#

SEVGI SAROBLARI… (real voqeaga asoslangan)

Yoz kechasi. Solivoy zovur bo'yiga chiqdi-da, sigaret tutatib, bo'tanadan bo'tanaga sakrab sayrayotgan qurbaqalarga quloq tutdi. Ha, uzoq kutib o'tirishi mumkin emas. Besh-olti daqiqa ichida uchrashuv joyiga yetib borishi lozim. Yo'qsa Maysara kirib ketib qoladi. Aksiga olgandek, uchrashuv joyi ham Do'lta ustaning tomorqasi burchagida. U yerga taxtadan baland qilib qurilgan devorni oshib, undan so'ng makkajo'xorilarni oralab o'tiladi. Makkajo'xori oralab yurish esa oson emas. Hammyog'ingga so'ta soqollari yopishib qoladi.
- Xayriyat, to'yga bir hafta qoldi. — deya shivirladi Solivoy soqol yopishib qichisha boshlagan yelkalarini ishqalay-ishqalay. — Oxirgi marta qiynalsam qiynalibman. To'ydan keyin eslab yuradigan bo'laman… O'ylaganidek, Maysara burchakka qisilgancha ko'zlari to'rt bo'lib uni kutayotgan ekan. Solivoy yugurib kelib sevgilisini mahkam quchib oldi.
- Kechir, picha kutdirib qo'ydim. — deya o'zini oqlagan bo'ldi u. — O'zing tushunasan-ku, qishloq ko'chasida yurganingni chollar ko'rib qolsa, gap-so'z ko'payadi. Buning ustiga makkajo'xorizor ham rosa ovora qildi. Poyalari chirmashib ketganmi-ey bir-biriga!
- Xafa bo'lganim yo'q. — Solivoyning yelkasiga boshini qo'yib javob qildi Maysara. — Menam hozirgina chiqdim… Ukalarim uxlamay xunob qilishdi.
- Nega xafasan? — so'radi Solivoy qizning iyagidan tutib.
- Xafamasman.
- Yo'q, oldingi safargiday chehrang ochiq emas.
- Qorong'ida chehramni qayoqdan ko'ra qoldingiz?
- Seni chehrang oydanam oydinroq. Ko'zimni yumib ko'raman uni.
- Bekor qilasiz…
- Nimaga? Maysara yigitning qo'llarini nari surib o'zini orqaga oldi.
- Nima bo'ldi o'zi senga? Birov xafa qildimi? Gapirsang-chi!
- Soli aka, biz xuddi behudaga turmush qurayotgandekmiz. — dedi Maysara beixtiyor yig'lamsirab. — Men… Qo'rqib ketyapman.
- Jinnimisan? Qayoqdagi gaplarni gapirasan-a! Axir…
- To'g'ri, sevishganlar ertami­-kechmi, birga bo'lishi kerak. — davom etdi Maysara. — Lekin… Bir kun kelib meni tashlab ketib qolsangiz nima qilaman?
- Uf-f… O'taketgan tajang bo'lib ketibsan o'zingam! — deya norozi qo'l siltadi Solivoy. — Hali to'y o'tmay turib sovuq gapirganing nimasi? Bilasan-ku, seni qattiq sevaman! Agar dadang rozi bo'lmagandayam, baribir opqochib ketardim seni…
- Shunday-ku­-ya! Baribir qo'rqib ketyapman!
- Qo'rqma! — deya Maysarani qaytadan quchdi Solivoy. — Hammasi yaxshi bo'ladi. Xudo xohlasa, ikkalamiz baxtli yashaymiz. Mana ko'rasan! Bu gapidan so'ng Maysara negadir piq-piq yig'lay boshladi.
- Bas! — deya uni uyi tomon kuch bilan burib qo'ydi Solivoy toqati toq bo'lib. — Juda injiq bo'lib ketibsan! Xursand bo'lsang ham yig'laysan, xafa bo'lsang ham… Umuman seni tushunib bo'lmay qoldi! Mayli, boraqol, uyga kirib tiniqib uxla! O'zingga kep qolasan.
- Endi ko'rishmaymizmi? — yig'lashdan to'xtab Solivoyga umidvor termulib so'radi Maysara.
- Axir, bor yo'g'i bir hafta qoldi to'yimizga! Uyda ta'mir ishlarining chalasi bor. O'shani bitirmasam ulgurmayman!
- Kelmasangiz kelmang! — Maysara zarda bilan burildi-yu, uyiga qarab chopa ketdi.
- Qaysar qiz-ey! — kulib qo'ydi Solivoy. — Hoynahoy to'y arafasida bezovtalanib qolganga o'xshaydi! Ha, qizlar shunaqa bo'ladi deyishardi… Qo'rqadi-da!
***
To'polon bilan to'y ham o'tdi. Maysara oqqa o'ralib yangalar, qiz-juvonlar hamrohligida Solivoylarning ayvoni kunchiqarga qaragan uyiga kirib bordi. Kuyov bo'lmish bu pallada hovlining qorong'iroq yeriga o'tib olgancha sigaret tutatar, yonidagi jo'rasi Shuhratning xufiyona maslahatlari ham qulog'iga kirmasdi. Nihoyat uni ichkariga chorlashdi. Odatga ko'ra bir guruh jo'ralar qurshovida eshikka yaqin bordi. Kimdir ostonada qulochini yoygan ko'yi kuyovdan pul kutayotgan o'rta yashar ayolning qo'liga bir changal ikki yuztalik tutqazdi-yu, shu zahoti qolganlar “yo'lto'sar”larni kuch bilan nari surib ichkariga Solivoyni kiritib yuborishdi. Oradan hech qancha vaqt o'tmay, barcha irim-sirimlar ado etildi va kelin-kuyovlar yolg'iz qolishdi. Maysara sakkiz qavat ko'rpa ustidan vahima aralash tushdi-da, o'zini yotgan yerida zimdan kuzatayotgan Solivoyga ham e'tibor qilib o'tirmay, parda ortiga o'tib oldi. Solivoy bir muddat nima qilishni bilmay garang bo'ldi. Axir, nima qilsa bo'ladi? Nega o'rnidan turib ketdi? Mumkin emas-ku bunday qilish! U shoshilmay o'rnidan turib bo'ynidagi bo'yinbog'ni yechib bir chetga otdi-yu, parda tomon yurdi.
- Iltimos, menga yaqin kelmang! — yalingan ohangda so'z qotdi Maysara titrab-qaqshab. — Iltimos qilaman sizdan!
- Nimaga-a? — hayron bo'ldi Solivoy. — Biz endi er-xotinmiz. Nikoh o'qilgan. Nimadan qo'rqasan? Begona emasman-ku! Sevgilimsan-ku!
- Baribir yaqin kelmang!
- Meni… Sevmaysanmi

1 2 3 ... 5 »

#Boshqalar#276#sevgi#real#asoslangan
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика