#

"Chaqiruv" (Qo'rqinchli hikoya) +16

6 iyun, 2018 yil. Bugun ishdan kech soat 21:50 atrofida uyga qaytdim. Uydagilar, dadam oyim va singlim tog'amning uyiga tugu'lgan kunga ketishgandi. Hovlida bir o'zim edim. Kech bo'lgan bo'lsada havo hamon issiq edi, shuning uchun hovlining o'rtasida joylashgan basseynda suzmoqchi bo'ldim va suvga sakradim. Shu paytda suv ostida "baliq" bo'lib suzib yurganimda nogahon kimdur ismimni aytib chaqirdi. 1 soniyaning o'zida suv ostida hayolimdan harxil fikrlar o'ta boshladi: "kim ekan bu?", "uyda hech kim yo'q ediku?!", "balki uydagilar kelishgandur?", "Yo'q eshik ichkaridanham qulflanganku!",. Shu zahoti suvdan boshimni ko'tardim, atrofda yaxshilab razm soldim, hechkim yo'q. Negadur atrofimda xuddi kimlardur bordek tuyuldi. Negadur boya iliq bo'lgan suv sovuqlashdi, havoham xuddi sovugandek tuyuldi. Basseyndan chiqdim va suvdan chiqishim bilan ortga qaradim. Basseynda, suv ostida bir qora odam shaklidagi sharpani ko'rip qoldim. Yuragim yorilip ketay dedi, miyam ishlamay, tanam muzlap qoldi, qora sharpaga tikilib qoldim, shu payt hushtak ovozi meni o'zimga keltirgandek bo'ldi, Shu ondayoq orqamga qaradim, chunki hushtak ovozi ortimdan kelgan edi. Qarasam hech kim yo'q. Va yana tezda basseynga, suv ostidagi sharpaga qaragandim u joyida yo'q, yo'qolib qolibti. O'zimni yo'qotip qo'yay dedim, eng daxshatlisi yelkamga kimdur qo'lini qo'yganini sezib, yashin tezligida orqamga qaradim, orqamda esa hech kim yo'q edi. Atrofga yaxshilab nazar soldim, hovlining narigi chekka qismida, qorong'ulikdan, 4 ta odamsifat sharpa men tomon kelyatganini ko'rip qoldim va ko'chaga chiqmoqchi bo'lib darvoza tomon yugurdim, darvozani ochishga har qancha urinsamham hech ochilmasdi, va hech narsani uylamay yugurip borib uyga kirdim. Asosiy eshikni, derazalarni ichkaridan qulfladim, va derazadan tashqariga qaradim hech qanday sharpa yo'q edi. boshqa xonaga kirdim, uyer qorong'u edi, xona chirog'ini ataylab yoqmadim, chunki tashqaridan ichkarida meni borligim derazadan ko'rinmasligi uchun, uyerning derazasidan tashqariga qarayatganim mahal nogahon shu xonadagi kresloning g'ij-g'ij, g'ij-g'ij degan ovozini eshtdim, yuragim orqaga tortilib qoldi, o'zimni sezmay qoldim, birdaniga xona chirog'i o'z o'zidan yoqilib ketdi, xona yorug'lashdi, bor kuch, irodamni to'plab kreslo tomonga qaradim, u yerda kampirga o'xshagan yuzlari xunuk, buriship ketgan, ko'zlari esa qop qora maxluq menga termulib o'tirardi. Hushimdan ketib qolay deyatganimda xona devorida qonli yozuvlar paydo bo'la boshladi, unda shunday yozildi: "SEN HUSHTAK CHALIP BIZNI CHAQIRDING, BEZOVTA QILDING, BIZ KELDIK, ENDI SENIHAM OLIB KETAMIZ". Shunda miyam ishlab ketdi: " hozir ishdan kelayatganimda, ko'chada mazor oldidan o'tyatganimda hushtak chalib hirgoya qilib uyga kelgandim, qorong'uda hushtak chalish xosiyatsizligini eshtgan edimku" deb o'ylayatgan vaqtimda birdaniga ro'paramda 4 ta maxluq paydo bo'ldi.

#Qo'rqinchli voqealar#36#chaqiruv#qorqinchli#hikoya
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика