#

Internetdagi soxta oshiq

— O'sha kun hayotimdagi eng baxtli kun edi aslida! Dunyolarga sig'masdim. Ayolim meni yo'qlayotganini eshitib, uch zinadan bir sakrab, yuqoriga ko'tarildim. Avvaliga qo'rquv, hadik bor edi ko'nglimda. Ich-ichimdan toshib kelayotgan hayajonni sira bosolmasdim. Ikkinchi qavatga chiqishim bilan hamshira qiz imladi: Botirovaning turmush o'rtog'i sizmi? Yuring. “Xo'p” deya unga ergashdim. To'g'risi, nimalar bo'layotganini tahlil qilishga qodir emasdim shu dam. Xotinim to'lg'oq azobida qiynala-qiynala meni so'rabdi. Kirishim bilan iltijoli boqdi. — Keling, qo'limdan tutib turing, iltimos, — dedi zo'rg'a pichirlab. Uning qo'llaridan mahkam ushladim. Besh daqiqilardan keyin ko'zi yoridi. Ayolimning ikki olam o'rtasida turib, bolamizni dunyoga keltirgani hamon ko'z o'ngimda. Doya ayol “o'g'il muborak” deya qutlar, Zebo jilmayib yig'lar, men esa karaxt edim. Bir tomondan rafiqamning joni qiynalganini ko'rib, uning qanchalik kuchliligi oldida lol qolgan bo'lsam, bir tarafdan otalik quvonchi yuragimni taka-puka qilardi. Zeboning peshanasidan o'pib, unga rahmat aydim. Bir zumda bolamni qo'limga tutqazishdi. Mening zurriyodim, mening o'g'lim! Shu onlardagi his qilgan tuyg'ularimdan osmonlarda uchib yurardim go'yo. Ammo. shu dam. hamshira qiz yuzidagi niqobini oldi-yu, kimdir boshimga gurzi bilan urgandek bo'ldi. *** Keling, hammasini ro'yi-rost boshidan aytib bera qolay. Malika bilan ijtimoiy tarmoqlarning birida tanishib qolganmiz. O'zi elektron pochtadan foydalanaman, xolos. Hamkorlarimga takliflar, hujjatlar jo'natish uchun onda-sonda bir kirardim. O'sha kuni ham chet el firmasi bilan shartnoma qilayotganimiz bois ularning javobini kutib o'tirgandim. Qarasam, bir qizdan do'stlik taklifi keldi. Rasmi ham bor ekan, chiroylikkina. Qabul qildim. Salomlashdik. Birdan u “tanimadingizmi?” deya so'rab qoldi. Hayron qoldim. Avvaliga tanidim deya aldadim, keyin bilsam, u ism- familiyamiz bir xil bo'lgan sinfdosh yigiti deb o'ylagan ekan meni. Rasmimni qo'ymaganim sababli kimligimni bilolmagan-da. Keyin uzr so'radi, va meni do'stlar ro'yxatidan o'chirib tashladi. Qiziqishim ustun keldimi, yo ish vaqtim tugagan, hamkorlarimiz xatini kutib o'tirganimdan zerikib unga yoza boshladim. Yo'q, u men o'ylagandek qiz emas ekan. Og'irgina, o'n savol bersangiz, zo'rg'a bir javob qaytaradigan, kamgap. Xullas, biz tanishib qoldik. Albatta men uni aldadim. Oilaviy sharoitimni yashirdim. Shu bilan u bilan kunora gaplashib turadigan bo'ldik. Soatlab Malikaning agenti “onlayn” bo'lishini kutib o'tirardim. Ertalab ishga kelishim bilan pochtamga kirardim, biror nima yozib qoldirganmi, yo'qmi deb qiziqardim. Uch oylik muloqotimizdan keyin biz uchrashdik. U ko'rishganimizda yanayam kamgap, uyatchan edi. Ba'zida o'zini menga beparvodek tutardi-yu, ammo ko'zlari tuyg'ularini yashira olmasdi. Men unga shunchaki bir qiziqish deb qaraganman, axir oilaliman. Rafiqam juda yaxshi ayol. Oxirgi paytlarda ketma-ket homilasidan ayrilib, muolajalar bilan bo'lib, menga biroz e'tiborsizroq, tushkunroq kayfiyatsha tushib qolgandi. Men esa internetdagi “sevgi”m bilan ovoraman. To'g'ri, avvaliga Malika bo'lgan hislarim o'tkinchi, ovunchoqdek tuyulardi menga. Bora-bora unga bog'lanib qoldim. U ham meni o'ziga yaqin oladigan, dardlashadigan, hayotidagi voqealarni aytib beradigan bo'ldi. Uning yozishmalarisiz kunimni tasavvur qila olmasdim. Bir kuni bu munosabatlar tugashini bilardim, ammo Malika hammasini jiddiy deb o'ylarkan. Sovchilar eshigini qoqib tindirmasligini, onasi uzatishga shoshayotganini aytganida, qanday qilib unga “Sizni hech kimga berib qo'ymayman”, deya yozib yuborganimni bilmay qoldim. Shunday qilib uning ko'nglida umid uyg'otganim rost. Ikki yil ana shunday yozishib, goho ko'rishib turdik. U kelajagimiz haqida rejalar tuzar, hatto “o'g'il-qiz”larimizga ismlar ham topib qo'ygandi. Hali ishimni, “hali uylanmagan akam borligini” bahona qilib yurdim. Malika esa jim kutardi meni. Umid va ishonch bilan. Onasiga ko'ngil qo'ygani borligini aytib, og'iz solgan yigitlarni rad etardi. Ana shunday orzular og'ushida yurgan kunlarida mening uch yildan buyon intiq kutayotganim — ilk murodim tug'ildi. *** O'sha kuni Malika xonadan shitob bilan chiqib ketdi. Men esa joyimda toshdek qotib qoldim. Birinchi marta ayolim oldida o'zimni aybdor his qildim. Ikki yil davomida unga xiyonat qilib yurganimni, bir guldek qizni aldab, qo'ynini puch yong'oqqa to'ldirganimni his qildim. O'zimdan nafratlanib ketdim, to'g'risi. Axir bu ikki ayol ham begunoh! Biri menga pahlavondek o'g'il tug'ib berdi, o'z jonini garovga qo'yib. Biri esa tuyg'ularini, yuragini, baxtini ishondi. Ikkisini-da pastkashlarcha aldadim. Malikaning izidan borib, kechirim so'rashga jur'atim etmadi. Uch kun davomida shifoxonaga zo'rg'a borib keldim. Malikaga duch kelib qolishdan juda qo'rqdim. Bir haftalardan so'ng pochtamga undan xat keldi: “Uzr, men oilangiz

1 2 »

#Boshqalar#169#soxta
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика