#

Boylikka boy berilgan tarbiya

Omadi kelgan inson beixtiyor hayot faqat mana shunday quvonch va shodlikdan iborat deb o'ylarkan. Siroj aka ham shunday xayolda ko'p vaqtini o'tkazib yubordi. Mana, endi u o'tgan umrini sarhisob qilib, xatolardan vijdoni qiynaladi. Ammo endi kech. Vaqtni ortga qaytarib bo'lmaydi.
***
Bundan besh yil avval Sirojning uyi yonida kattagina do'koni, bozorda savdo rastasi bor edi. Shunga yarasha topish-tutishi ham ko'ngildagidek, ko'cha-ko'yda kimga duch kelmasin, hamma Siroj bilan qo'lini ko'ksiga qo'yib ko'rishardi. Ayni sababdan ham yigit dunyoni faqat baxtdan iborat, deb hisoblardi. Baxtsizlar va omadi yurishmaganlar haqida o'ylaganida esa buning barchasiga ularning o'zi aybdor derdi. Oshig'i olchi bo'lgan damlarda Sirojning do'stlari ham ko'p edi. Ular bilan tez-tez choyxonada yig'ilishib, tongotargacha gurung qilar va bu yig'inlarning tashabbuskori ham, homiysi ham Siroj edi. Ammo bu yig'inga keladiganlarning ko'pchiligini Siroj tanimas, ular do'stlarining do'stlari bo'lardi. Shu sababli ham atrofdagi tanish-notanish u bilan so'rashguday bo'lsa, ajablanmasdi. Siroj ularni o'sha yig'inlarda qatnashganlardan birortasi deb o'ylardi. Qaysidir kuni bozorda savdo qilayotgan edi, xaridorlardan biri kelib, quyuq salom-alik qildi. So'ng:
- Meni tanimadingiz, a? — deb so'radi. Siroj uni qaerda va qachon ko'rganini eslashga urindi, lekin yodiga tushmadi va:
- Uzr, eslay olmadim, — dedi.
- Bu tabiiy, sizning tanishlaringiz, ulfatlaringiz ko'p, — dedi boyagi kimsa kinoya ohangida. Bunday munosabatga o'rganmagani uchun Siroj birdan jiddiy tortdi. Notanish kishi esa:
- Bir safar ulfatlaringiz safiga qo'shilib qolganman, — dedi. — Ancha vaqtgacha sizni kuzatib o'tirdim. Ochig'i, bunday yig'inlarda uzoq qololmayman. Menga yoqmaydi. Lekin o'sha kuni sizni va do'stlaringizni kuzatish uchun ataylab ketmadim. Bilasizmi, qanday xulosaga keldim? Siz saxiy insonsiz. Ammo yaxshi va yomonning farqiga bormaysiz. Atrofingizda do'stdan ko'ra dushmanlaringiz ko'p ekan. Bu gap Sirojga qanchalik og'ir botmasin, o'zini qo'lga olishi shart edi. Shu sabab bosiqlik bilan:
- Maqsadga o'ting, — dedi. Notanish kishi shunday gap eshitishini bilgan, shekilli, bu munosabatdan sira ajablanmadi va:
- Do'st tanlashda adashmang! Gapim shu. Choyxonadagi ulfatlar esa qo'lingizdagi davlatingizga do'st, sizga emas, — dedi-yu, nari ketdi. Siroj uning ortidan qarab qolaverdi. O'shandan so'ng bir haftacha notanish kishining gaplarini eslab, o'ylanib yurdi. Ammo keyin butkul esidan chiqardi.
***
Siroj kuni bilan ishda yurib, uyga kech kelar, bu paytda bolalari allaqachon uxlab qolgan bo'lardi. Sirojni faqat onasi yarim tunda kutib olar, tongda esa duo qilib kuzatib qo'yardi. Qaysidir kuni onasi:
- O'g'lim, bir kuni ishingni yig'ishtirib, uyda dam ol. Bolalaringning holini so'ra. Ularning tarbiyasi bilan qiziqmaysanmi? — dedi. O'sha vaqtda Sirojning bunday gapga toqati yo'q edi. Indamay o'rnidan turdi-da, va eshikdan chiqayotib, onasiga qaradi. Onasining ko'zida mung bor edi. Buni ko'rgan Sirojning ko'nglini g'alati his chulg'adi. Shu payt qo'l telefoni jiringlab, diqqati bo'lindi. Yana ishiga shoshildi. Vaqt o'tishi bilan onasining o'sha kungi holatini ham unutdi. Oradan bir muncha vaqt o'tib, Siroj uchun hech kutilmagan voqea sodir bo'ldi. Sog'-omon yurgan onasi bir kechada bandalikni bajo keltirdi. Onasining vafoti Siroj uchun yozda chaqmoq chaqqanday va qaysidir ma'noda omadsizlik eshigi bo'ldi. Sirojning ishlari orqaga qarab keta boshladi. Ko'p o'tmay bozordagi rastasidan ayrildi. Tirikchiligi uyi yonidagi do'kon bo'lib qoldi. Endi Sirojning ko'p vaqti uyda o'tardi. Xotini ikkisi hovliga qamalib qolgach, shu vaqtgacha keksa onasining tarbiyasida bo'lgan bolalarini endi qaytadan taniy boshladi. Bolalar buvisining gapiga kirmay, ota-onasi yo'qligidan foydalanib, o'z bilganicha yashab o'rganishgan edi. Siroj farzandlarining yurish-turishini, oilada o'zini tutishini ko'rib, taajjubda edi. Ular ota-onasining ham yo'rig'iga yurmas, istaganicha ish tutishardi. Siroj bolalariga qanchalik qattiqqo'l bo'lishga urinmasin, bari behuda edi. Shu paytgacha u bolalari nimani istasa, indamay pul berib qutulardi. Xullas, omadsizlikning o'zi kamlik qilganday, oilaviy mojarolar ham kuchaydi. Bu vaqtga kelib Sirojni hurmat qiladigan, uni har kuni yo'qlaydigan ulfatlar safi ham ancha toraydi. Qaysidir kuni do'konda savdo qilib o'tirgan edi. Maktab direktori kelib, u bilan salomlashdi. So'ng hech kutilmaganda:
- Sirojboy, gaplarim og'ir botsa uzr. Lekin bola boqish do'konda savdo qilib, pul topishdan iborat emas, — dedi. Siroj bu gapdan g'alati ahvolga tushdi. Nima deb javob qaytarishni bilmay:
- Tinchlikmi? — deya oldi zo'rg'a.
- Tinchlik bo'lsa, sizga bunday gap aytmasdim. O'g'lingiz Zafar maktabda odam ajratadi. Qaerda qitmirlik bo'lsa, urish-janjal chiqsa, tepasida turadi. Bularning bariga ko'z yumib chidadik. Lekin kechagi ishi hammasidan

1 2 »

#Boshqalar#581#boylikka#tarbiya
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика