#

Ijarada yashovchi qiz

Bu voqeaga salkam o'n yillar bo'lib qoldi. Birovga aytolmayman. Yuzim chidamaydi. Qanchalik tuban va xudbin bo'lganimni, buni qanday amalga oshirganimni endi o'zim ham xazm qilolmayman. O'shanda yosh edim. Yigirma to'qqiz- o'ttiz yoshlar bo'lgan ekanman. Nega bu qadar tubanlashib ketganman hayron qolaman. O'qidim, ishga kirdim. Yoshim hali o'ttizga borib qolmagan, lekin o'n sakkiz yosh ham emasdim. Yigirma besh yosh atrofida bo'lsam kerak. Onam bitta- ikkita sovchi kelayotganini aytib qolardi. — Kim? Qayerdan? Men bilamanmi? — derdim. Qarang, uyalmagan ham ekanman. — Qo'shni qishloqdan ekan. Yaxshiga o'xshadi.
- Qaytarib yuboring. Men poytaxtdek joyda ishlab yuribman. Qishloqqa tushmushga chiqib, tuproq yalaymanmi?
- Qishloqda katta bo'lding. Shu erning qizisan. Kimam olardi seni shaharada? — jahli chiqib ketardi onamning. Men ham jim turmas, baqirib-baqirib qo'yib qo'yardim. O'zimcha ishlab, pul topib, erkin yashab o'rganib qoldim shekilli, turmushga chiqishni ham o'ylamadim. Shu bilan yoshim o'ttizga ham yaqinlashib qoldi. Hamon meni ijara uy muammosi qiynar, u erdan bu erga ko'chib yurardim. Bir kuni ijaraga uy izlab, bir yoshi o'tgan kampirni topdim.
- Qizim, men non-osh so'ramayman, — dedi momo. — Xudoga shukr, nafaqam o'zimga etadi. Yana bolalarim ham qarab turmaydi. Faqat, uyimni yig'ishtirib, kirlarimni yuvishda yordam bersang, ko'ngimni topsang, ijara puli ham olmasligim mumkin.
- Mayli momo. Uy yig'ishtirish, kir yuvish ham yumush bo'ptimi, qiz bola uchun. O'zim uchun ham qilaman-ku, — dedim ich-ichimdan sevinib. Shu bilan momoning ikki xonali uyining bitta xonasini egalladim. Ertalab ishga ketaman. Uch-to'rtlarda qaytib xonalarni yig'ishtiraman, Kir kiyimlar chiqib qolsa yuvaman, bo'lmasa ovqatga unnab ketaman. Kartoshka, sabzi, piyoz uchun ham o'zim bozorga yugurgilab o'tib kelaman. — Uyni yig'ishtirganingdan keyin darrov boshqa ishga o'tmay, changlarni ham artib ol. Qara, televizorning usti, shkaflarga odam qarab bo'lmaydi, — derdi kampir injiqlik qilib. — Kirlarni uch marta yuvib, uch marta chayqa. Ertaga yana qora kiyimlardan mazg'avaning isi anqib turmasin.
- Xo'p, — derdim majburligimdan tishimni tishimga bosib.
- Bozorga borsang, ro'zg'orbop narsalarni ol. Barra, yangi bo'lsin. Kartoshka, piyozlarning tuxumdek keladiganini olsang bo'ladi. Kattasi katta. Qolib ketadi.
- Mayli, — deyman sabr bilan. Momoning ko'nglini topishga harakat qilaman. Xullas, uch oy barbosh qildim. — Bolam, seni xuddi o'zimdek ish qilishga o'rgatdim. Endi shu o'rgatganimdek qilaver. Ijara puling ham kerakmas. Vaqtida uyni yig'ib, kirni yuvib, ovqatni qilsang bo'lgani. Bu gapdan shunchalik xursand bo'ldimki, axir qancha pulim tejaladigan bo'ldi. Lekin men shunga shukr qilish, momodan minnatdor bo'lish, yanada ko'nglini topish o'rniga, aksini qila boshladim. Ishim ko'payib ketganini aytib, kechroq kelar va uyni yig'ishtirmas, ertaga tozalashimni aytib kirib ketardim. Kirlarni ham shunaqa qila boshladim. — Nega buncha ishing ko'payib ketdi? — so'rab qolardi, siqilgan momo.
- Yaxshi ishchi bo'lsangiz o'zingizga qiyin ekan. Ko'zi ko'rgan odam ish buyurar, iltimos qilarkan. Shunaqa bo'lib qoldim.
- To'g'ri, qo'lidan ish keladiganlar hamma joyda kerak, — derdi momo xo'rsinib. Xullas, shunday qilib, momoni uyni haftada ikki, kirlarni bir yuvishga o'rgatdim. Bu orada momo xastalanib qoldi. Ana shunda bildimki, uning bittayu bitta qizi bo'lib, u ham chet elga turmushga chiqib ketgan ekan. Yana uni o'zi ham tug'magan. Xullas, momo ham yolg'iz odamlardan biri. Buni bilganim zahoti, unga nisbatan bo'lgan yuragimdagi iymanish, hurmat hissi yo'qolgandek bo'ldi. “Nimasini hurmat qilishim kerak? Men qarab o'tirgan bo'lsam. Ana, qizi o'ylayotgani ham yo'q-ku!” Shundan so'ng turli nayranglar chiqara boshladim. O'zim ko'chadan biror nima eb kelib, unga bir kun oldingi ovqatni isitib berardim. — Ovqat qilmadingmi, qizim?
- Vaqtim bor ekanmi? O'zi charchab keldim. Shuni eb turavering. Yaxshi-ku! Mijg'ovlik qilaversangiz, boshqa uy qidiraman. Hozir kim ko'p, yolg'iz kampirlar ko'p. — derdim jerkinib. Bechora kampir indamaygina ovqatni erdi. Kiyimlarini-ku, umuman yuvmay qo'ydim. Zo'rg'a sudralib yurgan momo amallab ko'ylaklarini yuvganini ishdan kelganimda ko'rar, ammo indamasdim. Bilardim, momo uchun uyida yurganimning o'zi madad va kuch edi. Butkul yura olmay, yotib qolsa kim holidan xabar oladi? Yolg'iz, qarovsiz qolib ketishidan qo'rqadi-da. Men tag'in gohida vahimali gaplarni aytib qo'yardim:
- Bugun ishxonadagilar aytib qoldi. Yolg'iz yashaydigan bir chol bor ekan. O'lib, uyida bir hafta qolib ketibdi. O'ligining sassig'i tashqariga chiqa boshlagach, keyin odamlar milisiyaga xabar beribdi. Boshqa kuni boshqa bir bo'lmagan voqeani bo'lgandek qilib aytib berardim:
- Dugonamning keksa qo'shnisi bor edi. O'lgur o'zi yomon edi. Hech kimga kun bermasdi.

1 2 »

#Boshqalar#53
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика