#

JONLANTIRISh BO'LIMI HAMShIRASI…

Uni palataga olib kirishgandayoq vujudim alg'ov-dalg'ov bo'lib ketgandi. Qosh-ko'zlari xuddi kavkazlik yigitlarniki kabi qalin va katta-katta edi. Shunday yigitning insultga uchrashi menga juda alam qildi. Bilmadim… Palatamda har xil kasal yotib ketadi. Har biriga qo'limdan kelgancha mehr beraman, e'tibor ko'rsataman. Shu yerni dardddan forig' bo'lib, kulib tark etishlarini xohlayman. Baxtiyor esa menga xuddi eski qadrdonimdek tuyulib ketdi. Hatto, tungi muoalajalar tugab, kasalxonaning jonlantirish bo'limini sukunat egallagandan keyin ham Baxtiyorga tikilgancha o'tirar, uning kutilmagan mo''jiza tufayli gapirib yuborishini, o'rnidan turib ketishini orzu qilardim…
— Nahotki, manavi kuchli dorilar ham sizga ta'sir qilmayotgan bo'lsa? — derdim Baxtiyorning so'lg'in yuzlariga alam aralash boqib. — Bir kecha-kunduzdan beri ukollar qilyapman-u, qimir etib qo'ymaysiz-a! Nega? Shunday norg'ul, mard, kelishgan yigitning nima haqi bor kasal bo'lishga? Ko'zlaringizni ocha qoling endi! Nimadir deng! Mayli, tanangizga igna sanchib og'ritganim uchun urishib tashlasangiz ham mayli…
Eh, koshkiydi shunday qila olsangiz! Hozirgi ahvolingizda toshdan farqingiz yo'q. Gapirmaysiz, qimir etmaysiz, uyg'ongan taqdiringizdayam atrofga hissiz tikilasiz, xolos…
Voy, uyg'ondingizmi? Xayriyat-ey! O'takamni yorvordingiz-a! Odam ham shuncha uzoq uxlaydimi, Baxtiyor aka? Nima qilay? Ovqatingizdan yedirib qo'yaymi? Oyijoningiz tovuq sho'rva pishirib kelib edi. Uxlayotganingizni ko'rib asta chiqib keta qoldi. Bir qoshiq ichasizmi o'sha sho'rvadan?
Indamaysiz. Hoynahoy, gapiraverishim joningizga tekkandir-a? Xafa bo'lmang, sizga azbaroyi achinganimdan, betobligingizga chiday olmaganimdan nima desam deyapman-da! Bilmayman, nimaga sizga bunchalik bog'lanib qoldim ekan. Umrim bino bo'lib yigit kishiga hozirgichalik yaqinlik qilmagandim, mehr bermagandim. Kim bilsin? Siz boshqacha ekansiz! Ixtiyorimni jilovlash qo'limdan kelmayapti…
Shunday dedim-u, shosha-pisha o'rnimdan turib, sho'rvani isitdim va Baxtiyor akaga ikki qoshiq majburan ichirdim. Norozi bosh chayqab, qarshilik ko'rsatmadi. Shukr, ichiga issiq kirsa, tezroq oyoqqa turadi…
Mehribonligimdan ta'sirlandimi, Baxtiyor aka ko'zlari jiqqa yoshga to'lib ma'yus jilmayib qo'ydi…
Ikkinchi fasl
***
Boshqasini bilmadim-u, jonlantirish bo'limida smena topshirishning o'zi bo'lmaydi. Smenadoshlar hamma narsani mayda-chuydasigacha erinmasdan tekshirib chiqishadi. Shprismi, bir martalik qo'lqopmi, dori-darmonmi, barcha-barchasi hisob-kitob qilinadi.
Shu tong chap yonim bilan turmadim chog'i, smenadoshim — xo'ppa semizdan kelgan Xayrinisa kennoyi kira solib shkaflarni kovlashtirgan bo'ldi-yu, javrashga tushdi.
— Ie, manavi dorining ampulasi yo'q-ku! — deya menga shubhali tikilib so'radi Xayrinisa kennoyi lab burgan ko'yi. — Menda qasdingiz bormi, o'rgilay? Boshimiz ketadi-ku topib joyiga qo'ymasak? Yo bilmasmidingiz?
— Voy, shu yerda turgandi-ku, — dedim hech narsani tushunmay temir shkaf ichini qayta-qayta tekshirirkanman. — Kechasi narigi palataga og'ir kasal kep qoluvdi. Mohira shaxsan mendan so'rab bitta ukol olgan. O'shandan so'rang!
— Mening Mohiradan so'rab-surishtirishga vaqtim yo'q, — bobillab berdi Xayrinisa kennoyi. — Siz qo'lingiz bilan berdingizmi, o'zingiz surishtirib toping! «Lishniy problema»ga sira toqatim yo'q. Bo'ling tez!
Qolgan smenalarim bir-u, shunisi bir bo'ldi. Mohira atayin o'zini ovsarga solgisi keldimi, timirskilana-timirskilana, dori qidirdi. Topolmadi. Ado bo'layozdim. Axir, bu ukol alohida ro'yxatda turadi. Ampulasi joyida turmasa, menam, navbatchi vrach ham tamom bo'lamiz. Aksiga olgandek, umrida birovga qattiq gapirmagan navbatchi vrach Behzod aka har o'tganda meni chaqib-chaqib olar, go'yo yovuz dushmanga tikilgandek sovuq qarash qilardi…
Xudoga aytganim bor ekan. Ampula topildi. Mohira xayol bilan axlat idishga tashlab yuborgan ekan. Yaxshiki, idishni hovliga olib chiqishga ulgurishmabdi.
Yorug' yuz bilan smenani topshirgach, palataga qaytib Baxtiyor aka bilan so'zsiz xayrlashdim. Nigohlarim yordamida bo'lsa-da, unga sog'inishim, indinga kelishim, albatta mana shu qo'llarim bilan ovqat yedirish, dardiga malham bo'ladigan ukollardan qilishimni tayinlab ortga qaytdim. Chiqib ketayotganimda, Baxtiyor akaning ko'zlarida yana yosh g'iltillaganini ko'rdim. Bu Baxtiyor aka ham menga e'tiborsiz emasligidan dalolat edi.
Yuragim ezilib, yorug' dunyoga sig'may ketgandek bo'ldim. Ammo na iloj? Ko'nglim suyib qolgan bu yigitga o'z smenamdagina mehr berishga majburman.
Uchinchi fasl
***
Odamzodning tabiati g'alati. Xursandligini, hasratini do'ppi tor kelganda kimgadir to'kib solgisi keladi. Men ham mahallamga qaytgach, ishdan so'ng dam olishni-da unutib, ko'chaga yo'l oldim. Mahallamizda Feruza degan yaqin dugonam bor. Qanaqa gapim, qanday maslahat zarur bo'lsa, o'shanikiga chopaman. Negadir Feruza bilangina gapim qovushadi.
— Men tamom bo'ldim, Feruz, — dedim hali arzirli so'rashib ulgurmay. — Maslahat ber! Nima qilay?
— Nima

1 2 3 4 »

#Daxshatli voqealar#344
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика