#

Xiyonatning achchiq sabog'i

Mustafo ishdan erta kelganidan afsuslandi. Tozalanmagan uy, dazmollanmagan kiyimlar, bo'sh qozon, chaqaloqning tinimsiz yig'lashi — bularning bari yigitning yuzini burishtirardi-yu, lekin o'zini bosishga urindi. Issiq havo sabab boshi og'riyotgani uchun dam olishga qulayroq joy izlab, hali u-hali bu xonaga kirib ko'rdi. Biroq hamma tarafdan yangi tug'ilgan chaqaloqning ovozi kelar, bu ovoz erkakni ta'qib etardi go'yo.
- Obbo, nega yig'layveradi bu? — dedi erkak o'ziga-o'zi gapirib.
- Bu emas, farzandimiz! — dedi o'g'lini tinchlantirishga urinayotgan Madina.
- Boshim og'riyapti, tezroq uxlat…
- Uxlamasa, ayb mendami? — asablari taranglashgan ona ko'ziga yosh oldi.
- Qorni ochdir?!
- Qorni to'q!
- Biror joyi og'riyotgandir…
- Bilmayman, bilmayman! — dedi Madina chaqaloqni yotoqqa qo'yib. — O'zim ham qiynalib ketdim!
- Bitta bolaga ham qarashni eplolmaysan! — baqirib yubordi Mustafo. Madina bolasini qayta qo'liga olib, erining ortidan pichirladi: «Ha, bosh faqat sizda bor». Mustafo uyda o'tirolmagach, eshikni qarsillatib yopdi-yu, o'zini ko'chaga urdi. Erkak sho'x, quvnoq hayot tarzida yashab, shunga ko'nikib qolganidanmi, oila muhitini hazm qilolmas, bu holat, ayniqsa, farzand ko'rgach, juda avjiga chiqqandi. Xotinining na erga, na uy ishlariga va na o'ziga e'tibor qaratmayotgani ham Mustafoning g'azabini keltirardi. Uyiga qaytganida chaqaloqning ovozi tinchiganidan biroz ko'ngli ko'tarildi. Kiyimlarini almashtirib, endi yostiqqa bosh qo'yay degandi hamki, rafiqasining yonida turgan qo'l telefonidan xabar kelgani haqidagi ovoz eshitildi. Mustafo to'ydan avvalroq xotiniga rashkchiligini tushuntirgan. Shu sabab rafiqasining har bir qadamini nazorat qilib turardi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifani ham, o'zi mudom tekshirib turish sharti bilan ochib bergan. Mana, hozir ham kelgan xabar dugonasidan ekanini ko'rgach, xayoliga qaerdandir «Qaysi dugonasi bo'ldiykin, rasmi bormikin?» degan fikr keldi. Rasm ochilgach, qarasaki, nihoyatda chiroyli qiz yelkalari xiyla ochiq ko'ylakda sho'x-shodon kulib turardi. Yutinib qo'ygan Mustafo biroz suratga tikildi-da, salomga alik oldi.
- Nega yozmading?
- Uxlayotgandim.
- Ahvollaring qalay, ona bo'lish zo'r ekanmi?!
- Qiyin ekan.
- Senga aytdim, erga tegishga shoshilma deb. Ering bilan yarashib oldingmi?
- Ha. Erim haqida fikring qanday?
- Ering juda chiroyli yigit, tanishtirib qo'ymaysanmi?
- Tanishging kelyaptimi?
- Tinchlan, hazil-ku! Mustafoning endi ko'ngliga nimadir kirdi. Ekran ortida jilmayib turgan bu qizni uncha tanimasdi-yu, lekin hali turmushga chiqmagani aniq. Yigit ko'p o'ylanmadi, xotinining telefonidan barcha xabarlarni o'chirdi-da, o'zining telefonini olib, boshqa xonaga chiqib ketdi.
- Salom!
- Kim bu?
- Men, o'sha sen tanishishni istayotgan Mustafo, dugonangning eriman.
- Madina, bu yana qanday hazil?
- Hazil emas, rost. Faqat bu haqda ayolimga aytma, biz shunchaki do'st bo'lamiz! Qizning maylini sezgan yigit Nilufar bilan har kuni gaplasha boshladi. Ular kuni qanday o'tayotgani, kayfiyati, hatto nima ovqat yeyishayotganigacha bir-biri bilan tinimsiz yozishardi. Madina erining qo'lidan telefon tushmay qolganini sezardi-yu, lekin bu holat ishi bilan bog'liq, deya e'tibor bermasdi. Dastlab odatiy hayotdan zerikish tufayli shunchaki muloqot qilib turishni ko'zlagan yigit, endilikda Nilufarga o'rganib qolayotganligini o'zi ham sezayotgandi. Qiz bilan uchrashish katta xato ekanini yaxshi bilar, ammo o'sha dam yana qaerdandir miyasiga «Bir marotaba ko'rishsam, nimasi yomon?» degan fikr kelib urilardi. Ular shu tariqa ikki kundan so'ng uchrashishga kelishib olishdi. Erta tong. Yigit kiyinib, ko'chaga chiqish uchun tayyorlanar, bugungi uchrashuvga esa hafsalasi yo'q edi. «Nilufar chiroyli qiz! Bir martagina uchrashaman, biroz gaplashaman. Men Nilufar bilan shunchaki do'st tutindim, xolos!» Turfa o'ylar iskanjasida qolgan yigit bir xo'rsindi-da, uyidan chiqdi. Shu payt qo'l telefonidan xabar qo'ng'irog'i eshitildi.
- Madinaning qo'l telefonini olishni unutmang!
- Nega?
- Bir narsa ko'rsataman. Anchadan beri Madinaning qo'l telefonini tekshirmay qo'ygan Mustafo o'sha «bir narsa» nima ekanini bilishga qaror qildi. Yigit Nilufarni uzoqdan ko'rdi-yu, darrov tanidi. Qiz rasmdagidan ham xushro'y, baland bo'yli, nigohida qat'iylik chaqnab turardi. Mustafo faqat bir narsaga — tez-tez qo'l telefoniga qarab qo'yayotgan qizning holatini tushunolmay halak.
- Aytganday, Madinaning telefonini nega so'rading?
- Bir narsani bilib qoldim, menimcha, siz ham bilishingiz shart! — dedi Nilufar undan ko'zini uzmay.
- Tushunmadim… Shu payt yana o'sha tanish ovoz eshitildi. Telefonga xabar kelgandi. Biroq Madinaning telefoniga. Mustafo darrov xabarni ochdi. Ochdi-yu, shu on ko'zlari katta-katta ochilib ketdi.
- Tinchlikmi? — dedi qiz.
- Jim tur! — baqirdi Mustafo g'azabdan qizarib. Mustafo telefon ekraniga uzoq tikilib, «Salom,

1 2 »

#Boshqalar#51#achchiq#sabogi
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика