#

KO’ZGULAR HAQIDA DAXSHATLI HIKOYALAR

Ko’zguga qorong’u xonada undan bir qadam uzoqlikda turib o’n daqiqa unga qarab turilsa u insonda galitsinatsiya hosil bo’ladi. Uning ko’zgudagi aksini o’n daqiqda boshqa bir kishiga o’xshatib qo’yadi. Keyin esa uning ko’zgudagi aksi o’zidan – o’zi boshqa bir insonning yuziga o’xshab qoladi. Dunyodagi eng qimmat ko’zgu qirolicha Mariya Medechiga tegishli bo’lgan. Uni qirolichaga Venetsiyalik ko’zgu ustalari yasab bergan. Bu ko’zgu nihoyatda qimmatbaho toshlar bilan bezatilib qo’yilgan. Ushbu ko’zguni yasatishdan maqsad qirolicha o’z saroyida 119 ta ko’zgulardan iborat xona tashkil qilishni rejalashtiradi. Ammo uning bu rejasi saroy g’aznasiga qimmatga tushganligi uchun amalga oshmay qolib ketadi (yaxshiyamki bu reja amalga oshmay qolgani, yo’qsa ulkan ko’zgular bilan to’ldirilgan bu xonada nimalar sodir bo’lishi mumkin edi). Mariya Medechiga tegishli ko’zgu xozirgi kunda jahondagi eng qimmat muzeylarning biri bo’lgan Luvurda saqlanmoqda. O’sha davrda, XVI asrda yevropada bir metr kattaligidagi ko’zguni yasattirish Rafaelning san’at asaridan qimmatga tushgan. Keyin esa ko’zgularning bahosini pasaytirish maqsadida qirol Lyudovik XIV chi Sayn Kapayn nomli ko’zgu yasaydigan manfakturaga asos solidi (manfaktura bu – faqat qo’l mehnati asosida ishlab chiqaraladigan buyumlar). 1999 – yilning mart oyi. Yolg’iz o’zi yashaydigan 27 yoshli Kaliforniyalik Jo’n Michael yotoqxonasiga yangi ko’zgu sotib oladi va uni yotoqxonasining markaziga ilib qo’yadi. Oradan uch kun o’tganidan keyin u daxshatli tush ko’rib uyqudan uyg’onib ketadi hamda uning ko’zi birdan ko’zguga tushadi. Ne ko’z bilan ko’rsinki ko’zguda unga ko’zlari va og’zi katta ochilgan noma’lum sharpalar qarab turardi. Bundan qo’rqib ketgan Jo’n boshqa xonaga chiqib tong otishini kutadi. U bir amallab tongni ottiradi va ertalab ko’zguni olib uyining yerto’lasiga yashirib tashlaydi. Oradan uch oy o’tib Jo’n yuvinish xonasiga kirib dush qabul qilayotganida vannaxonadagi namlangan ko’zguda shunday yozuv paydo bo’ladi: “ iltimos, ko’zguni joyiga qaytar, biz seni uxlashingni yaxshi ko’ramiz. Senga yomonlik qilmaymiz… ”! Jo’n bu voqeadan keyin uyning boshqa barcha jixozlari bilan birga sotib boshqa shaharga ko’chib ketgan. Navbatdagi hikoyamiz 2005 – yili Bo’ston da sodir bo’lgan. Eru-xotin eski buyumlar soatayotkan qariyadan katta ko’zgu sotib oladi va uni vannaxonaga ilib qo’yadi. Ko’zguning yangi xo’jayinlari er – advokat, xotin esa – hamshira bo’lib ishlagan. Ko’zgu ularning uyida paydo bo’lganinga oradan to’rt kun o’tib er nomalum sabablarga ko’ra to’satdan g’oyib bo’ladi. Undan qolgan yagona iz bu vannaxonadagi uning sochig’i edi. Yana biri esa ko’zgudagi erning barmoq izlari bo’lgan. Politsiyaga xabar bergan xotinning ham taqdiri oradan bir hafta o’tib aynan erining qismati kabi xuddi shunday yakunlangan. Shuning uchunham mutaxassislarning ko’pchiligi yotoqxonaga va vannaxonaga katta ko’zgu ilmaslikni maslaxat berishadi. 2004 – yil, Avgust. London shahri. Bu voqea Skotlandyardni xayratga solib tashlagan. Londonning chekka qismida katta hovlida Kayllar oilasi istiqomat qilgan. 2004 – yil avgust oyida ularning uyidan tushinib bo’lmas baqir – chaqirlar eshitiladi. Ularning uyiga havotir olib kelgan qo’shnilar xayratdan yoqa ushlab qoladi. Ularning uyidagi barcha xonalarning eshiklari qulflangan, deraza pardalariham tortib qo’yolgan edi. Skotlandyardni ijozati bilan hamma xona eshiklari guvohlar yordamida bittama – bitta ochib chiqiladi. Hamma xonalar burchagida ulkan ko’zgular joylashgan edi. U ko’zgularga qaragan kishilar ko’zgularda hech qachon o’z akslarini ko’rolmaganlar. Keyin esa bu uy butunlay yopib tashlangan. Xozirgacha bu xonadonda biror kishi yashamaydi. Tarixiy faktlardan kelib chiqqan holda sizga do’stona maslaxatimiz shuki, agar uyingizning qaysidir burchagida ulkanroq ko’zgu bo’lsa uni olib tashlang yoki hech bo’lmaganda kechasi ko’zgu ustini biror mato bilan o’rab qo’ying. Umuman, qorong’uda hech qachon ko’zgu xizmatlaridan foydalanmang. Yana o’zingiz bilasiz.

#Daxshatli voqealar#45#haqida#daxshatli#hikoyalar
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика