#

Qadrlanmagan qadr mojarosi

— Shu gapim-gap! Ko'zimga ko'rinmasin! Qaerdan kelgan bo'lsa, ana katta ko'cha! — dedi Shuhrat aka peshonasidan oqayotgan terni ro'molchasiga artib. So'ng suhbatdoshiga tik boqib, gapida davom etdi:
- Iltimos, oqsoqol, bu ishga siz aralashmang! Bu gapni kutmagan Sharif bobo qalqib tushdi. Lekin tezda o'zini o'nglab:
- Mening ham bunday g'alvaga ko'zim uchib turgani yo'q, Shuhratboy, — dedi. — O'zingiz ham achchiqlanmay mulohaza qilib ko'ring. Bitta to'n odamdan aziz bo'ldimi? Axir, o'z jiyaningiz bo'lsa. Begona bo'lsa ham mayli edi.
- Begona bo'lganda buncha gap-gashtak yo'q edi, oqsoqol. Jiyanim bo'lgani uchun achchig'im chiqyapti. Men bitta zarchapongamas, qadrimga achinaman. Kimsan, kuyov bolaning tog'asiman! Shuncha odamga topilgan to'n, bizga kelganda… Ey, qo'ying, oqsoqol tilimni qichitmang! Shuhrat aka qo'l siltab, nari ketdi. Oraga sukut cho'kdi. Yaqinda mansab pillapoyasidan yana bir pog'ona ko'tarilgan Shuhrat aka izzattalablik qilayotgandi. Buni bilib turgan Sharif bobo devorga osig'liq soatga termuldi. U soatning bir maromda aylanayotgan miliga qarab turarkan:
- Shuhratboy, soatga qarang. Uning ko'rsatkichi faqat tepaga qarab yurmaydi. Aylanib, pastga ham tushadi, — dedi ma'nodor qilib. — Bu ishga aralashmang, deb odamni xafa qildingiz. Men aralashmasam, boshqalar indamasa, tog'a-jiyan shunday yuraverasizlarmi? Shuhrat aka savolni eshitmaganday indamadi. Sharif bobo gapida davom etdi:
- Hamma meni oqsoqol deydi. Hurmat qiladi. Buning uchun rahmat. Lekin shu nomni oqlashning o'zi bo'lmaydi. Hozirgiday oilaviy urish-janjalga aralashib, odamlarni murosaga keltirish azob. Senga nima, bor, ishingni qil, degan gapni ham eshitganmiz. Lekin yelkamdagi vazifa shu. El oqsoqol deb hurmat qilyaptimi, buni oqlashim kerak. Siz ham yomon ko'ryapsiz. Ammo vaqt o'tib, hozirgi gaplarni, jiyaningiz bilan bo'lgan tortishuvni eslasangiz, uyalasiz. Shugina narsa uchun shuncha g'alva ko'targan ekanman-da, deb. Rostiyam shuda, Shuhratboy, erkak kishi arzimagan latta-putta uchun xotin kishiday arazlab o'tirishi uyat-ku. Oqsoqolning bir maromda bosiqlik bilan aytgan gaplari Shuhrat akaning jon-jonidan o'tib ketdi. U Sharif boboning oxirgi gapi uchun so'kib berishi ham mumkin edi. Ammo zo'rg'a tilini tiyib, indamadi. Bir zum tishini tishiga bosib turgan Shuhrat aka oqsoqolga yuzlandi. Sharif bobo tag'in so'zlay ketdi:
- Mayli, vaqti kelib jiyaningiz bilan yarasharsiz. Lekin hozirgi ahvolni ko'rib, kuzatib turgan bolalar-chi? Ular kimdan, nimani o'rganadi? Sharif boboning nasihati Shuhrat akaga yoqmadi. U bobodan qutulmoqchi bo'lib, qo'lini ko'tardi va:
- Qani, oqsoqol, duo qiling, — dedi. Sharif boboning rangi qorday oqardi. U har qanday vaziyatga shay turib, o'rganib qolgan edi. Lekin hech qachon kimdir uyidan quvib solishini yetti uxlab tushida ham ko'rmagandi. Shu sabab indamay o'rnidan turdi-yu, eshik tomon yurdi. Shuhrat aka esa vaziyatni o'nglash uchun til uchida:
- Sizga keting, deganim yo'q. Oshxonaga chiqib kelmoqchiydim. Shuning uchun duo qiling, dedim. Keliningiz ovqatga unnaganday bo'lgandi. Tayyor bo'lsa, olib kelmoqchiydim, — dedi. Sharif bobo miq etmadi. Lekin ortiga o'grilib shunday qaradi-ki, bundan ko'ra achchiq gapirgani tuzuk edi. Shuhrat akaning dili yanada qorong'ilashdi. Sharif bobo ham shu ahvolda ko'chaga chiqdi. Aslida, Sharif bobo bu uyga ikki qarindoshning o'rtasidagi tushunmovchilikni bartaraf etish, tog'a-jiyanning munosabatini tiklash uchun kelgandi. Bundan ikki hafta burun Shuhrat akaning jiyani o'g'lini uylantirdi. To'y kuni Shuhrat aka katta to'yona olib bordi. Jiyani tog'asining hurmat-izzatini joyiga qo'ydi. Kelin kelgach esa to'y egasi o'ziga yaqin bo'lgan yoshi ulug' qarindoshlariga to'n yopdi. Qarz ko'tarib, to'y boshlagan jiyan to'n yopishda parishonxotir bo'libmi yoki tog'asining dili bunchalik og'riydi, deb o'ylamagani uchunmi, har xolda, Shuhrat akaga to'n bermadi. Shu paytgacha qancha to'y qilgan bo'lsa, jiyanidan ham, uning onasidan ham saxovatini ayamagan tog'aga bu og'ir botdi. Shuhrat akaning yon-atrofidagilar yangi to'nini ko'z-ko'zlaganday bo'lib turganda kimdir uning yarasiga tuz sepgandek dedi:
- Shuhrat aka, kuyov bolaning o'zi ham, otasi ham sizga jiyan bo'ladi. Sizga ikkita to'n berishdimi? Bundan tog'aning jahli chiqdi. O'sha kimsa qitmirlik qilish uchun bu gapni ataylab aytganini bilgan bo'lsa ham gapni o'ziga oldi. Bor-e, deb qo'l siltab, to'yxonani tark etmoqchi bo'lib, xotinini chaqirtirdi. Ayoli gap nimada ekanini bilgach:
- Indamay ketaverasizmi? Hozir issig'ida aytib olish kerak. Esidan chiqqan bo'lsa, behuda xafa bo'lib yurmaysiz, — dedi. Bu gap Shuhrat akaga ma'qul kelib:
- Unday bo'lsa, sen borib, bor gapni tushuntirib ayt, — dedi. Yanga bo'lmish to'y egasini topib, bir chetga o'tgach:
- Tog'angizni nimaga xafa qildingiz, jiyan? — deb so'radi.
- Tog'am xafa bo'libdimi? Bilmayman.

1 2 »

#Boshqalar#63
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика