#

MURDALAR “MALIKA”SI(real voqealarga asoslangan)…

… Dunyoni qizg'onma mendan, azizim, Bu dunyoda mening ham o'z aytar so'zim va o'zim sig'inar azizlarim bor. Qalbingni bosmasin shubha va so'roq, men boshqa manzilga tikkanman ko'zim, U sening kulbangdan juda ham yiroq… (qo'shiqdan)
***
Bu kecha Malika yomon tush ko'ribdi. Tushida qora mushuk unga tashlanib, hammayog'ini tirmalab tashlaganmish. Ammo hech qaeridan qon chiqmabdi. U bilagida kuchli og'riq tuyib ko'zlarini ochdi. Xayriyat, tush ekan. Uyqu orasida bilmay bir qo'lini boshi ostiga qo'yib olibdi. Shu qo'li uvishib, keyin igna sanchgan kabi jimirlab og'ribdi.
- Mushuk bo'lmay o'l, — deya yostiqdan boshini ko'tardi endigina o'n oltiga to'lgan Malika qayrilma qoshlarini chimirib. — Yuragimni yoray dedi-ya! Meni yig'latdi-ya tushimda! Qorang o'chsin! So'ngra u dast o'rnidan turdi-da, ko'zgu qarshisiga bordi. Oyni-da xijolatga qo'ygulik husniga o'zi ham bir muddat mahliyo bo'lgancha tek turib qoldi. Qalin va qayrilma qoshlarini o'zgacha havas ila qoqib-qoqib ko'rdi. Ohu ko'zlarini atayin yumib-yumib oldi. Bu mashg'ulot sabab bo'lib qalin, qaytarma lablariga tabassum yugurdi. Kayfiyati chog'landi. Tushdagi mushuk voqeasi miyasini tark etgandek picha yengil tortdi. «Qaniydi menam Mo''tabar opamday chiroyli kelin bo'lsam! — ko'nglidan o'tkazdi Malika husnidan ko'z uzolmay entikkancha. — Yonimda tog'ni tolqon qila oladigan kuyov jilmayib tursa! Unga suyana, ishona olsam! Axir, qaysi qiz yaxshi joylarga kelin bo'lishni xohlamaydi?! Opamning omadi borakan. Pochcham rosayam o'ziga munosib. Jiddiy, baland bo'yli, kamgap, kamsuqum, mag'rur ekan. Mo''tabar opam azaldan shunaqa yigitlarni berilib maqtardi. Ularga havas qilardi. Havas qilsa yetarkan. Ishqilib, baxtli bo'lishsin! Voy, esim qursin, bugun mehmonga kelishmoqchiydi-ku ular! Kechga tomon boramiz degandi opam. O'ziyam kuyov chaqiriqdan keyin uch oy o'tibdi-yu, endi kelishlari! Men nega turib qoldim? Tayyorgarligimni ko'rishim kerak-ku! Uf-f… Dadamminan oyim ham shu bugunni kutib turishganmi nima balo? Kelin-kuyovlar kelsa, to'yga ketishga balo bormidi ularga? Ko'plashib qarshi olardik! Mayli, bir o'zim ham kutib olaverman. Yosh bola emasman-ku! Xudo xohlasa, bugun tug'ilgan kunimni opam, pochchamminan birga nishonlayman. Qanday baxt! Hech qachon bunaqasi bo'lmagandi…» Malika kun bo'yi yelib-yugurib, uy ichlarini tozaladi, alohida xonaga xontaxta qo'yib, atrofiga baxmal ko'rpachalardan to'shadi. Hovlini supur-sidir qildi, ora-sirada ovqat masallig'ini tayyorlagan bo'ldi. Iloji boricha hech narsani o'ylamaslikka, hayajonlanmaslik, xavotirga asir bo'lmaslikka intildi. Lekin baribir yuragi hapriqaverdi, eti jimir-jimir qilib, tizzalari dag'-dag' titrab qo'yaverdi. «Biz eng baxtli oilamiz, — o'yladi ish orasida entikib. — Uch opam ham yaxshi joylarga kelin bo'ldi, akalarim mehribon, ota-onam kuyinchak va dilgir. Qanday yaxshi! Iloyim uyimizga, o'zlarimizga ko'z tegmasin! »
***
Kech tushib, vaqt xuftonga yaqinlashganda, Malika pochchasi va opasi qarshisida uyalgan ko'yi yer chizib o'tirardi. Pochchasiga to'ydan keyin yaxshilab razm solmabdi. Qoshlari qalin, nigohlari o'tkir, salobatli ekan. Lekin negadir ko'zlari qizargan, rangi oqarinqiragandek tuyuldi. Malikani tug'ilgan kuni bilan tabriklab qadah ko'tarayotganda qo'llari qaltirab-qaltirab qo'ydi. Mazasi qochgan shekilli… Malika shunday o'ylar, hayajonlar qurshovida qizarib-bo'zargancha tezda dasturxonni yig'ishtirdi. Ana endi o'z xonasiga kirib yotsa ham bo'ladi. Tushunadi. Biladi. Opasi va pochchasi yangi kelin-kuyov. Ularning o'zaro gaplari bo'lishi mumkin. Tersayib o'tiraversa, pochchasiga malol kelar… «Qolgan ikki pochchamni ko'rganda bu qadar xavotirlanmagan, xijolat tortmagandim, — o'ylardi Malika o'zi uchun o'rin to'shash asnosida. — Bu pochcham kattaroq yerda ishlaydi chog'i. Shunisini opamdanam so'ramagan ekanman. Oyim ham aytmagan-da rostini! «Bunisiminan ishing bo'lmasin, pochchang yaxshi oiladan, toparmon-tutarmon yigit» degan-u, jim bo'lgan. Ishqilib, opajonimning baxtiga hech qachon ko'z tegmasin! » Endigina o'ringa cho'zilmoqchi edi, xona eshigi bir-ikki taqilladi-da, opasi kirib keldi. Mo''tabarning ko'zlaridagi bo'yoq deyarli o'chib, qovoq ostilari qizaribdi. Buni Malika darrov payqadi.
- Yig'ladingizmi, opajon? — so'radi yuragi taka-puka bo'lib. — Nima bo'ldi sizga? Mazangiz qochdimi? Mo''tabar javob o'rniga karavotning bir chetiga omonatgina cho'kdi. Vujudidagi titroqlarni singlisiga sezdirgisi kelmadimi, o'tirgan yerida bir-ikki chayqalib, yo'talgan bo'ldi.
- Opa, aytsangiz-chi, — uni tezlay boshladi Malika yig'lamsirab. — Yomon bo'p ketyapman! Do'xtir chaqiraymi?
- Kerakmas, — deya mahzun jilmayish qilib Malikaning yelkasiga boshini qo'ydi Mo''tabar. — Men… Yaxshiman, jonim,

1 2 3 4 »

#Boshqalar#92#murdalar#voqealarga#asoslangan
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика