#

QABR IZLOVCHILAR. 3-qism

-Eshik qani xozir shu yerda ediku dedi Piter qo'rquv aralash ovozda.
-Bilmadim. Jo'n fonari bilan atrofga qaray boshladi va to'satdan ortida turgan kichik qizaloqning ruxiga ko'zi tushdi u qo'rqqanidan fonarini tushirib yubordi. Qolganlar xam darxol arvoxga qarashdi. Arvox oppoq libosda ko'zidan qonli yosh chiqib yig'lardi. Uni yig'isi shu darajada daxshatli ediki butun olamni larzaga solgudek edi. Arvox Denniga qo'lini cho'zib o'ziga chorlay boshladi. U xam o'z navbatida arvoxni oldiga yura boshladi.
-Denni nima qilyapsan qayt ortinga Piter Ammo u nima qilyatganini bilmasdi Piter darxol Denni qo'lidan tortib oldi. Arvox esa ko'zdan g'oyib bo'ldi
-Menga nima bo'ldi dedi Denni.
-Binoni qanday tark etamiz endi dedi Stiv. Shu payt binoni ichidan qandaydir ovoz kela boshladi. Qaxramonlarimiz fonarlari bilan binoni xar bir burchagiga qaray boshlashdi.
-Kim gapiryapti. Daxshatli ovozda kimdir gapira boshladi.
-Sen binoni tark eta olasan faqat.
-Nima faqat gapir.
-Faqat kinoni oxirgacha suratga olishing kerak.
-Endi nima qilamiz so'radi Piter.
-Kameralarni yig'ib chiqish kerak. Ikkiga bo'linamiz men bilan Stiv 4-qavatga chiqamiz. Piter sen Denni bilan 2-qavatga chiqib kameralarni yig'asan. Omad yigitlar. Denni bilan Piter 2-qavatga chiqishdi
-Denni koridor oxiridagi kamerani ol men anavi yerdagini olaman. Denni qo'rquv bilan koridorni oxiriga bordi va kamerani oldi. Shu payt pastda ya'ni 1-qavatda o'q ovozlari eshitila boshladi.
-Denni tezroq pastga tushamiz. Ular darxol pastga tushishdi biroq pastda xech kim yo'q edi. Ammo u yerda to'pponcha va fonar bor edi.
-Bular kimga tegishli so'radi Piter
-Tezroq Jo'n bilan Stivni topishimiz kerak. Ular yuqoriga chiqa boshladi. Koridorni boshida katta xarflarda BOLALARNI DAVOLASH BO'LIMI deb yozib qo'yilgandi. 3-qavatga chiqishgach koridor oxirida boyagi arvox qiz turardi. U yana yig'lardi
-Iltimos menga yordam beringlar. Denni sekin uni oldiga bora boshladi. Piter uni to'xtatmoqchi bo'ldi
-Men nima qilyatganimni bilaman xavotirlanma. Denni arvoxni oldiga keldi
-Qanday yordam kerak.
-Meni o'ldirgan odamni top.
-Kim seni o'ldirgan.
-Albert Uilyam. Arvox asta ortga qadam tashlay boshladi. Denni xam unga ergashardi
-Denni qayt. Piter uni oldiga yugura boshladi. Biroq bir zumda ular ko'zdan g'oyib bo'lishdi
-Denni qayerdasan nima qilib qo'yding yoooq. Piter koridorni o'rtasiga o'tirib oldi
-Qayerdan xam shu yerga keldim. Shu payt qayerdandir dupiragan ovoz kela boshladi. Piter darxol o'rnidan turib fonari bilan atrofini yorita boshladi. U qo'rquvdan yonida turgan xonaga kirib eshikni ichidan qulflab oldi
-Endi nima qilaman. Piter derazani oldiga kelib uni ochdi va o'zini pastga tashladi so'ng xalok bo'ldi. Bu paytda Jo'n bilan Stiv kameralarni yig'ishtirishardi. Shu payt ular turgan koridor birdan yorishib qandaydir xamshiralar paydo bo'ldi ular xonadan xonaga o'tib yurishardi. Bu xolatni faqat Jo'n ko'rayotgandi Stiv esa yo'q U asta koridor bo'ylab yura boshladi. DAVOMI BOR.

#Daxshatli voqealar#42#qabr#izlovchilar#3qism
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика