#

19-bo’linma

Ikkinchi jahon urushining tugashi bilanoq yana bir sirli g’oyib bo’lish voqeasi sodir bo’ldi. 1945 yilning dekabrida beshta amerika bombardimonchi samolyoti Bagama orollari hududida mashq parvozini amalga oshirayotgan edi. Topshiriq tugagandan keyin bo’linma bazaga qaytayotgan edi, biroq nimagadir ularning yo’nalishi to’satdan o’zgarib qoladi. Buning ustiga ob-havo ham yomonlashgan edi va bir oz o’tib samolyotlar radardan g’oyib bo’ldilar. Darhol katta hajmgagi qutqaruv operatsiyasi boshlab yuborildi, unda yuzlab samolyotlar va o’nlab kemalar ishtirok etdi. Biroq shuncha say-harakatga qaramasdan yo’qolgan bo’linmaning birorta belgilari topilmadi.
Keyinchalik aniqlanishicha, o’sha kuni boshqa samolyotlar ham Bermud uchburchagining qurboniga aylangan ekanlar. Bombadimonchi samolyotlarning qudiruvi bilan shug’illanayotgan ikkita gidroplan ham izsiz g’oyib bo’lgan.
Hozirgi kunga qadar ham bu sirli hodisaning ratsional izohi topilmadi, Bermud uchburchagining mistik xususiyati esa eng haqqoniy versiya deb tan olindi.

#Daxshatli voqealar#163
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика