#

O'LIMDAN KEYINGI HAYoT-4…

Xayriyat, ular menga yana mehr ko'rsatishdi. Bobom va farishtam jinlarga qachonlardir Germaniyadan Rossiyaga xayriya yordami jo'natganimni, birovlarga mehr ko'rsata olishimni isbotlashdi. Bundan tashqari, xolam bilan bog'liq palto voqeasini ham eslatib o'tishdi. Ha, bu juda qiziq kechgandi. Xolam partiya a'zosi edi. Ancha yillardan beri aynan mendek partiyani yomon ko'radigan jiyani bilan gaplashishni istamagani tufayli biznikiga kelmay qo'ygandi. Albatta, oyim unikiga tez-tez borib turar, og'irini yengil qilishga urinardi. Nihoyat men chet elga ko'chib ketadigan bo'ldim. Xolam buni eshitib Pulkovo aeroportiga yetib keldi. Maqsadi aniq edi. Meni bu qilayotgan ishim uchun qarg'ash, shu yo'l bilan alamdan chiqish. U meni kuzatishga chiqqanlar oldiga turib oldi-da, onamdan o'ziga qo'shilib qarg'ashini talab qila boshladi. Xolam shu qadar qattiq baqirib qarg'adiki, yuragi xuruj qilib qoldi. Tezda vrachlar yetib kelib qon bosimini o'lchashga tushishdi. Ukol qilishdi. U oradan biroz o'tgach, o'ziga keldi-yu, o'rnidan turib ketishga chog'landi. Men shosha-pisha uning drapdan tikilgan paltosini qo'limga olib kiydirib qo'ymoqchi bo'ldim. Ammo… Negadir xolamga rahmim keldi. Paltosi anchagina eskirib ketgandi. Nima qilsam bo'ladi? Xolam shu eski paltoda uyiga ketadimi endi? Egnimdagi manavi shubamni kiydirib yuborsam-chi? Ko'narmikan? Vaqt oz qolyapti…
- Xolajon, meni kechiring! — dedim oxiri o'zimda kuch topib. — Men hammasini tushunib yetdim. Albatta o'zgaraman. Siz xohlagandek odam bo'laman. Men hech qaerga ketmayman. Keling, manavi shubani kiyib oling! Biz Georgiy bilan chiptani topshirib kelaylik, siz onam bilan birga uyga ketavering! Kelganimdan so'ng paltolarimizni almashtirib olaveramiz. Agar istasangiz, albatta… Hayratda qolgan xolam birdan yumshab, mening shubamni egniga ildi. Shundan so'ng onam uni taksiga o'tqazib uyga olib ketdi. Biz bo'lsak, Georgiy bilan bojxona ko'rigidan o'tishga oshiqdik. Ha, men xolamni aldagandim. Lekin boshqa ilojim ham yo'q edi… Eh, Vena aeroportida eski paltoda ko'rgan jurnalistlar, boshqa shaxslarning hayron bo'lganliklarini bir ko'rsangiz edi… Yo'q, men afsuslanmadim. Negaki, hamon xolajonim mening shubamda sovuq yemasdan ko'chalarda bemalol sayr qila oladi. Farishtam kutilmaganda qaerdandir xolamning o'sha eski paltosini topdi-da, boshimga yopib xayrsizlik saltanatidan meni olib chiqib ketdi. Chiqqanimizdan so'ng, albatta, palto o'z-o'zidan g'oyib bo'ldi.
- Nahotki, hammasi tugagan bo'lsa? — so'radim men jinlardan uzoqlashib ketganimizdan so'ng bobomga umidvor tikilib. — Bobojon! Farishtam! Aytinglar, hammasi tugadimi? Ular meni tinchlantirgan bo'lishdi. Ammo men bilan negadir gaplashib o'tirishni istashmadi. Saltanat kezishlarimiz davomida bobom qarib ketdi. Endi u ellik-ellik besh yoshlar oralig'idagi qariya ko'rinishiga kirib qolgandi. Hatto, ajoyib, kelishgan va navqiron farishtamning ham yuzlarida charchoq alomatlari sezilib turardi. Men hammasini fikrlab, mulohaza qilib ko'rishim lozim edi. Afsuski, bunga o'zimda kuch topa olmasdim.
***
Biz ancha joygacha jimgina uchib bordik. Keyinchalik bizni o'rab turgan sahro birdan o'zgacha tusga kira boshladi. Avvaliga osmonni oltinrang tuman qopladi. Bobom va farishtamning rangsizlangan kiyimlari asta-sekin oppoq tusga kirdi. Yuz tuzilishlari ham o'zgardi. Bobom yoshardi, farishtam yuzlaridagi charchoq belgilari yo'qolib, yana ilgarigi navqironligiga qaytdi. Oldinda qandaydir ulkan va yorqin tepalik ko'rindi. U bir qaraganda tog'ni, bir qarasang, bulutni ham eslatib yuborardi.
- Xudoyimning saltanati yaqinlashmoqda! — tantanavor ohangda dedi farishtam.
- Xudoga shukr! — mamnun oh tortdi bobom. Bobomning bu so'zlariga ulkan saltanat aks sado berdi.
- «Xudoga shukr! Xudoga shukr! So'ngra oldinda bulutlar orasidan ko'plab oltinrang bulutchalar ajralib chiqib, har biri zarrin quyosh nurlariga aylanib, butun tevarakni yoritib yubordi. Bu go'zallik shu qadar ajoyib va sehrli ediki, ko'zlaring chaqnamasdan ilojing yo'q.
- Xudoyim, qanday go'zal! — qichqirib yubordim men…
- Ha, bu Xudoyimning husni! — dedi bobom. — Ugina dunyoni qutqaradi! — Xayriyat, biz yetib keldik. Uyga qaytish qanday yaxshi-ya!
- Ha, yaxshi, — bosh irg'adi farishtam. — Xudoyimga hamdu sanolar bo'lsin! Bobom va farishtam tiz cho'kib ibodat qila boshlashdi. Men bo'lsam, uyga qaytish degan tushunchaning o'zimga taalluqli joyi yo'qligini his etganim sababmi, jimgina turar, atrofni tomosha qilib to'ymasdim.
***
Bu orada bulut tarqab, oldimizda oltin kabi sap-sariq yo'l paydo bo'ldi. Oltinrang qum ustida oyoq yalang turish yoqimli edi. Qum tovonlarimga biroz botishi xuddi kasallikdan davolash uchun ishlatiladigan tibbiy «elektrofarez»ni eslatardi. Sap-sariq qumlardan tuzilgan yo'l yam-yashil daraxtzor tomon olib borardi. Yo'q, bu o'rmon emas, istirohat bog'i edi. Men bunday manzarani faqat ertaklardagina o'qiganman. Shuning uchun bo'lsa kerak u yoqqa xuddi vodiyliklar toqqa talpinganlaridek

1 2 3 4 »

#Boshqalar#378#olimdan#keyingi
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика