#

Dugonamning nayrangi

— Men bu ayol bilan ishxona hovlisida tasodifan tanishib qoldim. Doimo ko'zoynakda yuradigan qirq besh yoshlardagi baland bo'yli, oq-sariqdan kelgan bu ayolning g'alati kiyinishi, o'ta mulozamatliligi, doimo jilmayib turishi har qanday odamda unga nisbatan qiziqish uyg'otar edi. Mening u bilan do'stlashib ketishimga ham ayolning g'ayritabiiy fe'li yoki o'ta mulozamatliligi sabab bo'lgandir, ehtimol… Dugonamning ismi jismiga monand — Mubhama (nomi o'zgartirildi) edi. Mubhama bilan ancha vaqtdan buyon muloqotda bo'lsam-da, dugonamning menga na ichki dunyosi va na maqsadi yashirin edi. Dugonam takabbur, gapdon, san'at shaydosi bo'lib, uch-to'rtta tilda so'zlasha olardi. Aktyorlik mahoratini-ku maqtamasam bo'lmaydi. Xonalarimiz yonma-yonligi uchun ishxonada tez-tez birga tushlik qilib, dardlashib ham turardik. Mubhama o'zi, oilasi haqida gapirsa-da, sir bermas, mening «men»im haqida bilib olayotganini sezmasdim ham. Chunki men bir qop yong'oq edim. Axiyri Mubhama mening sodda tomonlarimni bilib, vujudimga kirib olganini sezmay qoldim. Unga shunday o'rganib, ishonib qolgandimki, endi uning maslahatisiz qaror chiqarmasdim. Hatto men ahmoq yillar mobaynida mashaqqat bilan uy sotib olish uchun yiqqan pullarimni ham beixtiyor dugonamga topshirganimni bilmay qoldim. Uning «Dugonajon, shu paytgacha dilimga yaqin insonni topa olmagandim. Endi sendek sirlashib, dardlashadigan do'stim bor. Seni bir kun ko'rmasam, sog'inib qolaman», deya qilgan tilyog'lamaliklariga ishonibman. Bir kuni Mubhama biznikiga mehmonga keldi. Bolalarim bilan quyuq salomlashdi, suhbatlashdi. Men esa dasturxon tuzash bilan ovoraman. Gaplashib o'tirdik, tamaddi qildik. Anchadan so'ng uni kuzatib qaytarkanman, to'ng'ich o'g'lim «Ona, dugonangizning so'zlari xuddi yasamaga o'xshaydi. Ko'rinishi, hatto kulgisi ham yasamadek. Siz esa juda soddasiz. Ishqilib, ehtiyot bo'ling, negadir dugonangiz menga yoqmadi», dedi. «Hammadan ayb izlayverma. Shu odating yomon-da. Mubhama ochiqko'ngil ayol. Menga yomonlik qilayotgani yo'q-ku», deya javob berdim o'g'limga. Bir kuni Mubhama «Dugona, siz uchun mahallamdan bir kampirning uyini arzon-garovga gaplashib, 200 dollar ham berib qo'ydim. Yiqqan pullaringizga uyini olib bersam, ikkovimiz bordi-keldi qilib yurardik», deb qoldi. Men quvonganimdan uni quchoqlab oldim. «Pullaringizni avval Turkiyaga borib, tijoratga sarf qilamiz va ko'paytirib, so'ng uy olamiz. Men garovga bergan pulni keyinroq olaveraman», dedi Mubhama. Dugonamning aytishicha, har yili Turkiyaga tijorat maqsadida borib, ayollarning kiyim-kechaklarini olib kelib sotar va anchagina daromad qilar ekan. Pul jamg'arganimni bilgach meni ham Istanbulga borishga qiziqtirib, hatto men to'g'rimda u yerdagi do'stiga aytganini ta'kidlardi. Mubhama turk xalqining hayoti, dengiz go'zalligi haqida so'zlab, mening u yurtga qiziqishimga olov purkardi. Bir kuni xorijdagi do'stining ijodimga qiziqayotgani, agar borsam, u yerda kitobimni chop ettirishda yordamlashmoqchi ekanini aytdi. Agar kitobim bosilib, katta miqdorda gonorar olsam, kelib hovli sotib olishim mumkinligini aytganida Mubhamaning gapiga chippa-chin ishondim. Bir kuni Mubhama menga bir turk yigitining rasmini ko'rsatib:
- Mana, do'stim rasmini yuboribdi. Agar Turkiyaga borsak, bizni Istanbul, Anqara, Antaliya shaharlariga aylantirib, tomosha qildirmoqchi. Tayyorgarlik ko'ravering! Men bilan birga ketasiz! — dedi.
- Yo'g'-e! O'n yildan buyon yiqqan pulimni ishlatib qo'ysam, uysiz qolaman-ku!
- Namuncha qo'rqasiz? U yerdan ikki baravar qoplaydigan narsalar olamiz. Turkiyada qora mayizni juda qimmatga olishadi. Men milliy so'zana va kashtalarimizdan olib qo'yganman. U yerda oladigan mijozlarim bor. Siz esa qora mayiz sotasiz.
- Men sotuvchilikni bilmasam, qanday sotaman?
- Yoningizda men borman, nimadan qo'rqasiz?
- Bo'pti, borganim bo'lsin. Mubhamaning gapidan quvonib, safarga tayyorgarlik ko'ra boshladim. Dugonam tanishlarining oldiga sovg'asiz bormasligini, men ham sovg'a uchun xarajatlarga pul berishimni so'radi. Aytgan pulini berdim. Ikkimiz pulimdan 100 kilo qora mayiz ham xarid qildik. Jo'nash oldidan pullarimni yo'qotib qo'ymaslik uchun Mubhamaga berdim. Samolyotga chipta oldik. Tong saharda yuklarni qutilarga joylab, aeroportga jo'nadik. Samolyotga chiqish oldidan ortiqcha har bir kilo yuk uchun haq to'lanar ekan. Ichim zil ketib, ortiqcha har bir kilo yukim uchun besh dollardan pul to'ladim. Samolyot havoga ko'tarildi. Birinchi uchishim emasmi, juda hayajondaman, yuragimda qo'rquv, xavotir… Xayolimga har narsa kelar, negadir ketayotganimga pushaymon edim. Bir necha soatdan so'ng styuardessa Istanbulga qo'nayotganimizni e'lon qildi. Yuklarni postdan juda qiyinchilik bilan olib o'tdik. Olgan mayizlarim uchun ancha to'xtatib ham turishdi. Ayniqsa, ularni taksiga joylaguncha qora terga botdim. Biz Istanbul markazidagi arzon mehmonxonalardan biriga joylashdik. Erkaklar ham ko'tarolmaydigan yuklarni ortmoqlab, rosa charchagan ekanman, toshdek qotib uxlab qolibman. Ertalab tursam, hammayoq

1 2 3 ... 5 »

#Boshqalar#112
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика