#

O'LIMDAN KEYINGI HAYoT-2… (mistika)

Men bo'shashgancha shiftdan pastga tushdim. Onam meni mahkam quchib boshimni silay boshladi.
- Kechir meni, qizim! Hamma ayb o'zimda. Seni ibodat qilishga o'rgatmagandim.
- O'zing ham qoyillatmasding! — gapga aralashdi bobom.
- To'g'ri aytasiz, — dedi onam. — Agar siz bo'lmaganingizda, do'zaxda kuyardim. Men, axir, o'limim oldidan ham tavba qilishni istamaganman. Shu sababli menga boshqalar singari janoza o'qishmagan. Qizim, bilib qo'y, bobong Yevgeniy juda buyuk inson. U butun umr ibodat bilan yashagan. Afsuski, uni bolsheviklar nayza bilan o'ldirib cherkov darvozasi tepasiga osib qo'yishgan. O'sha yerda u bir kecha- kunduz osilib turgan. Bolsheviklar hech kimni jasad yaqiniga yo'latmagan. Oh, onamning nasihatlarini anchadan beri eshitmagan, juda sog'ingan ekanman. Uning jiddiy ohangda uqtirayotgan gaplari qulog'imga yoqib tushayotgandi.
- Nega shu gaplarni ilgariroq aytib bermagansiz? — so'radim undan.
- Qo'rqqanman. Keyin… O'zing tushunasan, biz oilamiz bilan Xudoga ishonmay yashaganmiz… Endi o'ylasam, katta xatolarga yo'l qo'ygan ekanman. Ha, qizim, men nafaqat sen va bobong, balki, Alyoshaning qarshisida ham gunohkorman.
- Oyi, Alyosha qaerda hozir? — onamning so'zini bo'ldim men.
- Voy, bobong bilan birga-da! Qaerda bo'lardi?
- Siz uni ko'rdingizmi?
- Ha, birrov ko'rib chiqqanman. Endi qiyomatgacha ko'ra olmasam kerak…
- Ayting, u qiynalmayaptimi?
- Maza qilib yashayapti. Shunday yaxshiki, so'z bilan tasvirlab bera olmayman. Ishonasanmi, Alyosha quloqsiz, bezori bo'lib o'sayotgan mahalda qo'shnimiz Darya Ivanovna uni sekin cherkovga olib borgan. Ana o'sha yerda u ko'p narsalarni o'rgangan. Yaxshi tomonga o'zgargan. Biz esa bilmasdik. Negaki, birimiz ishda, birimiz o'qishda… Mana endi bizning Alyosha jannatda!
- O'zingiz-chi, oyi?
- Xudoga shukr, Bobongning duolari bilan tinchgina bir joyda yashab turibman. U yerda shaytoni lain yo'q. Eh, maysalar ustida sayr qilgim, qushlar chug'ur-chug'urini tinglagim keladi-yu, men yashayotgan makonda toshdan bo'lak hech vaqo yo'q… Mayli, o'sha kunlarga ham yetib qolarman… Dada, iltimos, Anyamizga eng asosiy duolarni o'rgating!
- Kech, Masha! Sen-ku, bolalikdan o'sha duolarni bilarding. Duo bilan uyg'onarding, uyquga ketarding. Afsus, kech… Mayli, nevaraginamni Xudoyimning o'zi yarlaqasin! Bobom tepamga kelib peshonamga qo'lini qo'ydi va nimalardir deya shivirladi.
- Ko'rdingizmi, bobo, — erkalangan bo'ldim men. — Men judayam odobli qizga aylandim. Endi meni bemalol cherkovga bersangiz ham bo'ladi.
- Halitdan quvonaverma. — tanbeh berdi bobom. — Hali xursandchilik qilishingga erta.
- Bilmadim, bobojon. Men o'rgangan tanamsiz shunchalar yengilmanki, buning ustiga sizni, onamni uchratdim. Axir, quvonmay bo'ladimi?
- Sen shaytondan bo'lak yana birontani uchratdingmi? — so'radi bobom.
- Ha, qanaqadir o'zga sayyoraliklarni ko'rdim. Ular meni o'zlari bilan olib ketmoqchi bo'lishdi.
- Xudoyim, o'zing asra! — oh tortib yubordi onam.
- Xo'sh, xo'sh, aytaver-chi! — menga qattiqroq boqdi bobom.
- Bor gap shu. — dedim yelka qisib. — Picha qo'rqitishdi ham.
- Ular o'zga sayyoralik emas. — bobom ko'kka o'ychan boqdi. — Jinlar. Zamonaviy odamlarni ustalik bilan ahmoq qilishga usta yaramaslar. Lekin baribir seni Shayton huzuriga olib borgan bo'lishardi.
- Bobo! Nega unda yonimga shaytonning o'zi tashrif buyurdi?
- Tortgan azoblarim uchun yaratganning o'zi butun avlod-ajdodlarimni himoyamga olishimga izn bergan. Shaytonga esa alam qilgan. Shuncha odam osongina qo'ltig'imga kirishiga chiday olmagan.
- Men sizning so'nggi avlodingizman. To'g'rimi? Axir, men farzandli bo'lmadim.
- Yo'q, unday dema. Hali mening avlodlarim tamom bo'lmaydi. Xavotirga o'rin yo'q.
- Ularning hammasini o'zingiz asraysizmi?
- Agar o'zlari ham shunga harakat qilishsa, albatta shunday yo'l tutaman. Avvalo xudo asraydi. Chunki, insonning o'zida harakat bo'lmasa, Xudo uni asramaydi. Eh, hech bo'lmasa, ozgina e'tiqodli bo'lib, Xudo yo'lida yashaganlaringda edi, to'ppa-to'g'ri jannatga kuzatib qo'ygan bo'lardim. Endi esa qancha ibodatlar zarur bo'ladi.
- Butun cherkov ahli men va onamni duo qilsa-chi? Shuni siz yo'lga qo'ya olarmidingiz?
- Yo'q, cherkovdagilar haqida o'ylamaganing ma'qul… Bu o'ta mushkul ish.
- Qizim, — bobomning so'zini bo'ldi onam. — Sening xudojo'y bir ayolga aylanishingga juda ishongan edim.
- Men qaerdan bilibman? — qovog'imni uydim men.
- Bilish va e'tiqod boshqa-boshqa narsalar.
- Endi meni nima kutyapti?
- Hammasi Xudoning qo'lida. Lekin bilib qo'y, biz ham bobong bilan birga qarab turmaymiz. Qolaversa, sening himoyachi farishtang ham garchi gunohkor bo'lsang-da, yoningda turadi.
- Kelganimga ancha bo'ldi. — orqadan yoqmli bir tovush eshitilib,

1 2 3 ... 5 »

#Boshqalar#297#olimdan#keyingi#mistika
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика