#

Eskimoslar qabilasi

Navbatdagi voqea esa XX asrning birinchi yarmida sodir bo’lgan Anjikuni ko’li yaqinidagi eskimoslar qishlog’idagi butun boshli qabilaning sirli va tushuntirib bo’lmas holda g’oyib bo’lishlari haqida. Adjikuni ko’li cho’rtan baliq va forel baliqlariga juda boy. U Kanadaning chekka mintaqalaridan birida Qozon daryosi bo’yida joylashgan. Bu o’lkada yovuz ruhlar va ajinalar ko’pligi rivoyatlarda aytilgan. Mahalliy aholining yo’qolishi shu afsonalar bilan bog’liq bo’lishi mumkin, degan taxminlar bor. Bu voqea 1930 yilning noyabr oyida sodir bo’lgan. Kanadalik ovchi Labell eskimoslar qishlog’iga kelib, kulbalarda ham, ko’chalarda ham hech kim yo’qligiga hayron qoladi. Axir bir necha hafta oldin bu yerda hayot qaynagan, sershovqin qishloqcha edi-ku. Endilikda bu yer huddi qabristondek huvillab qolgan. Mehmon ovchi qishloqda birorta ham odamni uchrata olmadi. Tabiiyki, u gap nimada ekanligini aniqlamoqchi bo’lgan. Biroq uning urinishlari behuda ketdi, u hech narsani aniqlay olmadi. U har bir kulbaga kirib, har bir burchakni sinchlab tekshirdi. Uylarda odamlarning barcha narsalari – ro’zg’or buyumlaridan tortib, qurollarigacha hammasi butunligicha turar edi, qayiqlari ham qirg’oq bo’yida bog’langan holda edi. Ovchi shuningdek kulbalarda mahalliy aholining milliy taomi bo’lgan – dimlangan go’shtlar solingan ko’zalarni ham, zahiraga olib qo’yilgan baliqlarni ham turganligining guvohi bo’ldi. Hamma narsa ilgarigidek edi, odamlardan tashqari. Ikki yarim ming odamdan iborat bo’lgan qabila o’z-o’zidan g’oyib bo’lgan edi. Biror-bir urushish yoki jangning belgilari ham yo’q edi. Bu yerda jiddiy bir gap borligini tushunib yetgan Labellda qo’rquv hissi paydo bo’la boshladi va u darhol telegref orqali Kanada qirolligining tog’ politsiyasiga xabarnoma jo’natdi. Bu xabarni eshitgan politsiyachilar darhol qishloqqa butun boshli ekspeditsiyani jo’natdilar. Mahalliy aholining qidirish ishlari butun ko’l bo’ylab olib borildi. Politsiyachilar voqea joyiga yetib kelganlarida yana bir nechta g’ayritabiiy fraktlarga duch keldilar. Bu faktlar bu yerdagi voqealar mistika bilan bog’liqligini bildirib turar edi. Birinchidan, eskimoslar kuchuklarisiz hech qayerga ketmas edilar, axir ulardan transport vositasi sifatida foydalanar edilar. Itlarning muzga aylangan jasadi qor tagidan chiqib keldi. Kanadalik ovchi ularni ham yo’qolgan yoki mahalliy aholi bilan birga jo’nab ketgan bo’lsa kerak, deb o’ylab yurgan edi. Itlar ochlikdan o’lgan edilar. Bundan tashqari ajdodlarning qabri kavlangan va ularning jasadlari yo’qolgan edi. Bu faktlar hammasi mahalliy hukumatning boshi berk ko’chaga olib kirdi. Qishloq aholisi ikii taranspotning biridan ham foydalanmaganlighi ma’lum bo’ldi. Shuninbgdek, agar ular o’z xohishlari bilan qishloqni tark etganlarida itlarni bog’liq holda tashlab ketmas edilar. Itlar o’z emishlarini topib yeyishlari uchun ularni albatta yechib ketgan bo’lar edilar. Lekin hammasidan ham ikkinchi jumboq juda hayratlanarli edi – olimlarning aytishlaricha, eskimoslar ajdodlarining qabrlarini bezovta qilishlari hech qanaqasiga mumkin emas edi, chunki bu ularning odatlari bo’yicha qattiq taqiqlangan edi. Undan tashqari, o’sha vaqtda yer juda muzlagan edi va uni maxsus texnikasiz kavlashning ilojisi yo’q edi. Qidiruvda ishtirok etgan politsiyachilardan birining so’ziga qaraganda, qishloqda fizik jihatdan amalga oshirib bo’lmaydigan voqealar sodir bo’lgan. Oradan yetmish yil o’tsa hamki, hech kim uning so’zlarini inkor qila olmadi. Adjikuni ko’lining jumbog’ini hozirgi kunga qadar Kanada hukumati yecha olmadi. Undan tashqari ushbu qabilaning avlodlari ham topilmadi. Hamma narsa huddi bu qishloq va uning aholisi umuman mavjud bo’lmagandek. Butun boshli qishloqning bunday sirli ravishda g’oyib bo’lishi hech qanday mantiqqa to’g’ri kelmaydi. Bordiyu qabilaga kimdur hujum qilgan taqdirda ham, politsiyachilar insonlarning qoldiqlarini va olishuv izlarini topgan bo’lar edilar. Biroq bu kabi narsalar topilmadi…

#Qo'rqinchli voqealar#22
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика