#

qo'rqinchli voqealar: Real hikoya. (bir uchastnikimiz hayotidan)

Man yoshligmdan mistik, triller, detektiv, daxshatli, kinolani qiziqib kurib kelaman. Ishonsangiz maktab davrimdan ham!Hullas birinchi guvox bo'lgan sirli voqea 6-sinfda lagerga damf olgani borganimdan boshlandi. Lagerimizda xojatxona yotoqxonadan ancha uzoqda bolib, kamida200-metr edi. Kamiga tutzor va jiydazordan, yong'oq daraxtlaridan o'tib borish ckerak edi! Kechasi Tojik dustim Feruz bilan man(uzbekman) hojatga borishimiz kerak bo’lib qoldi. Yetib borgach man hojatga kirib ketgandim, u bo’lsa jiydani tagiga yozilibdi. Birdan man qurqib ketdim chunki, bilardim har-xil ins-jinslar shunaqa daraxtlarga in qurushini! Daraxtda oldida turgan do’stimga qaraganimda, unga qanaqadur oppoq, ha aniq oppoq narsa yaqinlashdi. Buni ko’rib men qo’rqib ketgandim,f na gapira olaman, na qimirlay olaman. O’sha mavjudot uning orqasida, tepasida turardi. Ishoning, kamida 2,5 metr chiqarov! Bu g'alati mavjudot na odam, na hayvonga o’xshardi.Ko’rinishii aniq esimda yo’q chunki, voqea tez sodir bo’lgandi. O’sha mavjudot Feruzgaqarab turardi, u bolsa shundoq manga qaradiyu uni ko’rmasdan o’tib ketdi. Man na kulaman, na qo’rqaman! “Ko’rdingmi”, dedim do’stimga. U “nimani”- degandi, “anavi oq devni”-desam, “yo’q!”- deganini bilaman, orqadan “Feruuuz ” - degan kampirlaning ovoziga o’xshash, chaqaloq kulgusi eshitildi! Bizlar shu zahotiyoq ortga qaramay qochdik. Yo’lda man yiqilganimni bilaman, ishonsangiz ko’zimni yumib ochdim holos, ko’zimi ochsam tepamda guruh raxbari, bolalar va qizlar tepamda turishibdi. 8-soat uxladimmi aniq bilmayman! Feruz qani deya surasam, uni tez yordam olib ketganini aytishdi. U qo’rqib hushidan ketgan ekan, manga o’xshab. SHu bilan lagerni tamomlab, u do’stimni qaytib ko’rmadim chunki, u bilan shu yerda tanishgandim va xayrlashdim!Bu voqea o’ylab topilmagan, hayotimda rosdan ham sodir bo’lgan.

#Daxshatli voqealar#88#qorqinchli#voqealar#real#hikoya#hayotidan
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика