#

Qotillikni fosh qilganalla

Men mahallamdagi uch-to'rt nafar yigitga qo'shilib, oxirini o'ylamay Qozog'istonga yo'l oldim. U yerda qurilishda ishlaydigan bo'ldik. Otam qarorimga qarshi chiqsa ham, katta pul topish ishtiyoqi xayolimdan sira ketmasdi. Mahalladoshlarim har yili yoz keldi degandan u yoqqa ishlashga ketishar, har mavsumda almashib mo'maygina pul ishlashardi. Chegaradan o'tib, Taraz degan joyga yo'nalishimiz kerak edi. Biroq chegaradan o'tgach, yo'lovchi mashinaga bitta men sig'madim. Hamrohlarim manzilni tushuntirib, o'zlari juftakni rostlashdi. Men yarim soatcha boshqa taksi to'lishini kutib o'tirdim. Atrofda begona odamlar, o'zgacha qarashlar, xuddi boshqa bir sayyoraga kelib qolganga o'xshayman. Negadir ular shoshib, baland ovozda gapirishar, tovushdagi qo'rs ohang esa «Bu yerlarda nima qilib adashib yuribsan?» deya dag'dag'a qilayotganga o'xshardi. Mashina keng dala bo'ylab keta boshladi. Ichimda «Sheriklarimni topa olamanmi?» degan hadik bor, vujudimda esa tushunarsiz titroqlar aks etib turardi. Qaysidir dalaning qoq o'rtasiga yetganimizda, mashina buzilib qoldi. Yaratgan ham mening begona joylarga borishimga qarshidek, xonadonimda otamni norozi qilib chiqqanim esimga kelib, yana bir bor hadiklanib oldim. Yonimdagi yo'lovchilar yordamchi kuchni kutmoqchiligini aytishdi. Men esa otlanmasam bo'lmasdi. Manzilim tomon taxminiy mo'ljalni so'rab, yo'l xaltamni orqaladim-da, yurishni boshladim. Uch soat deganda tomog'im suvsizlikdan qaqradi. Aksiga olib biyday kenglikda bir zog' ko'rinmasdi. Quyuq daraxtzor ichidan o'tayotib, notanish uyga ko'zim tushdi. Shodlanib o'sha tomonga yugurdim. Bu uyda yoshi o'ttizlardan oshgan er-xotin yasharkan. Erning negadir qarashlari bejo. Gapirganda ruscha so'zlarni qo'shar, ko'zlari qinidan chiqqudek bo'lib boqardi. Ayol ham boshqalarga o'xshamas, o'tkir nigohi, qalin tirnoqlari, yo'g'on bo'yni qishloq egachilariga xos bo'lib,juda kamgap, sal odamoviroq tuyuldi menga. Bu g'alati insonlar uyida mehmon bo'lish menga umuman yoqmasa ham, shu yerda qolishdan o'zga choram yo'q edi. Asta-sekin quyosh bota boshladi. Uy bekasi biz o'zbeklardek mehmondo'st bo'lmasa-da, biroq das­turxonga turli yeguliklarni qo'ydi. Birgalashib choy ichdik. Negadir vahimali shom tushdi. Menimcha, u yerning tabiati menga notanish bo'lgani uchun ham shunday tuyuldi. Boyagi daraxtlar endi xuddi odamning ustiga bostirib kelayotgandek qo'rqinchli va yanada bahaybat ko'rina boshladi. Aldiyar (uy egasining ismi) meni xonamga kuzatib qo'ydi.
- Faqat tunda ko'chaga chiqish bo'lmasin. Daraxtzor tarafda yovvoyi hayvonlar bor. Men mezbonning nega bunday deganini fahmlagandek bo'ldim. Begona joyda adashib qolmasin yoki yovvoyilarga yem bo'lmasin demoqchi. Aldiyar xonadan chiqarkan, borar manzilimni bilishini, ertaga yo'lni tushuntirib yuborishini aytdi. Sarosimada qolgan yuragim biroz taskin topgandek bo'ldi. Torgina xonaga joylashdim. Toliqqanimdan tezda ko'zimga uyqu keldi. Yarim tun, yulduzlar osmonga yoyilgan mahal. Bir payt qaerdandir alla eshitildi. Bu ovoz shunchalar mungli, dardli ediki, go'yo mehribon ona uxlashga emas, jon berayotgan go'dagini allalayotganga o'xshardi. Avvaliga quloq solib yotdim, so'ng birdan miyamga uy egalarining chaqalog'i bor ekan-da, degan fikr keldi. Ilkis o'rnimdan qo'zg'aldim. Alla tovushi negadir boya men tanishgan uy egasi — baquvvat ayolning tovushiga hech o'xshamas, uning ohang to'lqinlari har qanday qalbni titratgudek dardli chiqardi. Yuragim siqilib, boshqa chidolmadim. Sekin eshikni ochib, alangladim. Qorong'u yo'lak oxiridagi kichkina yog'och eshik ortidan kelayotgan alla ovoziga quloq tutdim. Atrof jim, ohang ostida yog'och beshikning dam-badam g'irchillashi eshitilardi. Sal o'tib, g'amli alla tindi. Butun uyni sukunat egalladi. Xonam eshigi oldiga qaytganimda, o'sha eshik ortidan yana yig'i ovozi eshitildi. Bu yig'i chaqaloqning emas, alla aytayotgan onaning ovozi edi. Hayron bo'ldim-u, tezda xonamga kirdim. Vujudimda tushunarsiz vahima. Shu payt ko'cha tarafdan ayol kishining kulgisi eshitildi. Derazadan qarasam, uy egalari hovli chetidagi yog'och stolda ichib o'tirishardi. Aldiyar xotini Izani quchib, unga allanimlarni shivirlar, Iza esa bunga erkalanib kulardi. Bu ovoz hozirgina men eshitgan nolaga sira o'xshamas, ko'nglim bu yerda qandaydir sir yashiringanini sezardi. Aldiyar Iza bilan xonasiga kirib ketdi. Men esa cheksiz savollar iskanjasida qoldim. Tong otdi. Nonushta mahali kutilmaganda Aldiyar menga yaxshi taklif aytdi.
- Agar shu yerda qolib, menga uyimni ta'mirlashda yordam bersang, sen ishlamoqchi bo'lgan pullaringni beraman.
- Yaxshi taklif, ammo sheriklarim meni kutishsa-chi?
- Xavotir olma, ko'cha to'la ishchi, boshqasini topishadi. Istasang, ketaver. Bu taklifdan so'ng qolgim keldi. Chunki tabiatan qiziquvchanligim sabab yuragim kechagi jumboqning tagiga yetishimni istardi. Nihoyat, Aldiyar ikkimiz ishga kirishdik. Avvaliga beton quyish uchun joyni tayyorlab, keyin tosh terdik. Aldiyar uyning kunchiqar tarafini buzishini aytdi. Qarasam, bu o'sha

1 2 3 »

#Boshqalar#209
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика