#

Restoranda boshlangan adovat

— Yakshanba kuni fotiha, Guli. Yuragim hapqirib ketyapti. Taqdir deganlari shumikin? O'zini ko'rmay, bir og'iz gaplashmay, rozilik berib o'tiribman-a? Sadaf shuday deb dugonasi Gulrangning yelkasiga bosh qo'ydi. Ammo uning ovozida hadik, xavotir yo'q edi.
- Odam ham o'zining taqdiriga shunaqa beparvo bo'ladimi? Ibrat xolam: «Yigit chetda ishlayotgan ekan, ham o'qirkan. «Sadafni yaxshi taniyman, o'zim rozi bo'lib, o'zim xohlab, onamni unikiga sovchi qilib yuboryapman», debdi. Rasmini ko'rdik, binoyidek yigit ekan. Sadaf ham bu gal injiqlik qilmay rozi bo'ldi, shunday qilib, fotiha, yozda to'y», — desa, og'zim ochilib qolibdi. Uchrashuvga chiqqanida botinkasining ipidan tortib, sochining rangigacha tekshiradigan, so'ng yotib olib bir hafta o'ylanadigan Sadafmi shu, deb hayron qoldim, — dedi Gulrang. Sadaf kulimsiradi:
- O'zim ham o'zimga hayronman. Tag'in chetda ishlayotgani bilan hali men xohlagan yigit emas ekan. Dadasi mohir oshpaz bo'lgan ekan. Badavlat odamlarga xizmat qilgan ekan. Xo'jayinlarining dushmanlari zaharlab qo'ygan taomdan yeb, vafot etgan ekan. Adam: «Surishtirdim. Bo'lajak kuyovimizning dadasi taomni nafsi hakalak otganidan yemagan, balki, taomning rangiga qarab, ko'ngliga shubha tushib, xo'jayiniga berishdan avval totib ko'rgan ekan. «Emang, zaharlangan», deyishga ulguribdi. Shunaqayam kuchli zaharlar bo'larkan-da… Bu qabihlikni qilganlar jazosini olishibdi. Oshpazning sodiqligi uchun xo'jayinlari hanuz bu oilaga yordam berib turarkan. Xullas, yaxshi oiladan chiqqan», dedi. Onasi, singlisi hamshira ekan… Sadaf o'rtog'ining ko'ziga termildi, undan bir qo'llovchi ifoda kutgandek bo'ldi. Lekin Gulrang indamay, bosh chayqadi. So'ng:
- Rasmini ko'rsatarsan, — dedi.
- Albatta, — dedi Sadaf va sakrab o'rnidan turib, noutbukini ochdi. Tugmachalarini bir-ikki bosgandi, bir yigitning rasmi ko'rindi. U ko'zoynak taqqan, uzun plashchda bo'lib, yelkasiga sumka osib olgandi.
- Xo'sh, qalay? — dedi Sadaf bir ko'zini qisib, rasmga goh uzoq, goh yaqindan qarab ko'rayotgan Gulrangga.
- Chakkimas. Ko'zidagi ko'zoynagini olsa-yu… Yoqqan-yoqmaganligini o'shanda aniq aytsa bo'ladi, — dedi Gulrang. — Ko'zoynaksiz tushgan rasmi yo'qmi?
- Bo'lib qolar, — dedi Sadaf. — Guli, chin dildan ayt, ko'ngling nima deyapti? Shu yigit bilan baxtli bo'lib ketarmikinman?
- Uni qaerdadir ko'rgandekman… — dedi Gulrang va o'rtog'ining yuzi o'zgarganini ko'rib, qo'shib qo'ydi. — Balki, kimgadir o'xshatganim uchun shunaqa tuyulayotgandir…
***
— Kuyov ishtirokisiz ham fotiha to'yi bo'larkanmi?
- Bo'larkan-da. Mana, Sadaf bilan Baxtiyorning fotiha to'yi bo'ldi-ku. O'rtada dasturxon, tog'ora, sarpo-suruq borib kelaverdi. «O'zbekchilikda unashtirish bilan fotihani xotin-xalajlar hal qiladi. Kelin-kuyov to'yda o'tirib bersa bo'ldi», degan gaplar to'g'ri ekan-da… Bu tarzdagi gaplar Sadafning atrofida aylanib yurardi. Qilingan sarpolardan ko'ngli to'lgan, ammo Baxtiyorning o'zidan internet orqali bir og'iz gap kelmaganiga ba'zan hayron bo'lardi qizgina.
- Baxtiyorga qilingan sarpolarni yubordik. Juda xursand bo'ldi. Hammasi o'ziga qolipdek mos tushdi. Rahmat, dedi…
- Baxtiyorga Sadafning fotiha sarpolarini kiyib tushgan suratlarini jo'natdik. «Parizod bo'lib ketibdi», dedi… Sadaf bunday gaplarni eshitganda ko'ngli sal yorishar, lekin: «Nega o'zi men bilan internet orqali bo'lsa-da gaplashmaydi? Balki, to'y oqshomida, yo'q, undan bir oy avval rasmiy nikohdan o'tish uchun ariza berganimizda butunlay «ochilmagan qo'riq»ni kashf etishni istayaptimi? Axir «Hozirgi yoshlar syurpriz qilishni yaxshi ko'radi», degan gapni kunda-kunora eshitamiz-ku. Balki, mening sabrimni sinamoqchidir». Sadaf shunday goh og'ir, goh yengil xayollar bilan o'zicha to'yga tayyorlanarkan, ba'zan bu savollar zalvoridan toliqib ketgandek bo'lardi. Birdan… Ehtimol, «Falonchining qizi pismadonchining o'g'liga unashtirilibdi», degan gapni ularning besh-oltita qarindoshi yo uch-to'rtta qo'shnisi eshitar, lekin «Fotihasi buzilibdi», degan gapni shu atrofdagi teshik quloq borki, hammasi eshitadi. Avval bu qaytish — iztirobli qaytish Sadafga kuyovning navbatdagi g'ayritabiiy odatidek tuyuldi.
- Kuyov: «Fotiha to'y emas, fotihani qaytaringlar, ota-onasidan uzr so'ranglar… Sadaf bilan men o'zim gaplashaman», deganmish, — deya onasi yig'lab yoniga kirganida qiz avval bir sapchidi.
- Adangning rosa xunobi chiq-yapti. «Yaramas bolani nima qilsam qilaman, yurtga qadam bosmaydigan qilmasam, Kamol otimni boshqa qo'yaman», deyapti. «Qizingdan so'ra-chi, oralaridan nima gap o'tdi ekan?» deyapti adang… Sadaf birpas karaxt bo'lib o'tirdi-da:
- Bilmayman, hech narsani

1 2 3 4 »

#Boshqalar#263
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика