#

Bir opamizi nomidan:

Mani hayotimda qo'rqinchli voqealar bo'lgan. Bittasini yozaman chunki shunisi qo'rqinchli edi. Man 15 yoki 16 yoshda edim maktabda o'qirdim. Uyimizda hammomimiz yo'q edi. Har yakshanba kunlari katta hammomga dugonalarim bilan borardik. Har doim 3 kishi borardok. Usha kuni Yulduzga isitma chiqqani uchun onaso jo'natmadi. Biz Muhayyo bilan ketdik. Hammomda obshiy va allohida nomerlar bo'lardi. Obshiy 50 tiyin nomer 1 so'm bo'lardi. Biz doimgidek obshiyga kirdik. Kirsak odam ko'p emas 3 tagina ekan xolos. Usha kuni qandaydir yuragim bezovtalanib ossiqqa chidamadim. Bizdan oldin borgan 3 ta ayollar yuvinishib bolib chiqib ketishdi. Man ham odatdagidan tez yuvinib, dugonamga bezovta bo'lyatganimi aytdim. Endi chiqib ketayotsam bir qari ayol kirdi. Salom berdim alik oldi. Dugonamga sherik topildi deb ko'nglim xotirjam bolib chiqdim. Kiyimlarimni kiyib dugonamni kutdim. Birdan dugonamni baqirgan ovozi chiqdi.Kirsam dugonam qaltirab chiqib kelyapti. Nima bo'ldi desam gapirolmadi. Eshik oldiga yetgandik uzun koylak kiygan kelin kirmoqchi edi dugonam kelinni mahkam ushlab, kirmen ichkarida bir kampir bor o'zi odam lekin oyoqlari otni tuyoĝi ekan dedi. Haligi kelin kuylagini sal ko'tarib mana bunaqami deb oyoĝini ko'rsatganida dugonam xushidan ketdi. Man baqirib yordamga yugurdim. Nazoratchi opa yugurib keldi. Nima bo'ldi nega baqiryapsiz dedi. Man faqat dugonam derdim xolos. Birga dugonamni oldiga bordik. Bu orada odamlar to'plandi. Dugonam xushsiz yotar haligi kelin ham,kampir ham yo'q edi. Bo'lgan voqeani arang aytib berdim. Hammom ajinasi qo'rqitiptida feyishdi. Dugonamniyam maniyam skoriy olib ketdi. Ushandan keyin dugonam vos vos bo'lib qoldi. Oldidan qush uchib o'tsa ham cho'chiydigan bo'lib qoldiyu yashayapti.Ushandan keyin umuman hammomga bormadim. Ajinasi bor hammomdan uydagi bir paqir suvimni qadri borligini bildim. Hozir yoshim 45 da hayotim yaxshi. Zamonga qarab uyimdayam hammom bor. Shunaqa gaplar.

#Daxshatli voqealar#228
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика