#

Yomg'ir yaratgan dog'

Yomg'ir yog'ayotgan kunlarning birida. Yomg'irdan zavqlanib o'z manzili tomon ketayotgan yigit. Chorrahadan o'tayotib, to'satdan kelgan mashina yigitni turtib yuboradi. Hayriyat unga hech narsa qilmadi. Yigit haydovchi kelib yordam berarmikin deb atay o'rnidan turmadi. Haydovchi kelmagach, yigit o'rnidan turib haydovch tomon yurdi. Haydovchi qiz ekan. Qiz qo'rqib ketganidan ko'zlarini yumib, rulni mahkam ushlab o'tirardi. Yigit ochiq turgan mashina oynasini chertdi. Qiz ko'zini ochmadi. Yigit bir qo'lini oynadan ichkariga kiritib, barmoqlarini qarsillatdi. Qiz ko'zini ochib yigitga qaradi. Ular huddi bir birini uzoq vaqt ko'rmagan insonlardek, biroz vaqt tikilib turishdi. Sezganingizdek ular bir birini sevib qolishdi. Oradan kunlar o'tarkan. Ular bir birini bilan yaqindan tanishishdi. Turmush qurishni maqsad qilishdi. Ularning orzulari amalga oshdi. Hammasi juda yaxshi edi. Toki avtohalokatda qiz vafot etguncha. Qattiq iztirobga tushgan yigit. Yana yomg'ir payti. Ko'chaga chiqdi. Qiz bilan o'tgan yoqimli kunlarini esladi. Yana o'sha chorraxa yigitni bu safar ham mashina turtib yubordi. Yigit o'rnidan turib <<nahotki bari tush bo'lsa, nahot o'sha qiz tirik>>deb o'yladi. Afsus bu tush emasdi. Haydovchi boshqa. Bu safar ustidagi ko'ylagi dog' bo'ldi holos. Uni ketgizsa, kiyimni boshqasiga almashtirsa bo'ladi. Ammo qalbdagi dog'ni ketkizib bo'lmaydi, almashtirib ham. Axir bu qalb yomg'iri yaratgan dog'. Javohir

#Boshqalar#30#yomgir
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика