#

Norfolk polkining 5- batalyoni

Birinchi jahon urushida qatnashgan bu britaniyalik otryad, asosan ko’ngillilardan tashkil topgan. Tayyorgarlikdan so’ng batalyon 1915 yilda Gallipoli yarimoroliga qo’ndi, uning oldida Turkiyani urushdan chiqarib yuborish vazifasi turgan edi. Otryad kerakli joyga 10 avgustda yetib keldi, 2 kundan keyin esa urushga yo’l oldi, bu urush ular uchun birinchi va oxirgisi bo’ldi. Ittifoqchi qo’shin hujumi puxta rejalashtirilmagan edi. Kuchli tayyorlangan raqibiga qarshi o’laroq polkning aniq bir xaritasi ham yo’q edi, shuning uchun u mag’lubiyatga yuz tutdi. Hujum paytida 5-batalyon dushmanini yonayotgan o’rmonga qarab ta’qib etdi va u yerdan qaytib kelmadi. Avvaliga askarlar dushman qurshoviga tushib qolishgan, deb taxmin qilingan edi. Ammo Turkiya hukumatining qaydlarida bunday harbiy asirlar haqida hech qanday ma’lumot yozilmagan edi. Keyinchalik shunday odamlar ham topilganki, ular katta bir bulutni ko’rganliklarini va bu bulut askarlarni o’z domiga tortib ketayotganligining shohidi bo’lganliklariga hammani ishontirar edilar. Bu voqea rostmi yoki yolg’onmi-hech kim bilmaydi, lekin 5-chi Norfolk batalyoning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

#Daxshatli voqealar#36
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика