#

Dunyo tarixida odamlarning sirli ravishda g’oyib bo’lganliklari haqidagi qiziqarli voqealar

Dunyo tarixida insonlarning g’oyib bo’lishi, butun guruh odamlarning yo’qolib qolganligi haqidagi ma’lumotlar bor. Ba’zida odamlarning bunday g’oyib bo’lishini tushuntirish qiyin. Ushbu maqolada shunday hodisalardan ba’zilari bilan tanishishingiz mumkin.
“Varata” paroxodi
1909 yilning yoz oylarida bortida 200 nafar kishi bo’lgan “Varata” paroxodi Avstraliyaning Melburn shahridan Janubiy Afrikaning Keyptaun shahriga yo’l olgan edi. Yo’lda u reja bo’yicha Durbanda to’xtab o’tdi. Bu yerda paroxodning yurishidan bezovta bir yo’lovchi kemadan tushib qoldi. “Varata” paroxodi “Durban” portidan 26 iyulda chiqib, o’z yo’lida davom etdi. Ertasi kuni yo’lda paroxod yana bir boshqa bir kema – “Klan Makintayer” bilan uchrashdi. Aynan shunda paroxodni oxirgi marta ko’rishgan. Axir “Varata’ kemasi Keptaunga ham, boshqa portga ham yetib bormagan-da. Keyinchalik kema halokatga uchraganligini bildiruvchi suvdagi kema qoldiqlarini va suzib yurgan yo’lovchilarning jasadlarini ko’rishganligi haqida odamlar orasida gap-so’zlar tarqalgan, biroq bu xabarlar o’z tasdig’ini topmagan. 1980 yillarda ushbu paroxodni topish uchun qilingan urinishlar zoye ketdi, hech qanday natijaga erishilmadi. “Varata’ kemasining taqdiri noma’limligicha qolmoqda.
Atstalan aholisi
AQSH ning Viskonsin shtatining hududida Atstalan nomli hindular shahrining qoldiqlari mavjud. Bu manzilgoh ilk bor 1836 yilda bu yerga ko’chib kelganlar tomonidan aniqlangan. Bu shaharda zinapoyali ehromlar hamda konussimon qabrlar bo’lgan. Bu yerdan topilgan ro’zg’or buyumlari mahalliy aholi dehqonchilik va baliqchilik bilan shugg’ullanganligini bildirib turar edi. Rivoyatlarda aytilishicha, bu yerda bir paytlar yashagan odamlar Mills ko’li vodiysida katta ehromlar qurgan ekanlar. Keyinchalik bu yerda suv toshqini bo’lib, hamma narsa suv ostiga g’arq bo’lgan, shuning uchun bu ma’lumotning haqiqiyligini aniqlash mushkul. Taxminlarga qaraganda, 7-10 asrlar avval Atstalan shahri aholisining soni 500 kishini tashkil etgan. Biroq XIV asrning boshlarida shahar noma’lum sabablar bilan bo’shab qolgan, aholi ham g’oyib bo’lgan. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, shahar yashash imkoniyatlari yo’qligidan yohud qo’shni qabila tomonidan uyushtirilgan hujum sababli shahar bo’shab qolgan.

#Daxshatli voqealar#96#dunyo#sirli#goyib#haqidagi#voqealar
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика