#

Tinch ummoni tepasida L-1049 avialaynerining yo’qolishi

1962 yilning 16 martida Lockheed L-1049 Super Constellation avialayneri №739 reysni amalga oshirdi. Samolyot bortida Vyetnamga yo’l olgan 96 amerikalik harbiy xizmatchilar bo’lgan. Parvoz davomida hammasi rejagidek ketayotgan edi, samolyot yoqilg’ini quyib olishi uchun bir necha marta belgilangan joylarda qo’ngan. Biroq Guam orolidan parvozini davom ettirgan ushbu samolyot Fillipin orollarida joylashgan keyingi belgilangan yoqilg’i quyish joyiga yetib bormagan. Ushbu parvoz vaqtida ekipaj barcha harakatlar haqida hisobot berib turgan, so’ngra esa 10 ming fut balandlikni 16 ming balandlikka o’zgartirish uchun g’alati so’rov tushgan. Ikki soat o’tib esa samolyot bilan aloqa uzilgan, o’zi ham radarlardan yo’qolgan. №739 reysning yo’qolishining haqiqatga yaqin bo’lgan sabablaridan biri, uning havoda portlagani bo’lishi mumkin. Biroq o’sha hudud yaqinidagi dispecher minoralarning birortasi ham halokat signalini qabul qilmaganlar. Shuningdek, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi vaqtida hech qanday bo’laklar topilmagan. Avialaynerning bu rusumi juda mustahkam va ishonchli edi, shuning uchun uning ishdan chiqishi mumkin emas edi. Aviakompaniya vakillari samolyot o’g’irlangan bo’lishi mumkin, deb taxminni ilgari surdilar, biroq u hech qayerdan topilmadi. Shunday qilib, №739 reys va uning yo’lovchilarining taqdiri noma’lumligicha qoldi.

#Daxshatli voqealar#98
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика