#

«««Tungi VANNAXONA.2019»»»

«««Tungi VANNAXONA.2019»»» Uyimga juda kech qaytayotgandim. Telefonimni olib soatga qarasam 22:30 bolibdi.Jin ursin shupaytgacha qaytishim kerak edi.Negadir bugun havoni avzoyi buzuq edi xuddi bugun bir kongilsizlik yuz beradiganday,osmonda qop qora bulutlar 4 qavatli domimizni ustidan sekin siljib otardi.Oy nuri yulduzlarniku ko'rib bolmas faqat tungi qorong'u zulmatni korish mumkun.Havo ham sovuq domdagi chiroqlarni ayrimlari ochirilgan.Men bir ozim bu yerda 4 qavatda gi uyda ijarada turaman.Oqishga shu yerdan qatnayman.Xullas qop qorong'u podiezdga telefonim fanarini yoqib kirdim sekinyu qorilab borarkanman avval 1 song 2. 3 va tortinchi qavatga kotarildim. Hammayoq jim jit.Chontagimdan kalitni oldim va eshik zulfiga tiqib kalitni buradim eshikni chiq chiq etib chiqargan ovozi butun podiezdda sukunatni buzib jarangladi.Eshik ochildi ichkariga kirdim chiroqni yoqdim krasobkamni yechib chetga olib qoydim va bir xonaga kirib kiyimlarimni almashtirdim. Bu uyda 2 oydan beri bir ozimyashayman ora orada dostlarim ham kelib turishadi.Lekin mani ozimga bu uy negadir yoqmagandi qanaqadir sirli edi bu uy.Egasidan arzon bolganligi uchun pulini kelishib ijaraga turgandim. Xullas kiyimlarimni almashtirib bolgach vannaxonaga yol oldim. Uyda sukunat hukmron edi lekin men qorqmasdim. Vannaxonaga kirdim chiroqni yoqdim vanna ga suvni ozgina qilib oqizib qoydim vanna tolguncha oshxonaga yol oldim va bir finjon qaxva damlab oldim va xoplab ichishni boshladim. Qaxvamni ichib bolgach vanna xonaga kirsam vanna suvi tolib toshib ketay dib turardi.Shartta borib suvni ochirdim suv illiq edi va suvni sal kamaytirdim va kiyimlarimni yechib vannaga tushdim. Sovuq kunda illiq vanna qabul qilganga nima yetsin ozimni orqaga tashlab vanna ichida yotdim. Bir necha daqiqa ko'zimni yumib yotdim. Lekin ko'zimni yumib yotsam ham chiroq ochib yongani ni his qildim ko'zimni ochsam chiroq bir ochib bir yonardi boshimni kotarib yon atrofga nazar soldim va ozimcha zamakaniya bolyabdi dib oyladim keyin bu xolat toxtadi yana yotdim song vannadagi suv biroz sovugani ni his qildim vannaxonada sukunat.Lekin quloqlarimga qanaqadir ayol kishini past ovozdagi shivirlagan tovushi eshitila boshladi yana boshimni kotarib yon atrofni diqqat bilan tinglay boshladim bilinar bilinmas bu ovoz suv oqadigan jomrakdan kelayotgani ni bildim vannani ichida turib jomrakga sekin qulog'imni tutib tinglay boshladim qanaqadir tushunarsiz ovoz bir ayol qandaydir tushunarsiz past mayin ovozda qoshiq kuylardi.Quloqlarimga ishonmadim suv oqadigan jomrakdan ayol kishini ovozi kelyabdi.Shunda boshimni kotardim jomrakdan tomchilab suv oqa boshladi songra qanaqadir qora ipga oxshagan narsa jomrakni uchida korindi bu nima dib ushlab tortib kordim bu soch tolasi edi bu nimasi deya sochni tortib chiqarmoqchi boldim yaxshilab maxkam ushlab torta boshladim og'ir tortilardi bu soch tolalar borgan sari kopayib boraverdi voy. bu. bu nimasi boldi deya hammasini tortib chiqarmoqchi bolib birdaniga tortganimni bilaman vanna ni suvi oqib ketadigan quviridan pufakchalar paydo bola boshladi xuddi kimdir quvir ichida nafas olayotganday suv oqadigan jomrakdan esa ayolkishini qichqirgan ovozi bilan birga. "Qoyib yubor sochimni ,qoyib yubooor seni oldiraman hali, qoyib yubor"deya qichqirib gapirgan ovozini eshitdim. Eshitdimu yuragim tovonimga tushib ketay dedi sochni qoyib yuborishim bilan soch yana jomrakni ichiga tortilib ketdi vannadan zudlik bilan turdim vannadagi suv qora keyin qizil tusga kira boshladi tezda vanna suvini oqizib yubordim va sochiqqa oranib endi ketmoqchi bolib turgandim rakovina yuqorisidagi ko'zguga ko'zim tushdi daxshatdan joyimda qimirlay olmay qoldim ko'zguda aksim yoq edi ko'zgu ga yaqin kelib aksimni qidira boshladim. Aksim umuman korinmasdi yoq edi.Vanna ni quviridan qanaqadir tushunarsiz ovozlar eshitila boshladi bir ikkita sozni eshitdim. "U meni jaxannamga sudrab ketmoqchi" qorqqanimdan endi qadam bosib bu yerdan ketmoqchi edim orqamdan turib kimdir yelkamga judayam sovqotgan muzdekgina qollarini qoydi bu muzlab qolgan qoldan meni badanim titrab ketdi orqamga ogirilishga qorqdim lekin baribir qarash kerak edi shunda unarsa yelkamdan qolini tortib oldi shu onda orqamga ogrildim. U yoq edi u narsa yoq edi.Hayrat va daxshatga tushib yon atrofga alangladim vanna ni ichida xam jimjitlik tezda ketmasam bolmaydi deb oyladim da boshimni burganimda ko'zguga ko'zim tushdi.Bu manzarani men korishni istamasdim: ko'zguda aksim turardi ammo orqamda ko'zlari va ko'zini yonlari qop qora sochlari ham qora va yarimi yuziga tushgan oppoq kiyimda kiyimlari tozigan og'zini katta qilib ochib turgan tishlari sarg'ayib ketgan qol tomirlari kesilgan ayol kishini ko'rdim eng daxshatlisi u mening ortimda yana menga juda yaqin turardi mening otakamni yorgan bu arvoh ayolni men korishni istamagandim uyni larzaga solib baqirgancha Vannaxonadan otilib chiqib ketdim va boshqa xonaga kirib qorqqanimdan tipirchilib kiyimlarimni alishtira boshladim bu paytda vannaxonada tomchilab turgan suvni tovushi eshitilar ora orada ayol kishini "Menga tegma qoyib yubor aaa "dib qichqirgan ovoziyu shunga oxshagan sozlarini eshitib turardim keyin tezda bu uydan chiqib ketdim. Shu kuni osha uyga qaytib bormadim tunni boshqa ortog'imni uyida otkazdim. Ertasiga oqishdan song yana osha arvoh joylashgan vannaxonasi bor uyga qaytdim. Domni oldiga kelganimda qoshni otaxonni korib qoldim va korishib salomlashdim.

1 2 »

#Daxshatli voqealar#72#tungi
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика