#

Ayolning umriga zomin bo'lgan buzg'unchi xayol

Tushlikdan qaytsam kotibam: «Sizni bir ayol so'rab keldi. Uzoq qarindoshingiz ekan. Hozirgina shu yerda edi. Yana kelsa, yoningizga kiraversinmi?» dedi. Kotibadan kelgan ayolning ismini so'radim. Qizgina ayolning ismini so'ramaganini aytdi. Men qaysi qarindoshim yo'qlab kelgan bo'lishi mumkinligini o'ylab, endi ishga uringandim, tag'in eshikdan kotiba ko'rinib, haligi ayol kelganini aytdi. U gapini tugatmasidan ortidan kimdir salom berdi. Ayolning ovozi tanish edi. Sirli mehmonning kimligini bilib, hali o'zi ko'rinmasidan o'rnimdan turdim. Ayni paytda tilimni yeb qo'yganday jim edim. Bir lahza «Endi nima qilaman?» degan savol xayolimni band etdi. Ayol tag'in salom berdi. Kotiba esa indamay ortiga qaytdi. Men ro'paramda turgan Sanamni xonamga taklif qildim. Mehmon meni ko'rib qanchalik quvongan bo'lsa, men shunchalik hadik bilan yurak hovuchlab turardim. Sanam esa quvnoqlik bilan qo'l uzatdi va taklifni ham kutmay ro'paramga joylashdi-da, yuzimga tik boqib:
- Odam ko'rmaganday buncha dovdiraysiz? — dedi. Keyin jilmayib qo'shimcha qildi. — Yoki meni ko'rib sevinchdan yuragingiz to'xtab qoldimi? Ayol o'zi aytgan gapdan zavqlanib kulardi. Men esa hadik bilan eshikka qarab, «Tss!» dedim.
- Nega buncha qo'rqasiz? Bemalol o'tiravering, kotibangizga qarindoshi bo'laman, deb aytdim. Xo'sh, ishlaringiz yaxshimi? Mansabingiz oshibdimi? Xursandman! — deya Sanam gaplarni qalashtirib tashladi. Bir muddat o'tib, o'zimga keldim va Sanamdan hol-ahvol so'ragan bo'lib:
- Xo'sh, nima gaplar? — dedim. Bu paytda Sanamning yuzidagi boyagi quvnoqlik o'rnini allanechuk mahzunlik egallagandi. Ayolning porlab turgan ko'zlari xona bo'ylab savolchan kezar, har bir narsaga diqqat bilan termulardi. Ko'zining tub-tubida iztirob, horg'inlikning aksi ko'rinib turar, og'ir-og'ir nafas olishi, labida qotib qolgan nim tabassum… Bularning barchasi Sanam bilan tanishgan kunimizni, undan keyingi suhbatlarimizni yodimga soldi. Ayni chog'da uni samimiy suhbatdosh, ming yillik do'stu qadrdon kabi sog'inganimni his etdim. Biz bundan besh yil muqaddam tasodifan tanishib qolgandik. O'sha kuni negadir kayfiyatim yomon edi. Kimdir har daqiqada qo'ng'iroq qilar, men qizil tugmani bosib qo'ysam ham, foydasi yo'q edi. Asabiylashib o'tirganim sababli qo'ng'iroqqa javob berishni istamayotgandim. Bir mahal o'sha raqamdan xabar keldi. Unda «Xafaxonlikdan o'lib qolgan bo'lsang ham, javob ber», deb yozilgandi. Xabarni o'qib tugatmasimdan yana qo'ng'iroq bo'ldi. «Bu kim ekan?» degan qiziqish bilan javob berish tugmasini bosdim va gapirib ulgurmasimdan ayol kishining ovozi eshitildi:
- Xudoga shukr, tirik ekansan! O'lib-netib qolgan bo'lsang, nima qilaman, deb turgandim. Odam degani ham shunday bo'ladimi? Senga necha marta aytdim, oilada sabr qilmasang, sal narsaga arazlab kelaversang, ersiz qolib ketasan. Keyin yurasan menga o'xshab, bir o'zing so'ppayib… U bir lahza ham to'xtamay kimgadir maslahat berardi. Ayolning gaplaridan dugonasi eri bilan arazlashib qolgani, endi ota uyida dunyodan xafa bo'lib o'tirganini angladim. Maslahatgo'y dugonaning esa allaqachon oilasi buzilgandi. Men endi gapirmoqchi bo'lsam, «Nima deyishingni yaxshi bilaman, avval meni eshit», deb to'xtatib qo'yardi. Go'shakdagi ayol shu qadar berilib, jon koyitib gapirardiki, hatto mening erkak kishi ekanimni ham fahmlamadi. Bir mahal:
- Mana endi gapir, nima deysan? — dedi. Juda noqulay vaziyatda qolgandim. Shu sabab bir lahza jim turdim. So'ng bazo'r:
- Kechirasiz, adashib tushdingiz, — deya oldim. U tomondan boyagi ayolning:
- Shuncha gapni jimgina eshitib o'tiribsanmi? Hey, erkak bo'lmay ket! — degan ovozi keldi-yu aloqa uzildi. Ayol qanchalik qo'pol muomala qilgan va meni nohaq ayblagan bo'lmasin, negadir gapi dilimni og'ritmadi. Notanish ayolning ovozidagi qandaydir samimiyat o'zgacha ta'sir qildi. Beixtiyor kulib yubordim. Zum o'tmay uzr so'ralgan SMS keldi. Unga kinoya aralash javob yozdim. Shu tariqa biz tez-tez telefonlashib turadigan bo'ldik. Sanam turmush qilib, bor-yo'g'i bir yarim yil yashagan, besabr qaynonasi kelinini tug'maslikda ayblab, javobini berib yuborgan ekan. Sanam bilan yoshimiz teng bo'lgani bois uni «Sinfdosh» deb atardim. U bilan kunora qo'ng'iroqlashib turardik. Vaqt o'tgani sari Sanamga bog'lanib qolayotganimni his etardim. Sanam esa mutlaqo beparvo edi. U doim o'g'il bola tengdoshim kabi hazil qilar, ustimdan kulishni xush ko'rardi. Sanam uylanmaganimni va o'zining turmushi buzilib kelganini nazarda tutib, o'zini katta hisoblardi. Sirtdan qaragan odam bizni opa-uka deb o'ylashi ham mumkin edi. Sanamning bu darajada befarqligi menga battar azob berardi. Oxiri unga dilimdagini aytdim.
- Rostdanmi? — dedi Sanam so'zlarimni diqqat bilan eshitgach. — Haliyam boladaysiz, sinfdosh. Avval ulg'aying, taklifingizni keyin o'ylab ko'raman. Bu gapdan jahlim chiqdi. Baribir, uydagilarni sovchilikka

1 2 »

#Boshqalar#447#ayolning#bolgan
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика