#

“Noshukur qo‘shnilar” (ibratli hikoya)

Ufqda quyoshning zarrachalari hali nur sochib turgan palla. Ko‘p qavatli uylarning hovlisi doimgidek yosh bolalarning qiy-chuv kulgisi, shovqini bilan to‘lib toshgandi. Kimdir to‘p o‘ynagan, kimdir quvlashmachoq, yana bir juft qizlar esa qo‘g‘irchoqlar bilan “xola-xola” o‘ynashardi.Uylar yonida joylashgan o‘rindiqda esa shu yerda yashovchi to‘rt qo‘shni ayol, farzandlariga ziyrak bo‘lish barobarida turmush tashvishlari-yu xursandchiliklari haqida shirin suhbat qurishardi.Ularning bari uy bekalari ekanligi, turmush o‘rtoqlari ishdan kelgunicha uy yumushlaridan horg‘inlashgan kayfiyatlarini tarqatish uchun o‘zaro “beozor g‘iybat” qilayotganini sezish qiyin emasdi. Bu suhbatlarning hammasi qo‘shni ayollarning turmush o‘rtoqlarining qorasi ko‘ringan zahoti yakuniga yetardi. Bu suhbat natijalari har birining uy muhitiga albatta ta’sir o‘tkazmay qolmasdi. Zero, qo‘shni ayollarining aytgan gaplari ba’zi xonadonda kamchiliklardan nolish hissini uyg‘otsa, ba’zilarida yashash tarzidan mamnunlik va shukr qilishga undardi. Suhbatlarning debochasi kecha ko‘rilgan serialning muhokamasidan boshlanib, hatto jahon siyosatchilari yecha olmayotgan dolzarb muammolarni og‘zaki hal qilib yuborishga-da yetardi. – Kecha chet eldan buyurtma qilgan koftam kelibdi. Shunday quvondim, shunday quvondim-ki, o‘ziyam naq ikki hafta poylabman, – endi olgan narsasi bilan maqtanishni boshlagandi Sayyora, uzoqdan erining mashinasini ko‘rib qoldi. – Voy erim kelyapti, mayli qo‘shnijonlar, men uyga, – shunday deya bolalarini chaqirishga tushdi. Eri kelib, uni kutib oldi va bolalari bilan uylariga ravona bo‘lishdi. Buni qolgan qo‘shni ayollar kuzatib turdi, so‘ngra suhbatini davom ettirishdi. Qo‘shni ayollar orasida qolganlaridan ikki-uch yosh katta Dilobar gap boshladi: – Shu internetdan narsa buyurtma qilganda rasmda ko‘rgandaka narsa keladimi? – Uni bilmayman-u, lekin men tinchgina bozordan o‘zimga yoqadigan kiyimni savdolashib, arzonroq narxga olishga harakat qilaman. Yangi uyga pul yig‘yapmiz. Uchta farzand bilan ko‘p qavatli uyda yashash qiyin. Ular katta bo‘lishsa, siqilishib qolamiz. Xudo xohlasa, erim bilan o‘zimizni hovlimizni qurmoqchimiz, – orzulari bilan bo‘lishdi Malika. – E men erimning bunaqa topish-tutishi bilan bir umr shu ikki xonali uyda qolib ketsam kerak. Erim hammangizni eringizdan kech keladi. Lekin maoshining tayini yo‘q, – doimgidek nolishni boshladi Muyassar. – Nega unaqa deysiz, eringiz yaxshi joyda ishlaydi- ku. Mening erim oddiy ishda ishlasa ham, maoshi katta bo‘lmasa ham yaxshi niyat qilyapmiz-ku, – qo‘shnisiga hayron qaradi Malika. – Yaxshi joyda ishlagani bilan qo‘li ochiq. Kim nima yordam so‘rasa, yo‘q deyolmaydi. Mashina olganimizga ham uch yildan oshdi, hali almashtirganimiz yo‘q, – yana ham ko‘roq nolishni boshladi Muyassar. Shu yerda Dilobar gapga aralashdi: – Muyassarxon, unday noshukrlik qilmang. Yashashingiz hech birimizdan kam emas. Mashina uch yil oldin olingan bo‘lsa nima qilibdi? Bizning oilalarda shu ham yo‘q. Baxtni unday narsalar bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Eringizning farzandlaringizga, sizga mehribonligini bilamiz. Mahallada ham o‘ziga yarasha hurmati bor. Undan ko‘ra nolimang-da, xudo xohlasa biz ham shunday uylar quramiz deb Malikaxondek yaxshi niyat qilishni o‘rganing. Shu kunlarimizga ham shukr qilaylik. Qo‘shnilar bu masalada yana ancha tortishishdi. Toki turmush o‘rtoqlari kelib, hammasi uyma-uy tarqalmaguncha. Bunday suhbatlar har kuni bo‘lar, Muyassar doim gaplarida eridan, ro‘zg‘oridan nolirdi. U o‘z nolishlari bilan erini ham bezdirardi. Oradan yillar o‘tdi, Dilobarning eri lavozimda ko‘tarilib, yangi mashina olishdi. Malikaning oilasi esa yaxshi niyat qilib, o‘z maqsadlariga erishishdi. Shahardan sal chekkaroqda bo‘lsa ham ikki qavatli uy qurishdi. Bir hafta oldin barcha qo‘shnilar bilan xayrlashib ko‘chib ketishdi. Muyassar uy ishlarini qilar ekan, bir necha yillar oldin qo‘shnisi Dilobarning gaplari yodiga tushdi. Uning gaplarida jon bor, mana qo‘shnilari yaxshi niyat qilib, o‘z niyatlariga erishdi. U-chi? Erini har gapida chaqib olaverib, uydan ham bezdirib qo‘ydi. Ishda kechgacha qolib ketadigan odat chiqardi. Mashina ham bir haftadan beri ustaxonada. Eskiroq bo‘lsa ham ro‘zg‘or ishlarida asqotib turardi. Shular haqida o‘ylab turar ekan, eshik qo‘ng‘irog‘i chalinib, hayoli bo‘lindi. Eshikni ochsa, ostonada bir hafta avval yangi uyiga ko‘chib o‘tgan Malika xushchaqchaq kayfiyatda turardi. Hol-ahvol so‘rashishgach: – Shu kelayotgan yakshanbada turmush o‘rtog‘ingiz, bolalarni olib bizning uyga boringlar. Yangi uyga ko‘chganimiz munosabati bilan sizlar bilan bir nishonlaylik. Nechi yillik qadrdon qo‘shnilarmiz axir. Yaxshi niyat qilib, qiyinchilik bilan bo‘lsa ham niyatlarimizga yetdik, Allohimga shukr – ko‘zlari xursandchilikdan yonib gapirdi sobiq qo‘shnisi. – Yana bir marta tabriklayman, muborak bo‘lsin qo‘shnijon. Uyga kiring, choy-poy qilamiz, – ichkariga taklif qildi Muyassar. – Men qolgan qo‘shni dugonajonlarimizni ham taklif qilib chiqay, biznikiga borsanglar bemalol choy-poy qilamiz, – minnatdorchilik bildirib pastga tushib ketdi Malika. Muyassar eshikni yopar ekan, necha yillardan beri noshukrlik qilib, qanchalar adashganini anglab yetdi. Bundan buyog‘iga albatta yaxshi niyat qilishni, bor-yo‘g‘iga shukr qilishni diliga tugib qo‘ydi. Shu payt, uy telefoni jiringlab qoldi. Go‘shakni ko‘tardi. Erining xursand ovozi eshitildi: – Onasi, bolalarni kiyintirib, o‘zing ham tayyor tur. Bugun kechki ovqatni kafeda qilamiz. – Tinchlikmi, dadasi? – hayron bo‘ldi Muyassar. – Mashinamiz

1 2 »

#Umr manzaralari#60#noshukur#ibratli#hikoya
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика