam va onam qo'llarimdan tutgancha tepamda yig'lab o'tirishardi.
- Nega bunday qilyapsan, qizim?! — dedi onam o'ksinib yig'larkan. — Bizni ham o'ylasang-chi!
- Hayot eng aziz ne'mat, sen o'zingni bu holga solishga haqli emassan! — deya dadam biroz qattiq gapirar, ko'zlaridan esa shashqator yosh quyilardi.
- Unga qattiq gapirmang, hozir mavridi emas! — o'tindi onam.
- Yashashni istamayman! Bir yildirki, o'z jonimga qasd qilishga urinaman. Ammo har gal bu urinishlarim behuda ketar, go'yo hech qachon o'lmaydigandekman. Insonlar bor, yashash uchun qo'llaridan kelgancha harakat qilishadi. Mana shu bema'no dunyoda yana ozgina yashash uchun qandaydir umrboqiylik eliksirlarini yaratishadi. Biroq men bu dunyodan, umrimdan nafratlanaman. Men uchun bu hayotda qanday mazmun qolganiga hech tushunolmayman. 2010 yil 9 dekabr Aziz kundaligim! Inson qalbida shunday jarayonlar sodir bo'ladiki, o'rgimchak to'ri misol u seni butunlay chirmab oladi. Miyamga kirib olgan minglab xayollar yashashga bo'lgan qiziqishimni mutlaq o'ldirgan. O'rningdan tursang-u yurolmasang, oyog'ing bo'lsa-yu ishlatolmasang! Bugun ham kun bo'yi mana shu la'nati aravachaga mixlangancha o'tiraverib xunobim oshdi. Ichimga sig'may yugurgim, uzoq-uzoqlarga qochgim kelyapti. Ammo ilojsizman! Derazadan yog'ayotgan qorga qarayapman. Uyimiz shahar markazidagi ko'p qavatli binoda joylashgani uchun ham butun shahar kaftdek namoyon. Bilmadim, odamlar nimadan bunchalar xursand, bunchalar mamnun! Mening hayotimda endi quvonchli onlar bo'lmasligi kunday ravshan. Shunday ekan, yashab nima qildim. Qolaversa, u endi meni tark etgan. 2011 yil 2 yanvar Aziz kundaligim! Bir ishni hadeb takrorlayversang, bora-bora uyalmay ham ketarkansan, hatto o'sha ish eng ayanchli ish bo'lsa ham. O'zingni o'ldirishga urinish! Umringga, jismingga, ruhingga va, ayniqsa, yaqinlaringga qayta-qayta zarba berish! Ha, men bu ishni yana bir bor amalga oshirish uchun kecha tomirimni kesmoqchi bo'ldim. Bu ne sinoatki, yana qutqarildim.
- Agar oyingdan kalitni olib, men kelib qolmaganimda hozir bu dunyoda yo'q bo'larding, ehtimol! — dedi jonholatda uzoq yillik dugonam.
- Ehtimol emas, aniq o'lardim. Atayin yolg'iz qolishni kutgan edim. Shundoq ham har kuni, har soat nazorat ostidaman.
- Bas qil! — deya baqirdi u va aravacham oldida tiz cho'kib, ko'zlarimga qattiq tikildi. — Buncha hayotdan nolimasang, a? Ha, to'g'ri, sen yurolmaysan, oyoqlaring ishlamaydi, lekin sen yashayapsan-ku, bu hayotda borsan-ku!
- Bunday borlikdan yo'qlik afzal! — dedim yig'i aralash. Ovozim xuddi nara tortgan sher misol chiqardi. — Sen faqat kimningdir yordami bilangina yotoqqa yotish, kiyinish va hatto shu yoshda tuvak tutishlari nima ekanini qaerdan ham bilarding?! Hamma aqlli, hamma faylasuf! O'zimdan o'tayotganini esa o'zim bilaman, xolos. Bundan tashqari, u xayolimdan ketmayapti.
- Bilaman, — deya menga qo'shilib yig'layotgan dugonam ovozini pasaytirdi. — Bilaman, senga qiyin. Ammo nachora. Hayot bizni turfa sinovlar bilan sinaydi. Seni tashlab ketgan yaramasni esa endi unut!
- Unutolmayman!
- Unutolmayman, yurolmayman, yasholmayman… U seni allaqachon unutib bo'lgan. Ishon menga, Yaratganning hammamiz uchun atagani bor, faqat sabr qilish lozim! Kundaligim, sabr kosam to'lib ketdi! 2011 yil 1 mart Aziz kundaligim! Bugun bahorning ilk kuni. Ochiq derazadan gullashga shay turgan daraxtlarga qaraganimda yuragim tez-tez urib ketdi. Ko'ksimga qo'limni qo'ydim-u, beixtiyor yig'lab yubordim. Kundaligim, mana, hozir ham senga yozyapman-u, dilim o'rtanib ketyapti. Qani endi Yaratgan bilan yuzma-yuz bo'lib, «Nima uchun meni buncha qiynayapsan? Nega yosh jonimga shuncha sinov beryapsan? Meni qutqarmaysanmi?!» deyolsam. Qani endi barcha savollarimga javob topib, qalban sokinlikka erishsam. Bechora yaqinlarim o'ziga yana ziyon yetkazib qo'ymasin, deya jonlari halak. Atrofimda parvona yurishlarini ko'rib, battar kuyinib ketaman, yuragim siqiladi. «Menga qaramang, mendan voz keching,

1 2 3 »

#Boshqalar#69#ajal
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика