#

Kelinlari taqdirini o'yin qilgan qaynona

Bu hikoya — yuragimni tinimsiz tirnab yurgan dard mahsuli. Ilgari bu haqda kimgadir gapirish men uchun erish tuyulardi. Chunki o'zimga yetguncha g'ururli ayolman. Ammo hayot buyuk tarbiyachi ekan. Boshqalardan ming karra ustunroqman, deganlarni ham o'z sinovlari bilan egib olarkan. Men o'tgan asrda, ateistlar zamonida tarbiya ko'rgan odamman, shuning uchun hamma o'z hayotini o'zi izga soladi, taqdirini ham har kim o'zi yaratadi, deb o'ylardim. «Peshonaga bitilgani bo'ladi», degan gapga umuman ishonmasdim. Bir umr shu aqidaga amal qilib yashadim. Ikki o'g'lim, bir qizimga ham mana shu ishonchni singdirdim. Qizim va o'g'illarim o'zlari yoqtirib, turmush qurishdi. Katta o'g'lim bilan qizimdan ko'nglim tinch. Ammo kenjatoyimning hayotida haligacha halovat yo'q. Avvaliga hammasi yaxshi edi. O'g'lim institutda o'qib yurganida bir qizni yoqtirib qolgan ekan. Bu haqda eshitib, uni o'z ko'zim bilan ko'rish uchun poytaxtga otlandim. Qiz juda chiroyli, odobli, aqlli va eng muhimi, ziyoli oilaning farzandi edi. Shunday ajoyib qizni topgani uchun o'g'limdan xursand bo'ldim. Oxirgi bosqichda o'qiyotganida qizning uyiga sovchilikka bordim. Ota-onasi avvaliga uzoqqa bermaymiz, deb rosa tixirlik qilishdi. Lekin bir amallab ularni ko'ndirdim. Hamma rasm-rusumlarni risoladagidek o'tkazdik. To'y kunini aniqladik. Bu orada arzimas bir ko'ngilsiz voqea sodir bo'ldi. To'yga uch kun qolganda qizi tushmagur baland poshnali tuflida metroga tushayotib, qoqilib yiqilibdi-yu, oyog'i jarohatlanibdi. Uni tekshirgan shifokorlar «Zarari yo'q, tezda o'tib ketadi», deyishibdi. Oyog'ini gipslab qo'ymoqchi bo'lishganida o'g'lim «Uch kundan keyin gipsli oyoqda kelin ko'ylak kiyasizmi?» deb ko'nmabdi. Og'riq kamroq ekanmi, kelinim ham bunga rozi bo'la qolibdi. To'y o'tdi. Kelinim salgina oqsoqlanib qoldi. Oradan bir yil o'tsa ham, uning yurishi tekislanmasdi. Shifokorlarga ko'rsatdik. O'shanda oyog'idagi barmog'ining suyagi singan va qiyshiq bitgan ekan. «Endi suyakni boshqatdan sindirib, to'g'rilash mumkin», dedi shifokor. Qudalarim bunga rozilik berishmadi. Ustiga-ustak, Nafosat og'iroyoq edi. O'zi shifokorlikka o'qigani uchun agar hozir operatsiya qildirsak, tanamdagi kalsiy suyagimni tiklashga sarf bo'ladi, bolam nimjon tug'ilishi mumkin, deb turib oldi. Nabiram tug'ilgach esa bola bilan o'ralashib, operatsiyani unutdi. Oqsoqligi haqida gap ochsam, qudalarim «Yosh onani qiynamay qo'ya qolaylik», deyishdi. Mening esa ichimga chiroq yoqsa yorishmasdi. Kelinimga qaraganimda «Shunday ko'rkam, ishbilarmon bolam endi mana shu oqsoq xotin bilan yashaydimi?!» degan g'ashlik ich-etimni timdalardi. O'g'limning ishlari yurishgandan yurishib, tadbirkorligi rivojlanib, uyimizga pul oqib kelardi. Kelinim ikkovi ahil edi. O'g'lim xotinining cho'loqligini payqamayotgani esa g'ashimni keltirardi. Oxiri chidolmadim, har ikki gapimning birida «Xotining cho'loq», «Bunaqa oqsoq xotin bilan qachongacha yashaysan, ko'zingni ochsang-chi», «Shunday davlating bilan do'stu dushmanning davrasiga bir cho'loqni yetaklab borishga uyalmaysanmi?» deyaverib, kelinimdan o'g'limning ko'nglini sovutdim. Uch yil deganda kelishmovchiliklar boshlandi. O'g'lim xotinini kamsitib, otasining uyiga jo'natib yubordi. Qudalarim kelib, «Odam peshonasida borini ko'radi, ozgina sabr qiling. O'rtadagi bola yetim bo'lmasin, kerak bo'lsa operatsiya qildirib, qizimning oyog'ini to'g'rilatib beramiz», deb ko'p yalinishdi.
- Uning cho'loqligi hammaga ma'lum. Peshonasini bo'lsa, odam o'zi yaratadi. Olib ketaveringlar, — dedim qovog'imni uyub. — Bolamga to'rt muchasi sog', bekamu ko'st kelin topaman! «Jon oyijon, mayli, Suhrob akam boshqa ayolga uylanishiga ham roziman. Bolamni otasiz qoldirmang, meni haydamanglar», deb kelinim rosa bo'zladi. Quloq solmadim. «Yigit kishining xotini yo'lida, bolasi belida, lash-lushlaringizni yig'ib ketavering», deb turib oldim. Kelinim ham, nabiram ham achchiq-achchiq yig'lab, uyimizdan chiqib ketishdi. Ular ajrashishgach, o'g'limga Nafosatdan ham chiroyliroq kelin izlay boshladim. Ikki oy tinim bilmadim. Oxiri bir qiz ko'nglimga o'tirganday bo'ldi. «Bo'larkan-ku, kelinim bor desang degulik, qaddi raso, chiroyda tengi yo'q», deb o'yladim ich-ichimdan g'ururlanib. Ismi jismiga monand Go'zal. O'g'lim ham uni bir ko'rdi-yu, uylanishga rozi bo'ldi. Buni qarangki, bu kelinim oldingisidan ham farosatliroq edi. Har ikki gapining birida «Oyijon», deb ko'zimga mo'ltirab turardi. Tanish-bilishlarim esa: «Suhrob peshonasi yarqiragan yigit ekan, bu keliningiz ham chiroyda tengsiz-a», deyishardi havaslanib.
- Mendek onasi bor yigit xunuk xotin bilan yashasinmi? — deb g'ururlanardim. Ko'nglim joyiga tushgandi. «Indamasang, odamlar peshonasiga bitilgan taqdirga ishonib,

1 2 3 »

#Boshqalar#71
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика