#

Chaqiruv 2 (Qo'rqinchli hikoya)

.Hayotimda oxirgi bo'lgan g'ayritabiiy va qo'rqinchli voqeadan so'ng bugun Angliya poytaxti Londonga keldim. Bu mamlakatga men turist sifatida keldim, lekin Daler ismli do'stimning taklifiga ko'ra uning o'rniga 1 hafta ishlab turishga rozi bo'ldim. Va ayraportdan chiqib taksiga o'trib do'stim aytgan manzil bo'yicha yo'lga otlandim. GPS ma'lumotlariga ko'ra Daler yashaydigan (ishlaydigan) uy Londondan 27 km shimolda joylashgan. Chamasi 20-25 daqiqalarda TAXI bir yaxshi dizayn va lanshaftga ega uyning oldiga kelib to'xtadi. Manzilga yetib keldim. Buyerda chol kampir hamda Julia ismli yordamchi va mening do'stim yashashar ekan. Daler menga uy, shart-sharoitlarni tushuntirdi, va ertaga Manchesterga ketishini va bir haftada qaytishini aytdi. Yana u menga Julianing harxil gaplariga parvo qilmasligimni tayinladi. Aytishicha Julia ruhiy kasal emush, tunda u butun uy bo'ylab aylanib yurar emush. Menga uning bu gaplari yoqmadi. Chunki, Julia axmoqga o'xshamas edi, ham chiroyli. Dalerning so'zlariga ko'ra bu uyning xo'jayinlari chol va kampirning farzandlari yo'q emush. Bir qizlari bo'lgan ekan u bolaligida o'lgan ekan. Chol o'zi yurolmaydi, kasal, kampir esa ruhiy kasallardek tutarmush o'zini. Do'stim bilan anchagacha gaplaship o'tirdik, kech bo'lgan payt u menga bir xonani ko'rsatdi, xona shinamgina faqat xona atmosferasi og'irroqdek tuyuldi menga. Ummuman olganda butun uy havosi og'irdek tuyulardi. Daler xonadan chiqishi bilan kravatga borip o'tirdim, nogahon ko'zim yerda yotgan bir parcha qog'ozga tushdi. Unda inglizchada shunday yozilgandi: "Xush kelibsan". Bu gapni o'qib yuzimda tabassum yugurdi. Ammo bilmas edimki, menga qarap kulub turishganlarini. Tun bo'yi uxlolmay duk duklar, oyoq tovushlari, tashqaridan shivirlashlar eshtildi, o'zimcha bular tundayam uxlamas ekan deb so'kinib chiqdim. Ertalab, Dalerham tong sahardan Manchesterga jo'nab ketdi. Men bir o'zim ikki "telba" va bir "kasal" bilan qoldim. Chol va kampir haliyam uxlayapti, men uydan tashqarida, ko'chada atrofni ko'zdan kechirib turgandim, Juliya meni nonushtaga chaqirdi. U bilan oshxonada suhbatlish nonushta qildik. U Daler aytgandek telba emas ekan, Juliyaham 4 kun oldin buyerga ishga kelgan ekan. Kun bo'yi vazifamni-buyurilgan ishlarni qilib yurdim, ish bilan ikkinchi qavatga chiqyatganimda ko'zim devordagi suratga tushdi, eski surat, bir qizcha eshikdan boshini chiqarib rassomni poylayabti, yoki kameradan yashiriniyatgan go'yo. Suratdagi qizaloq xuddi jonlidek tuyuldi menga, xuddiki u menga suratdan qarab turgandek. Ishlarimni tugatip xonamda o'tirganimda Julia keldi.
- Julia: nima qilyapsan?
- Men: hechnima, tinchlikmi?
- Julia: Yur, menga yordam berib yubor, iltimos
-Men: Mayli Juliyaning ortidan bordim, u meni yertulaga boshladi, uyoqdan buyodan gapiraverardi Juliya. Yertulaga tushdik, buyer salqingina ekan, hatto sovuq va badbuy. Juliya menga gapiraverib buyerlarni tozalashga tushdi. Men undan qanday yordam kerakligini so'raganimda u gapni olib qochdi, boshqa narsalarni gapirdi. Qiziqip undan qayta qayta qanday yordam kerakligini so'raganimda, u yorilib javob berdi:
-Julia: Qo'rqaman!
-Men: Nimadan?
-Juliya: Buyer g'alati joy
-Men: Qanday g'alati?
-Julia: Meni buyerda xuddi kimdur kuzatib turgandek bo'lyapti, xuddik kimdur bordek. Men o'zimcha Juliani telba deb o'yladim, va "Ha shunaqami" dedimda hozir suv ichib kelay deb yerto'ladan chiqdim. Oshxona tomon boryatganimda "taq-taq" ovozini eshtdim, e'tibor bersam ovoz yuqori qavatdan kelyapti. Qiziq yuqorida kim taqillayapti? Julia yertulada bo'lsa, chol va kampir zinalardan chiqolmasa. Kim ekan? Zinadan yuqorida chiqayotip, boyagi qizcha surati yonidan o'tib ketyatganimda yonginamdan taqillagan ovoz eshtildi. O'zimcha surat oldida qotib qoldim, ovoz devor ichidan kelyapti deb o'yladim, yana taq bo'ldi, yo'q ovoz suratdan kelyapti, suratni qo'lga oldimda surat orqasini tekshiryatganimda "taq-taq" yana ovoz chiqdi, e xudo qo'limdagi suratdan ovoz chiqyaptimi? Suratni darxol joyiga qo'ydim, suratga, aniqrog'i suratdagi qizchaga termuldim, birdaniga hozirgina suratdagi qizchaning ko'zlari miltillaganini ko'rib qoldim. Daxshat, ichim sovup ketdi, Karaxt holatga tushib qoldim, suratga uzoq termuldim yana ko'zini miltiratarmikin deb. Birdaniga "Nima qilyapsan?" degan ovoz qulog'imga xuddi bomba portlashidek eshtildi. Bir seskandim. Pastga qarasam kampir turibti:
-Men: Ha hechnarsa, shunchaki manabu qizaloqga qarayapman, u nega poylamoqda? Yo suratga oluvchidan yashirinmoqdami?
-Kampir: uning ismi Annabel, uni ismini aytip gapir. U sendan xafa bo'ladi. Sekingina zinalardan pastga tushdim, kampir kresloga o'trib meni suxbatga tortdi:
-Kampir: Anabel yoshligida juda sho'x edi
-Men: Bilasizmi, juda sho'x bo'lgani aniq. Chunki hozirgina uning suratiga qarab turib nogahon ko'zimga Anabelning ko'zlari miltillagani ko'rindi.
-Kampir: Sening asab va yuraging kuchlimi? Qo'rqovga qanday qaraysan?
-Men: Asab tizimlarim kuchli, yuragimham. (shu onda xayolimga 2 hafta oldin uyimdagi basseynda paydo bo'lgan sharpa yodimga tushdi)
-Kampir: bilasanmi o'z joniga

1 2 3 »

#Daxshatli voqealar#376#chaqiruv#qorqinchli#hikoya
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика