#

O'LIMDAN KEYINGI HAYoT-3… (mistika)

Shafqatsiz kuch meni himoyachilarimdan ajratib qo'ygach, shu lahzadayoq aylana atrofimni qora sharpalar o'rab olishdi. Ular boshimga qop-qora matoni yopib qo'yishdi. Endi men hech narsani ko'ra bilmas, eshita olmas, so'zga tilim aylanmasdi. Vujudim muzlab, hech narsani his etmay borayotganimni idrok etib turardim. Shunda bobomning: «Qo'rqma! Ibodat qil!» degan so'zlarini esladim. Afsuski, biror so'z yodimga kela qolmasdi. O'zimni zo'rlay-zo'rlay, kimningdir qachonlardir o'qigan duosi yodimga tushdi.
- Xudoyim, menga ko'mak ber! Boshimdagi mato birdan g'oyib bo'ldi. Lekin hamon jinlar ustimdan bosib turishardi. Yanada bardamlikka yuz tutib balandroq ovozda iltijo qildim.
- Yor-dam ber! Ana endi jinlar meni ozod etishdi. Men baribir nola qilishda davom etaverdim. Jinlar nihoyat ustimdan tushishdi. Ammo butkul g'oyib bo'lishmadi. Ulardan xalos bo'ldim-u, o'zimni jinlarning tanasiga mahkamlangan uzun temirga boylangan holda ko'rdim. Ikki yonimda juda-juda tor devorlar zohir bo'ldi. Bu devor meni istalgan vaziyatda qisib yo'q qilishi tayin edi. Ikki qo'limni yuqoriga ko'tardim-u, dod deb yig'lagancha xudoyimga yolvora boshladim.
- Xudoyi-im, meni balolardan qutqa-ar! Tavba qildi-im, tavba-a-a! Ko'mak ber! Ko'mak ber! Ko'mak ber! Bilmadim. Qancha vaqt nola qilganim yodimda yo'q. To'satdan jinlar xalqasi atrofimda aylanib, ayanchli tovushda chiyillay boshladi. Bu tovush nafaqat ovoz chiqarishga qo'ymas, balki, naq miyamga urilib, vujudimda kuchli og'riq paydo qilardi. Men baribir nola qilishda davom etaverdim. Va olisdan qulog'imga yoqimli kuy eshitilgandek bo'ldi. Kuy taralishi bilan jinlarning ayanchli tovushi tindi. Tanalari o'z-o'zidan kulga aylandi. To jinlar butunlay yo'q bo'lib ketmaguncha yoqimli kuy yangrayverdi. Qiynoqlardan xalos bo'lganimga yana bir karra amin bo'lish niyatida ortimga o'girilgan ham edimki, yonimda farishtam va bobom hozir bo'lishdi.
- O'zimning aqlli nevaraginam! — erkalay boshladi bobom meni mahkam bag'riga bosib. Ko'rdimki, bobom unsiz yig'lardi.
- Nega yig'layapsiz? — so'radim undan xavotir aralash. — Meni duo qildingizmi?
- Hali hech kimni bu qadar uzoq muddat duo qilmagandim. — dedi bobom ko'z yoshlarini arta-arta. — Ko'rdingmi, g'ururing seni sal qursa badnom etayozdi?
- Hozir uni ortiqcha qiynashning hojati yo'q. — gapga aralashdi farishtam. — Xalos bo'ldimi, shuning o'zi katta gap.
- Xalos bo'lmadi, — dedi bobom. — Uni Xudoyimning o'zi asrab qoldi.
- Ha, Xudoyim bechoralarga hamisha mehribon. — javob qildi farishtam. Men uni kuzatarkanman, havasim kelardi.
- Endi jinlar hujum qilishmaydimi? — umid bilan so'radim men. — Yo yana qiynoqlar bormi oldinda?
- Hali sinovlar yakun topmadi. — dedi farishtam. — Hech bir ruh barcha sinovlardan o'tmaguncha manziliga yeta olmaydi. Mabodo do'zax sinovlarida omading chopmay qolmasa… Negaki, faqat taqvoli, iymoni mustahkam ruhlargina do'zaxni aylanib o'ta olishadi. Boshqalar albatta sinovlarga ro'baro' bo'lishadi. Biz sinovlarning yarmidangina o'tdik xolos.
- Tag'in jinlarga duch kelarkanmiz-da! — dedim qovog'imni uyib… Nimayam qilardim? Farishtam javob qilish o'rniga meni qanotlari ostiga olib osmonga ko'tarildi. Bobom bizdan sal orqaroqda uchib borardi.
***
U haq ekan. Boyagina menga azob bergan dahshatlarni unutib ulgurmay, tag'in ustimga jinlar to'dasi yog'ilib, meni g'iybatchilik, ichi qoralik, jahldorlikda ayblay boshlashdi. Lekin ish kaltaklashlargacha yetib bormadi. Tirikligimda ashaddiy suyuqoyoq, yengil tabiatli bo'lsam-da, ko'pchilik dilxiraliklarni unutib yuboradigan, o'zimning aybimni ham tan olishga qodir ayol sanalganim sal ko'mak berdi. Bunda farishtamning ham hissasi ko'p edi. U jinlarga bir talay yaxshi ishlarimni misol qilib keltirdi. Ya'ni, bir kuni olamdan o'tgan hamkasbimning oilasiga maoshimning hammasini topshirganim, yoki gadoyga so'nggi tiyinlarimni berganim… Qizig'i, shunday mayda-chuyda ezgu ishlarni ham jinlar hisobga olishdi. Ana shundan so'ng jinlar menga barcha xafa qilgan odamlarning ismlarini eslashni buyurishdi. Voy, qanday qilib hammasini eslab qolishim mumkin, axir? «Qo'llaringdan kelganini qilaveringlar, aytmayman!» deb turib oldim. Ana shu gapim tufayli bizni o'tkazib yuborishdi. Bilasizmi, navbatdagi sinovni eslash men uchun juda-juda og'ir. Ko'z o'ngimga keltirsam, hanuz yuragim orqaga tortib ketadi.
- Oldinda qotillik so'roqlari kutyapti. — dedi farishtam. Men bo'lsam, beparvo qo'l siltadim.
- Bemalol o'tib ketamiz. Tirikligimda pashsha va chivinlarni hisobga olmasa, hech kimni o'ldirmaganman.
- O'sha pashsha, chivinlarni ham hisobingga yozishlari mumkin. — dedi farishtam. — Bunaqa hodisalar juda ko'p bo'lgan.
- To'g'risini ayt, — deya farishtamga yuzlandi bobom. — Rostdan ham nevaram hech kimni o'ldirmaganmi?
- Shunaqasiyam bo'lgan! — qisqa javob qildi farishtam… Bu gapni

1 2 3 4 »

#Boshqalar#261#olimdan#keyingi#mistika
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика