#

Qurib bitkazilmagan mehmonxona.

Bu hayotimdagi birinchi va umid qilamanki oxirgi qo`rqinchli va sirli voqea. Bu voqeaga taxminan 3 yillarcha bo`lib qoldi. Uyimizdan sal uzoqroqda tashlandiq bino bor. Uni tashlandiq ham deb bo`lmaydi. Aslida bino qurib bitkazilgach mehmonxona bo`lishi rejalashtirilgan edi. Ammo, bino xo`jayini nima uchundir qurilish bitkazilishigacha o`z joniga qasd qilgan. Shu-shu bino bitkazilmay qolib ketdi. U ancha yillardan berin shu ahvolda. Tashqaridan qaraganda xuddi qurilayotganqasrga o`xshar edi. Qurib bitkazishganida edi, haqiqiy qasrning o`zi bo`lar edida. O`sha kuni men dugonam bilan o`sha qasrni ko`rishga bormoqchi bo`ldik. Adashmasam 14 yoshlardagi o`spirin qizlar edik. Albatta biz har xil sirli voqea va shunga o`xshash safsatalarga ishonmas edik. Shuning uchun cho`chimay olg`a qadam bosdik. Binoga borgach kirish uchun joy axtara boshladik. Binoni aylanib ortiga o`tganimizda u yerda zinapoya borligini ko`rib qoldik. Binoga kirgach qiziqroq biror nima axtarib qavatma-qavat ko`tarila boshladik. Bino tomiga chiqib, internet uchun bir nechta rasmlarga tushdik. Bino tomidan juda go`zal manzara ko`rinar edi.Sal turib havoning avzoi buzila boshladi. Yomg`ir yog`adigan bo`lib turganida dugonam bilan ortga qaytishga qaror qildik. Pastga tushayotganimizda nimagadir bizni o`z-o`zidan vahima bosa boshladi. Har qayerdan har xil ovozlar kela boshladi. Kimdir bizga tikilib, kuzatib yurgandek tuyular edi. Men q`rqqanimdan yig`lab yubordim. Dugonam ham yig`isi tomog`iga tiqilib qolgandek ahvolda edi. Ammo baribir mendan kuchliroq ekan. O`zini tutdi. 3 qavatga kelganimizda nimanidir gi`rchillagan ovozini eshitib qoldik. Dugonam sekingina orqasigaqaradida qo`limdan mahkam tutib pastga qarab yeldek ucha boshladi. Nimalar bo`layotganini tushunamy qoldim. Lekin dugonamning rangi ko`kargandek tuyuldi menga. 1-qavatga tushgandan so`ng o`zimiz kirgan zinapoya axtardik ammo topa olmadik. Lekin yerdan 2.5-3 metrlar teparoqda joylashgan kattagina derazani ko`rib dugonam meni o`sha yerga tortqilab yugurib ketdi. Deraza yerdan ancha tepada bo`lishiga qaramay dugonam undan sakradi. Men dong qotib qolgan edim. Dugonam o`rnidan turib 4-5 qadam orqaga tisarildida vahima aralash ovozi bilan"TEZROQ SAKRA!" deya baqirdi. Men qo`rqayotgan edim. Dugonam menga emas mening ortimga qarab gapirayotganiga e`tibor berib sekingina ortimga o`girildim. Yaxshisi ortimga qaramaganimda yaxshi edi! Ortimda qop-qora bir mahluq turar edi. Yoki mening boshim aylanayotgan edimi yoki qo`rquvdan shundoq ko`rindimi bilmadim, lekin u anchagina shaffof edi va uning oyoqlari yerga tegmas,havoda muallaq turar edi. U dahshatli ovoz bilan o`kirdida men tomonga sekin asta uchib kela boshladi. 3 metrlik balandlikdan sakrash albatta qo`rqinchli ammo bu mahluqning qo`liga tushish undanda qo`rqinchliroq. Shuning uchun balandlikka qaramay sakradim. Dugonam bilan orqamizga qaramay qochdik. hozirgi daqiqagacha bunchalik tez yugurishimni bilmas edim. Uyga yetib kelgach esa boshqa bunaqa joylarga bormaslikka qasam ichdik.
Xotinim bilan mening bir odatimiz bor. Uyga kirgach ortimizdan eshikni qulflab qo`ymaymiz. Hayotimizda shunday bir voqea bo`ldiki, bu odatdan voz kechisga to`g`ri keldi. Odatdagidek tun. Nimadir meni o`rnimdanturib eshikni tekshirishga undar edi. Joyimdan turish yoqmas edi, lekin bu istakga qarshi turishning ham iloji yo`q edi.Yoqmaygina o`rnimdan qo`g`aldim. Sekin eshik tomon yurib bordim. Odatdagidek eshik qulflanmagan ekan. Eshikdagi qulfning qulog`ini 4 marta burab eshikni mustahkamladim. Nimagadir, qo`lim o`zidan - o`zi pastroqdagi, biz hech foydalanmaydigan qulfga cho`zildi. Uni ham qulfladim. Eshikdan 4-5 qadam uzoqlashgan edim hamki eshikning narigi tomonidan qanaqadir ovoz eshitildi. Xuddi kimdir eshikga suyanib olgandek. Birdanigayuragimda qop-qorong`u bo`shliq paydo bo`ldi. Yo`q. Qo`rquv emas. Shunchaki qanaqadir g`amdek. Kim ekan deya yaqinroq borgan edim, eshikning dastasi sekin asta pastga qayrilayotganini ko`rib nafasim tomog`imga tiqilib qoldi.Eshik glazogiga qaramoqchi edim. Buni ko`rib fikrimdan qaytdim. Kimdir eshikni ochishga urunar edi. Bu manzaradan qotib qolgan edim. Xotinim ortimdan chiqqanida unga imo-ishora bilanjim dedim. U ham nimadir bo`lganini tushundi. Birdaniga xayolimga Web kamera keldi. Undan anchadan berin foydalanmas edik. Kamerani glazokka yaqin keltirib qo`ydik, uni yoqib eshik ortida bo`layotgan manzarani tomosha qila boshladik. Eshik ortida g`alati bir inson, to`g`rirog`i uni inson deb ham bo`lmaydi. Qanaqadir mahluq. Butun tanasi qora kir lattalar bilano`rab tashlangan, yuzi ham qorayib ketgan. Juda ham orriqligidan suyaklari bo`rtib turibdi. Barmoqlari notabiiy darajada uzun edi. Mahluq eshikma eshik kzar edi. Eshiklarning dastasini ushlab uni ochishga urunar, ocholmagan eshigining glazogidan qarar. Uy ichidan kelayotgan tovushni ilg`amoq uchun qulog`ini qo`yib eshitar. Shu tariqa mahluq bizning qavatdagi barcha uylarning eshigini ochishga urundi. Ammo ocha olmagach pastki qavatga birta-birta qadam tashlab tushib ketdi. Bu manzarani ko`rib hayratda qoldim. Xotinim esa dahshatdan ko`zlari kattalashib ketti. Baqirib yubormaslik uchun yostiqni yuziga bosib oldi. Bu manzarani bekor xotinimga ko`rsatdim. Ancha vaqtgacha o`ziga kela olmadi. Bir kuni bu uyda yashay olmasligini aytdi. Ko`chib ketaylik deb iltimos qildi. O`zim ham o`sha voqeadan keyin yuragimni oldirib qo`ydim. Tun yaqinlashaversa, har bir tovushni diqqat bilan quloq soladigan, yana o`sha mahluqmikan deya cho`chiydigan bo`lib qoldim

#Qo'rqinchli voqealar#33
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика