#

Onalikning baxtli bekati

Elmira odatdagidek ishiga oshiqdi. Bugun yana kechikyapti. Oxirgi paytlarda uning hech narsaga qiziqishi qolmagan. Hamma narsa ko'ziga rangsizdek ko'rinar, turmushining hali yangi oylarini yashayotgan bo'lsa-da, uni bu narsa xursand qilolmasdi. Ana shunday hardamxayollikda turgan Elmira ishxonasining oldidan o'tadigan shu yo'nalishdagi transport kelib to'xtaganini ham sezmadi. U bilan bir bekatda turganlar ulovga chiqa boshlashganida ayol marshrutka allaqachon kelganini angladi. Ammo u yo'lda ketayotib ham marshrutka oynasidan ko'chaga termulgancha kechagi voqea haqida o'ylardi. Kecha yakshanba bo'lgani uchun ham ko'pchilik qarindoshlar bir-bir telefon qilib chiqishdi. Hammasining topib olgan gapi shu: «Yangilik yo'qmi, hali bo'yingizda bo'lmadimi?». Elmira «Sizlarga nima, so'rayverasizmi endi? Agar shunday quvonchli xabar bo'lganida o'zim hammangizga aytmasmidim. Men nima qilay, shifokorlar biroz davolanishimni va bu yaqin ikki-uch yilda farzandli bo'la olmasligimni aytgan bo'lsa», deya xayolidan o'tkazar, lekin buni ovoz chiqarib ayta olish uchun o'zida kuch, jur'at topa olmasdi. «Bundan keyin yakshanba kunlari telefonimni o'chirib qo'yaman, shunda ularning yurakni ezadigan bunday savollaridan ham xalos bo'larman, balki. Har holda men har kuni ishda bo'lishimni bilishgani uchun ham boshqa kunlari telefon qilishmaydi. Qaniydi, shifokorlarning barcha gaplari yolg'on bo'lib chiqsa…» Elmiraning ko'zidan yosh tomchiladi. Ichini xuddi nimadir tirnab, qalbini ezib ketadigandek edi. U mashaqqatlar bilan to'qigan to'rini kuchli shamol bir zumda uchirib ketgan o'rgimchakka o'xshardi. Chunki to'ri bo'lmasa, o'rgimchak uchun hayot yo'q. Elmira ham qalbidagi maskani vayron bo'lganidan alamzada edi. U boshqalar yig'laganimni ko'rmadimikin, deb hammaga bir-bir qarab qo'ydi. So'ng yana xayollari ko'rpasiga o'ranib oldi. Bu xayollar shunchalik beshafqat ediki, uning to'riga ilinish oson, ammo undan qutulish azobning o'zginasi. Uyi ishxonasidan ancha uzoq, shuning uchun haligacha yetib bormadi. Elmira tabiatan nozik, transportda uzoq yurolmaydi, ko'ngli behuzur bo'ladi. Avvallari-ku ko'ngli yomon bo'lib qayt qilardi, har tugul avtobusda yuraverib, hozir ancha ko'nikkan. Ammo tiqilinchda, bo'g'iq havoda hozir uning nafasi siqa boshladi. Qahraton qishning achchiq sovug'idan qo'rqib, o'rab olgan sharfini bo'ynidan yulqib oldi. To'g'risida o'tirgan ayol unga zimdan qarayotganini sezsa ham parvo qilmadi. Ko'z oldi qorong'ilashib, ko'ngli ayniy boshladi.
- Singlim, ushlang, mana bu qurtni oling, ancha bosadi, yeb oling, — dedi haligi ayol Elmiraga jilmaygancha qarab. Elmira bir o'sha ayolga, bir uning qo'lidagi qurtga qaradi.
- Rahmat, shart emas…
- Nega unday deysiz, qani oling, xijolat bo'lmang. O'zi bu davrda hammada shunaqa bo'ladi, — dedi haligi ayol. Uning nimaga sha'ma qilayotganini Elmira darrov tushunmadi. Keyin esa ayolning qo'lidagi nikoh uzukka qarab turganini ko'rdi. Bu paytga kelib yo'lovchilar bir-bir o'z manzillarida tushib qolayotgan, odam ancha siyraklashgan edi. Elmira ham qurtni yeganidan so'ng o'zini biroz yaxshi his eta boshladi.
- Homiladormisiz deyman, singlim? Haligi ayolning to'satdan bergan savoli Elmirani cho'chitib yubordi. U dabdurustdan «Ha» deb javob qaytarganini bilmay qoldi.
- Unda o'zingizni ehtiyot qilishingiz kerak. Sumkangizda doim biror narsa olib yuring. Ilohim, bolangizni eson-omon qo'lingizga oling, singlim.
- Rahmat, — dedi Elmira zo'rg'a. Boshqalar ham ularning suhbatiga quloq solishayotgandi go'yo. Ularga yonma-yon o'tirgan ayol gapga aralashdi.
- Ha, bir shifokor ko'rigidan o'ting. Har holda ko'nglingiz xotirjam bo'ladi.
- Xo'p bo'ladi, — dedi Elmira bu ayolning ham savoliga javoban. Unga qurt tutqazgan ayol hanuz Elmiraga o'zgacha tabassum bilan qarab turardi. Elmira ularning bunday munosabatlaridan so'ng o'zini haqiqatan farzand kutayotgandek ko'rsatishga urinayotgandi. Yolg'oni sezilib qolishidan biroz cho'chiyotgandi ham. Elmira negadir bugun kun bo'yi o'zini yaxshi his qildi. Ayniqsa, marshrutkadagi ayollarning gapini eslaganida o'z-o'zidan yuzida tabassum paydo bo'lardi. Go'yoki bularning hammasi rostdek tuyilayotgandi unga. O'zida hammasini his qilgisi kelar, hatto ich-ichidan buning yolg'onligini payqab tursa-da, tan olgisi kelmasdi. Buning hammasi haqiqatan ro'y berishini istayotgani uchun ham allaqachon o'zida tasavvur etib ulgurgandi… U kechki payt eriga bo'lgan voqeani aytib berarkan, ayolning gaplarida so'lg'inlik bor edi.
- Hmm, mayli, bugun shunday o'ylashgan bo'lsa, keyinchalik bu haqiqatga aylanadi. Buning uchun sen hadeb siqilavermasdan, xursand bo'lib yurishing kerak, xo'pmi? Elmira indamadi. U erining doim takrorlaydigan ana shu so'zlaridan kuch olib yashayotgandi, aslida. Kunlar shu zaylda o'tar, hayot har kuni xuddi bir kuyni chalayotganga, bitta qo'shiqni qayta-qayta kuylayotganga

1 2 »

#Boshqalar#55#baxtli
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика