#

Ajalga aylangan andisha!

— Yo'q, bolam! Bolajonim! Yo'q! Yo'-o'-o'-o'q! Salim akaning faryodi butun qishloqni oyoqqa turg'izdi. Bir zumda hovli odamga to'ldi. Hammaning ko'zi Samariddinning jasadida edi. Salim aka esa juda o'ychan holda nuqul:
- Nega sezmadim, nega e'tibor bermadim?! — deya o'zini-o'zi koyir, yig'lashdan to'xtamasdi.
***
Samariddin mehnatkash bola edi. Hech kim uning bir og'iz «Charchadim», deganini eshitmagandi. Qishloq ahli bolaning favqulodda ishchanligidan hayron qolgandi. Sababi, otasi Salim aka qattiqqo'l, bo'yni mehnatga yor bermaydigan, onasi bugunini o'ylaydigan odamlar edi. Samariddin esa ota-onasining g'irt teskarisi bo'lib chiqdi. Tun yarmidan oqqan. Soat millari tungi o'n ikkini ko'rsatyapti. Shu mahal darvoza taraqlab ochilib, hovlida qo'ylarning ma'ragani eshitildi. Salim akaning uyqusi qochdi. «He, padaringga…» deya so'kindi uyqusi buzilganiga chiday olmay. Keyin eshikni ochib, hovliga chiqdi-da, qo'yxonaga qo'ylarini qamayotgan o'g'liga jahl aralash baqirdi:
- Darvozani sekinroq ochsang bo'lmaydimi, hovlini boshingga ko'tarmasdan?! Samariddin otasiga iltijoli tikildi, ammo hech narsa demay, qo'ylarini qamadi. So'ng endi qo'lini yuvmoqchi edi, otasi:
- Mollarning taginiyam tozalash kerak, — dedi kerishib. — Tez bo'l, o'zi kech bo'ldi. Keyin choy-poy ichib ol. Samariddin yana lom-mim demadi. Og'ilxonaga kirdi-da, mollarining tagini tozalab, tash­qariga chiqdi. Bu paytda otasi allaqachon xonasiga qaytib kirib ketgan, ichkaridan xurrak ovozi eshitilardi. Samariddin taraqlatib yubormaslik uchun obdastani sekin ushlab, qo'lini nari-beri yuvdi-da, so'ridagi dasturxonni ochdi. Ikki burda non bilan choy bor ekan. Oshxonaga kirib, qozonni ochdi — bo'm-bo'sh. Keyin indamay non yeb, ustidan choy ichdi-da, so'rining o'ziga cho'zilib yotdi. Samariddin hech narsadan shikoyat qilmagani uchunmi, ota-onasi o'g'lining hamma ishlari joyida deb o'ylashar, yuqoridagi kabi kun tartibiga odatlanib qolishgandi. Salim aka hammaga o'g'lining mehnatkashligini aytib maqtanardi. Otaning maqtanganicha ham bor edi, Samariddinning bir o'zi ancha ishni qoyillatar, yigitning bir muddat dam olib o'tirganini hech kim ko'rmagandi. Samariddin birinchi marta bitiruv kechasida yangi kiyim kiydi. Bungacha akasidan qolgan kiyimlarni kiyib, katta bo'ldi. O'sha paytlarda oilasining sharoiti ham haminqadar edi. Shuning uchun Samariddin yurak yutib, «Biror narsa olib bering», demadi. Bitiruv kuni esa dadasi birinchi marta o'g'liga oppoq ko'ylak, qop-qora tufli olib berdi. O'shanda Samariddin shunaqa quvondiki… Ammo keyinchalik bu tatimadi. Qarzni uzish uchun ikki hissa ishlashiga to'g'ri keldi. Bir yili Salim aka katta yer oldi. «Ekin ekib, mo'l hosil olamiz, boyib ketamiz. Hozir hamma narsam — oilam, farzandim, qolaversa, sendek o'g'lim bor, ammo jaraq-jaraq pullarim, mashinam yo'q, biz ham boshqalardek yashashimiz kerak-ku», dedi orzuga berilib. Dadasining orzusi Samariddinga qattiq ta'sir qildi. O'sha dalada tinim bilmay ishlay boshladi. Tong sahardan kechgacha ter to'kdi. Mo'l hosil olishdi, oila o'zini biroz tiklab oldi. Samariddin esa… Bu orada akasi Siroj uylanadigan bo'ldi. Ko'ngil qo'ygan qizi bor ekan. Oila a'zolari maslahat solishdi — uy qurish kerak. Nima qilishni bilmay turganlarida Samariddin tashabbus bilan chiqdi:
- Ishlagani ketaman. Boshida ota-onasi qarshilik qildi, ammo Samariddin gapida turib oldi.
- Akamning yoshi o'tib boryapti, uylanishi kerak. U qatorilarning bolasi maktabga chiqadi hademay, — dedi. Samariddin ishlagani ketdi. Olis-olislarda ishlab, uyga yaxshigina pul jo'natdi. Qaytib kelganida esa akasi endi uy qurilishini boshlagan ekan. Samariddin «Nega haligacha uyni qurib bo'lmadingiz?» demadi. Jo'natgan pulining cho'g'i kamayib qolganini ko'rganida esa «Bu uyingiz uchun atalgan pul edi-ku!» demadi. Boriga qurilish materiallari sotib olib, uyni tiklashga kirishdi. Jo'ralari bilan hashar qildi, o'zi yarim kechasigacha — to ko'zga hech narsa ko'rinmay qolgungacha ishladi. Oy yorug' bo'lgan kechalarda esa ertalabgacha ishlagan paytlari ham bo'ldi.
- Samariddin, — dedi bir kuni akasi Siroj. — Haligi… Bo'lajak yangangga uzuk olib bermoqchiydim. Shunga… Samariddin akasining nima demoqchiligini tushundi.
- Mayli, faqat bir-ikki kundan keyin, xo'pmi, aka? — dedi garchi yonida puli bo'lmasa-da, akasining sazasini o'ldirmaslik uchun. Keyin jo'ralaridan ishlab qaytarish sharti bilan qarz olib, akasiga berdi.
- Eng chiroylisini oling, aka, — dedi keyin kulib, — yetmasa, yana berib turaman. Samariddinning fe'l-atvori ko'pchilikni hayron qoldirardi. Qachon qarama, yelkasida somonmi, o'tinmi ko'tarib yuradigan bu bolaning o'zini tutishi ajablanarli edi. Yuzida norozilik, charchoq ifodasi sezilmasdi. Bu orada uka akasining uyini qurib bitkazdi. Hatto darvozasigacha o'rnatib berdi. Bahorda sel kelib, molxonani

1 2 »

#Boshqalar#422
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика