#

Azoblar tugarmikin (9 qism)

Bu safar to'xtamadi va butun hayotim ko'z o'ngimdan o'tdi. Mashina meni urib ketdi qolganini eslolmayman, ko'zimni ochganimda shifohonadaman oldimda oyim menga qarab turardi, huddi tush ko'rgandayman, oyim - O'g'lim uyg'ondingmi?- dedi - Nima bo'ldi, men qayerdaman - Sen shifohonada san, mashina urib ketibdi.
-Nega qimilay olmayapman - dedim qo'rqib ketganday - Qo'rqma ozgina davolan keyin o'zinga kelasan - deb boshimni silab qo'ydida oyim chiqib ketdi. Negadur qo'rqib ketyapman, Zulfizar yaxshimikin degan fikirlarni o'ylab yotardim, keyin shifokor va ota-onam kirib keldi. Shifokor - Yaxshimisan, o'zinga kep qoldingmi - Menga nima bo'ldi, nega qimilay olmayapman - Tinchilan, hammasi yaxshi bo'ladi - dedida ketdi. Dadam ham - Yaxshimisan - dedi - Yaxshiman - dedim ovozim titirab, bir kundan keyin butun qarimdosh - urug' meni ko'rgani keldi. Bir oy o'tdi. Bir oy o'tdi-yu lekin oyog'im qimilamayapti, qo'limni qimilata olyapman faqat oyog'imni qimilata olmayapman, shu kuni menga javob berishdi. Mashinada uyga olib kelishdi. Ukam va opam meni juda sog'inibdi, qo'shnilar ko'rgani chiqishdi hamma turib ketgan, Zulfizar keldi - Yaxshimisiz, - Yaxshiga o'xshayapmanmi, o'zing yaxshimisan - Ha yaxshi man, nega yaxshiga o'xshamas ekansiz - Ko'rmayapsanmi, - Yo'q, nega bunday qildingiz, nima uchun - Axir sen bu ko'yga tushishingni xoxlamadim - Siz axmoq ekansiz - Yo'q awmoq emasman oshiqman - degandim ketdi. Dadam, oyim keldi - Dada bas, nega meni oyog'im ishlamayapti ayting - Bir ikki oydan so'ng tuzalib qolasan - To'g'risini aytin men endi yura olmaymanmi - Unday dema hali yurib ketasan - dedi dadam, huddi hayotim tugagandek hamma hammasi tugadi. Endi aniq yura olmayman deb o'ylardim lekin tezda o'zimga javob qaytardim, yo'q hayotim hali tugamadi, yuraman, albatta yuraman, muhumi ishonchni yo'qotmaslik kerak, shunday qilib kunlar o'ta boshladi, men harakatdan to'xtamadim intila verdim intila verdim ishonch yo'qolay desa opam ishonchimni yo'qtmasligim uchun qo'lidan kelganini qildi, do'stim Husan esa meni yomon hayolarni o'ylamasligim uchun turli o'yinlar, latifalar aytib charchamasti lekim meni kayfiyatimni ko'tara olmasdi.

#Boshqalar#38#azoblar#tugarmikin#qism
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика