#

Og'ir yuk

Bir yigit buvasiga arzi hol qildi:
- Hayot ziddiyatlarga to'la. Sizning esa doim kayfiyatingiz chog'. Xafa bo'lganingizni, birovdan ranjiganingizni ko'rmayman. Sizga o'xshashga shuncha harakat qilsam ham, uddasidan chiqolmayapman. Oqsoqol bir zum o'ylanib, dedi:
- Kelishib olaylik, har safar kimdandir yo nimadandir norozi bo'lganingda menga bitta tosh olib kelasan.
- Qanaqa tosh?
- Farqi yo'q. Xohishingga qarab ko'tarib kelaver. Yigit buvam shunaqa qilib o'zini ovutarkan-da, deb o'yladi-yu, uning gapini ikki qilgisi kelmadi. U yoki bu vaziyatdan dili xira tortganda shartni bajardi. Kunlardan birida qariya nabirasini chaqirib, xona burchagida turgan og'zi bog'liq qopga ishora qildi:
- Anavini ko'tar-chi. Yigit qopni elkasiga ortmoqladi. O'ziyam og'irgina ekan, bukchayib qoldi.
- Qaerga olib borish kerak? – so'radi zo'rg'a nafas olib.
- Hech qaerga, o'zing bilan olib yurasan. O'tirsang ham, tursang ham zinhor yelkangdan qo'yma. Yigit qariyaning gapini tushunmay bir muddat kalovlanib turdi-da, keyin qopni yelkasidan tashlab yubordi. Ichini ochib qarasa, o'sha o'zi yig'ib kelgan katta-kichik, qing'ir-qiyshiq toshlar.
- Shuyam hazil bo'ldimi, buva! Bu zilday matohni ko'tarib yurishning kimga keragi bor?! – dedi yigit ranjigan ohangda. Qariya mehr bilan nabirasining yelkasini siladi.
- To'g'ri aytasan, bolam, bu yukning hech kimga keragi yo'q. Ranj-alamga to'la ko'ngilning ham ana shu qopdan farqi bo'lmaydi. Xotirada saqlanib qolgan dilxiralik foydasiz yuk misoli elkangni bosib turadi debdi. Hozirgidek orqangga tashlamasang yashashga qiynalasan.

#Boshqalar#44#ogir
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика