#

Ziqnalikning badali

U o'zini tadbirli deb bilardi. Ayniqsa, pul ushlash masalasida uquvi baland odamlar safida ko'rardi o'zini. U doimo davlatmand va e'tiborli bo'lishni orzu qilar va pulni behudaga sovurmasdi. Pulga bepisand va sovuqqon odamlarni u doimo Xudoning yerdagi baxtsiz va ahmoq bandalari deb hisoblar, unday odamlarga e'tibori ham, e'timodi ham mutlaqo yo'q edi. U chorvadorlikni yoshligidan yaxshi ko'rardi va bu ish boyishning eng qulay usuli deb tushunardi. Uning qo'ylari bor edi. Qo'ylari yildan yil ko'payib borardi. Bundan u behad shodlanar va o'zini davlati ortib borayotgan inson sanardi. Uning xotini va uch o'g'li bor edi. U shunchalik tejamkor ediki, o'g'illarining usti hech qachon yangi kiyim ko'rmasdi. Kichik o'g'il o'zidan kattasining kiyimini, o'rtanchasi akasining kiyimini kiyishga majbur edi. Xullas, to'ng'ich o'g'il uchun olib berilgan ust-bosh va hatto poyabzal ham har uchalasi uchun olib berilgan hisoblanardi. Un saqlanadigan sandiqqa mudom qulf osilgan bo'lardi. Sandiqning kaliti doimo cho'ntagida bo'lib, ro'zg'orda non yopiladigan kun xotiniga unni o'z rasamadi bilan berar, qish qattiq kelgan yoki bahor seryog'in kelmay g'alla kam bo'lgan yillari, ayniqsa, unning sarfiga qattiq e'tibor berardi. U ro'zg'or uchun ishlatiladigan yog' idishiga deyarli har kun tikilar, garchi yog'ni o'zi o'lchab berayotgan bo'lsa ham, negadir, juda tez kamayib ketayotgani uning tinkasini quritar va o'ylovini oshirar edi. Go'sht yeyish va go'shtni ro'zg'orga keltirish doimo yetarli mashmashaga sabab bo'lardi. U har zamonda bir olib keladigan kalla go'shtini ming minnat bilan pisanda qilar, go'shtni haddan tashqari ko'p yeyilayotganidan, uning zarari va insonga ozori haqida gapirardi. Uning keng hovlida yakka-yolg'iz qolib ketishiga ham aynan ana shu masala sabab bo'lgan edi. Uning o'n va o'n ikki yashar ikki o'g'li dashtda yantoq chopardi. Ular go'shtli taomni juda sog'inishganini va go'shtli taom og'izga juda xush yoqishini onasiga aytishdi. Ular yana onasiga o'zlari chopgan yantoqdan ozrog'ini bir xaridorga sotsa bo'lishini, puliga go'sht sotib olish mumkinligini ham aytishdi. Ona bu taklifga ko'ndi. Ertasi u bolalari olib kelgan pulni olib uydan o'n chaqirim uzoqlikdagi bozorga qarab ketdi. Ota bu gapni eshitgach, bunaqa chiqim sodir bo'lganidan ko'z oldi tinib ketdi va:
- Nonko'r, muttahamlar! — deya hayqirdi. — Meni xonavayron qilishga bel bog'ladinglarmi?!
- Kimdan olgan bo'lsang, qaytarib ber va dashtdan qaytgunimga qadar menga pulni tezlik bilan yetkaz! Shu gaplarni aytgach u jahl bilan qo'ylarni o'tloqqa haydab ketdi. U qo'ylarni adirga yoyib, dam olish uchun yonboshladi. Shu payt quyiroqda yantoq panasida yotgan ona-bola qo'ylarga ko'zi tushdi. U sapchib o'rnidan turib ketdi va atrofga betoqat alangladi. Tog' etagida o'tlayotgan suruvni ko'rdi. U o'zining qo'ylarini haligi sovliq tomon shoshilib haydadi. Yotgan qo'y hurkib turib ketdi, keyin bir dam yotsirab turdi-da, uning qo'ylariga qo'shildi. U qo'ylarini narigi adirga haydayotgandi. Soylikning u betidan bir o'spirinning o'ziga tomon kelayotganini ko'rdi va toqatsizlandi. Soylik xiyla keng, ikki tomoni uzun adirga tutashib ketgandi. O'spirin o'sha tomondan qichqirdi:
- Amaki, qo'yingizga begona qo'y qo'shilmadimi mabodo?!
- Yo'q! — u qat'iy javob berdi. — Pastlikka qara, u yerda qo'ylar ko'p.
- Xo'jayinimga nima deyman endi… — o'spirinning tovushi titrab ketdi va pastlikka tomon chopdi. U haligi qo'shib olgan qo'y va qo'zini Yaratganning inoyati va bolalarining shakkokligi evaziga berilgan marhamat, deb tushundi. U qo'ylarini o'tlatib, kunni peshin qilishga sabri chidamadi va uyiga qarab haydadi. U o'spirinni uzoqdan ko'rdi. O'spirin unga teskari tomonga qarab halloslab ketib borardi… U kelganida uy kimsasiz edi. Tokchada bir kilogramm go'shtga yetadigan pul yotardi. Oldiniga u «Ketishsa ketishsin, qorni och qolsa, albatta, qaytib kelishadi», deya xayol qildi. Biroq u o'ylaganday bo'lmadi va o'zining xato qilganini tushundi. Shu bo'ldi-yu, oilasidagilar ortiq uni so'rab kelishmadi. U g'amlagan oziq endi bir o'zi qishdan chiqishi uchun bemalol yetardi. Ro'zg'orga aralashaverib, non yopish va ovqat qilish kabi ishlarga o'rganib qolganidan bu ishni bemalol qila olardi. Dashtdan qaytgach ovqat tayyorlashga kirishar, ovqatga suvni mo'l solar va bu qorin to'yishi uchun sovuq va salqin kunlarda uch kun va undan ortiqqa ham yetardi. Endi u ovqatga ozroq bo'lsa ham, go'sht solishga majbur bo'lardi. Ovqatning suvi bu qadar ko'pligidan unga oz bo'lsa ham go'sht solinmasa, aslo yeyishning imkoni bo'lmas va ovqat ko'proq taom ta'midan ko'ra, yuvindiga o'xshab qolardi. U xo'jaligini yuritish uchun, baribir, o'zining avaylab-asraydigan qo'ylaridan birini sotishga majbur bo'lardi. Har safar ham bu majburiyat uning vujudini

1 2 »

#Boshqalar#550
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика