#

QABRDAGI QIYNOQLAR… (yoki biologik o'limdan so'ng murdaning holi ne kechadi?) (yuragi zaiflar o'qima

Ha, bu olimlarimiz tomonidan allaqachon o'rganilgan. Shu mavzuda ko'plab tadqiqotlar tashkil etilgan. Ma'lum bo'lishicha, ruh tanani tark etgach, ya'ni, biologik o'lim holati yuzaga kelgandan keyin ham jasad yashashda davom etarkan. Chunki jasad turli ko'rinishdagi kimyoviy jarayonlarni kechiradi. U turlicha tovushlar chiqarishi, hatto, harakatga kelishi ham mumkin. Jasad bilan bog'liq kimyoviy jarayonlar esa juda muhim. Bir so'z bilan aytganda, ruh tashqariga chiqqach, murda o'z qonunlari bo'yicha yashashni boshlaydi…
Yurak urishdan to'xtadi. Qon tana bo'ylab harakatlanishni bas qildi. Jasad uchun muhim hisoblangan kislorod ham tanani tark etadi. Shu tobda to'qimalar kislorod yo'qligi sababli avtoliz jarayonini boshlaydi. Boshqacharoq aytganda, to'qimalar o'z tanasini yeyishga tushadi. Avvalo ular jigarga hujum qiladi. Shundan keyingina boshqa a'zolarga o'tadi.
To'qimalar va teri o'zlarining gidrolitik fermentlari ta'sirida erishni boshlaydi. Molekulalar ziyonlanadi.
Asta-sekinlik bilan tana harorati pastlab boradi. U soatiga taxminan 0,8 darajagacha soviydi. Jasad qotish pallasini boshdan kechiradi.
Odam o'lgandan so'ng dastlabki bir soat ichida mushaklar juda mayinlashib qoladi. Ularning hajmi qisqara boradi. Elastikligini yo'qotadi. Bo'g'imlar harakatsiz holatga tushadi.
Muzlash jarayoni jasadning bosh qismidagi mushaklardan boshlanadi. Keyin bo'yin, ketidan old qismi, keyin orqa qismiga o'tadi. Jasad muzlagan holda ikki-uch kungina yotadi. Keyin muzlik uni tark etadi va chirish pallasi boshlanadi.
Odam o'lgandan keyin immunial tizim ishlamaydi, shubhasiz. Bakteriyalar, mikroblarni ham qo'llab-quvvatlaydigan omillar yo'q. Shuning uchun ular tana bo'ylab erkin harakatlana boshlaydi. Ular shunchaki harakatlanmaydi. Dastlab ovqat hazm qilish tizimini yeyishga tushadi. Ular to'qimalardan tomchilay boshlagan kislotalarga to'yinadi. So'ngra terini yeyishga o'tadi.
Oradan taxminan 20 soat o'tib, bakteriyalar jigargacha yetib boradi. Butun boshli tanani yeb bitirish uchun esa ularga ikki kecha-kunduz vaqt kerak bo'ladi. Ana shu lahzalardan jasadda molekulyar o'lim holati kuzatiladi. Teri zaharli gaz va suyuqlikka aylanadi. Zaharli gazlar asta-sekinlik bilan jasadning turli qismlaridan tashqariga chiqa boshlaydi. Shu jarayonda murdaning qorin qismi zaharli gazlardan keladigan kuchli bosim ta'sirida shishadi va oxir-oqibat yoriladi. Shu onlardan chirib bitayotgan organizm tashqaridagi mikroblar bilan tillashishga tushadi. Ularni o'ziga chorlaydi. Chaqiriqqa nafaqat mikroblar, balki qumursqalar, o'laksaxo'rlar ham labbay deb javob qaytaradi. Oradan qanchadir vaqt o'tib, jasaddan faqat suyaklargina qoladi. Shundan so'nggina kimyoviy jarayon yakun topadi. Jasad to'liq o'ladi.

#Qo'rqinchli voqealar#34#yoki#olimdan#song#murdaning#yuragi
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика