#

BEFARZANDYIGITNING KO'RGAN KEChIRGANLARI…

O'ttiz beshlarni qoralagan bo'ydor, keng yelkali, ozg'in bo'lsa-da, chayir Mehmonali tun yarmidan oqqanda gandiraklab uyga kirib kelganda xotini Mastura hali uyg'oq edi. Qalin to'shakda tizzalarini quchoqlab o'tirgan ayolning ko'zlari uyqusizlikdanmi, yig'idanmi, qizarib ketgandi. Ayol to'shakdan turib, erining qo'lidan tuproqqa belangan kostyumni oldi va dahlizga qarab yurdi. Ammo Mehmonali uning yo'lini to'sdi.
- To'xta! — dedi u xo'mrayib. — N-nimaga uxlamading?
- Sizni kutib o'tirdim, — javob qildi Mastura.
- Nega kutasan?
- Kutdim-da!
- Bundan keyin kutma, tushundingmi?! Sen… Meni kutishga arzimaysan! Mastura indamadi. Nima desin? Turmush qurganlariga besh yildan oshdi. So'nggi paytlarda har kuni shu ahvol: Mehmonali nuqul ichib keladi, farzandsizligidan nolib yo yig'laydi, yoki janjal ko'taradi.
- Hadeb tug'mayotganimga pisanda qilaverasizmi?! — Mastura alam bilan yuzini ters burdi. — Nima qilay? Do'xtirlar soppa-sog'siz deganini eshitdingiz-ku o'zingiz. Irim-sirimlarni qilayotgan bo'lsam… Yana nima qilay?
- Ha-a, bilaman! — o'shqirdi Mehmonali. — Men… mendan! Shuni aytmoqchimiding? Lekin bilib qo'y, do'xtirlaring gapiraveradi! Men baribir isbotlayman! Erkakligimni isbot qilaman, bidingmi?!
- Keling, achchiq-tirsiq qilib yurmaylik, ajrashib qo'ya qolaylik! — dedi Mastura chidolmay. — Qiynalib ketdim, axir! Men nima qilay-y? Qo'limdan nima keladi?
- Nima? — xezlanib Masturaga yaqinlashdi Mehmonali. — Boshqaning qo'yniga kirging kep qoldimi? Boshqadan tuqqing kep qoldimi?
- Bas… Dodlab yuboraman! — yig'lamsirab eriga tik boqdi Mastura. — Gapirmang, gapirmang! Iltimos!
- Men… Seni yaxshi ko'raman, Mastu! — xotinining iyagini siqimladi Mehmonali. — Faqat mendan… Ha, mendan tug'ishing kerak! Mastura ortiq bir so'z demadi. Kuchi ko'ziga yetdi — ko'rpaga burkanib piq-piq yig'ladi.
***
Ertasi kuni Mehmonalining ishi unmadi, boshi xumday, oyoqlarini zo'rg'a sudrab bosardi. Kuz esa kutib turmaydi, xirmonda uyulgan paxtani kechgacha pritseplarga ortib ulgurishi kerak… Xayriyatki, peshinda besh kunlik maoshlarini tarqatib qolishdi. Shu bahona shomga qolmay o'zidan uch-to'rt yosh katta sherigi O'rinboy aka bilan sudralib do'konga bordi. Ikkovi ikki shisha sharobni qo'ltiqlariga qisgancha ariq bo'yidagi sada ostiga cho'kishdi. O'rinboy aka cho'ntagidan sarg'aygan gazeta olib maysa ustiga to'shadi. Mehmonali bir shishani ochib ikkita stakanga bo'lib quydi…
- Uka, keyingi paytlarda xafaday ko'rinasan-a? — so'radi biroz qizishib olganlaridan so'ng O'rinboy aka. — Ja xushchaqchaq yigit eding, latifagayam to'n kiydirarding, nima bo'ldi, o'zi?
- Hayot shunday qilib qo'yarkan-da, aka. — dedi Mehmonali lablarini artib.
- Hayotga nima qipti? Kelin tuppa-tuzuk bo'lsa, oriyatli, menikiga o'xshab orqangdan soyaday ergashmasa, bo'lar-bo'lmasga janjal ko'tarmasa… Yana nima kerak senga? Mehmonalining manglayi tirishdi.
- Siz bilmaysiz-da! Darvozadan kirib borganingizda bolalaringiz yugurib chiqadi, to'g'rimi? Mening kimim chiqadi, aka? — kayfi osha boshlagan Mehmonalining ko'zlarida yosh g'iltilladi. — Besh yildan beri o'ylayverib ezilib ketdim-ku, aka! Yo'q! Men… Men bepusht ekanman!
- Qo'y, bo'lmag'ur gapni gapirma! — Mehmonaliningelkasiga qoqdi O'rinboy aka. — Xudoning karami keng. Do'xtirlar aytaveradi-da! Odamning ichiga kirib chiqibdimi o'shalar, valdirayveradi-da. Hammasi Xudodan.
- E, bormagan joyimiz, bosh urmagan toshimiz qolmadi, necha marta qon chiqardim, dam solingan suvlardan ixlos qilib ichdim. Qani? Foydasi yo'q-ku!
- Menga qara,etimxonadan bola asrab olsang-chi? —dedi O'rinboy aka. — Hoziretim kammi? Mehrga zor sho'rliklar, savob bo'ladi. Boqib katta qilsang farzand-da!
- Yo'q, men o'zimning bolam bo'lishini istayman. Yetimxonadagi bolalar aqlini tanib qolgan, kimning kimligini baloday ajratadi.
- Unda… Tug'ruqxonaga bor. Eshitishimcha, bir xil ayollar tug'ib, bolasini sotib ketisharmish.
- Aka, tushunsangiz-chi, — zorlandi Mehmonali, — Pushti kamarimdan bo'lganigaetarmidi, axir!? Bir kun meni ko'rolmaydiganlar asrandi farzandimga bor gapni aytib qo'ysa, nima bo'ladi? Seni sotib olganman, deb qanday aytaman?
- Sen aytma, — qo'lini siltadi O'rinboy aka. — Odamlar gapiraveradi-da! Elning og'ziga elak tutasanmi?
- Yo'q, baribir… bo'lmaydi. O'zimning bolam boshqacha… Boshqacha… O'rinboy akaga kamlik qildimi, yo badani qizidimi, harqalay, Mehmonalini qo'yarda-qo'ymay qayta do'konga sudradi… Ular tarqalishganda tun yarmidan oqqandi.
***
Tong otganda Mehmonali to'shakda bir zambil loyday sulaygancha yotar, boshi tars yorilgudek azob berar, biroq shu ahvolidayam miyasida O'rinboy akaning aytgan gaplari tinimsiz aylanar, o'ylagani sayin hamshishasiga

1 2 3 ... 5 »

#Boshqalar#104#korgan
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика